Muloqotda eng ko‘p ishlatiladigan noverbal belgi nima?
Javob: Tabassum.
"Noverbal muloqot" vositalariga nimalar kiradi?
Javob: Imo-ishora, mimika, nigoh va tana holati.
"Verbal muloqot" deganda nima tushuniladi?
Javob: Faqat so‘zlar (nutq) orqali amalga oshiriladigan muloqot.
"Kompetentlik" so‘zi qaysi tildan olingan?
Javob: Lotincha ("munosib", "mos keladi").
Agressiv muloqot"ning asosiy maqsadi nima?
Javob: Suhbatdoshni bo‘ysundirish va vaziyatni to‘liq nazorat qilish.
Birinchi taassurot necha soniyada shakllanadi?
Javob: Dastlabki 7-10 soniya ichida.
Muloqotda "vizual kontakt" (nigoh) davomiyligi qancha bo‘lishi tavsiya etiladi?
Javob: Suhbat vaqtining 60-70 foizida suhbatdoshning ko‘ziga qarash lozim.
"Empatiya" nima?
Javob: O‘zgalarning his-tuyg‘ularini tushunish va ularga hamdard bo‘lish.
Muloqotda "aks-sado" (feedback) nima uchun kerak?
Javob: Axborot to‘g‘ri yetib borganini tekshirish uchun.
"Ochiq savollar" qanday bo‘ladi?
Javob: "Ha" yoki "Yo‘q" deb javob berib bo‘lmaydigan, batafsil tushuntirish talab qiluvchi savollar.
Muloqotda "7-38-55" qoidasi nima?
Javob: Axborotning 7% so‘zlar, 38% ovoz ohangi va 55% tana tili orqali uzatiladi.
Ishbilarmonlik muloqotida masofa qanday bo‘lishi kerak?
Javob: Odatda 1.2 metrdan 3.5 metrgacha (ijtimoiy zona).
Vizitka (tashrif qog‘ozi) berishning asosiy tartibi qanday?
Javob: Lavozimi yoki yoshi kichikroq shaxs birinchi uzatadi.
Vokal muloqot elementlariga nimalar kiradi?
Javob: Ovoz ohangi, temp va intonatsiya.
Diksiya nima?
Javob: So‘zlarning aniq va ravshan talaffuz qilinishi.
Kreativ kompetentlik nima?
Javob: Muammolarga yangicha va ijodiy yechimlar topish qobiliyati.
"Agressiv muloqot" belgilari nimalar?
Javob: Baland ovoz, tanqidiy ohang va suhbatdoshni kamsitish.
Konfliktologik kompetentlik nima?
Javob: Nizoli vaziyatlarni tinch va samarali hal qilish qobiliyati.
Tolerantlik nima?
Javob: O‘zgalarning fikri va dunyoqarashiga nisbatan sabrli bo‘lish.
Ekstralingvistik muloqot nima?
Javob: Nutqdagi pauzalar, kulgu yoki yo‘talish kabi qo‘shimcha belgilar.
Refleksiya nima?
Javob: O‘z faoliyati va muloqot uslubini tahlil qilib, xatolarni anglash.
Muloqotda Albert Mehrabianning "7-38-55" tadqiqoti qaysi muhim faktni isbotlagan?
Javob: Insonning hissiy munosabatini bildirishda so‘zlar atigi 7% ahamiyatga ega ekanligini isbotlagan.
"Soft Skills" (yumshoq ko‘nikmalar) muloqotda qanday rol o‘ynaydi?
Javob: Shaxslararo hamkorlik va moslashuvchanlikni ta’minlaydi.
Kasbiy etika nima?
Javob: Muayyan kasb egalari amal qilishi kerak bo‘lgan axloqiy me’yorlar.
Muloqotda "psixologik to‘siq" nima?
Javob: O‘zaro tushunishga xalaqit beruvchi ichki qo‘rquv yoki salbiy hislar.