1 qator
2 qator
3 qator
4 qator
100

Qaysi mufassir olimlar o‘zlarining tafsir va Qur’on ilmlariga oid asarlarida munosabat ilmi mavzusiga maxsus boblarda to‘xtalib o‘tganlar?

(Tezkor)

Faxriddin Roziy , Jaloliddin Suyutiy , Burhoniddin Buqoiy 


100

Jaloliddin Suyutiyning munosabat ilmiga bag‘ishlab yozgan asari nomini ayting

(Tezkor)


“Tanosuq ad-durar fi tanosub as-suvar”  

100

“Munosabat ilmi”ni shu nom bilan atab, birinchilardan bo‘lib Bag‘dod shahridagi ilm ahllari orasida keng istifodaga kiritgan zot kim?

(Tezkor)


Abu Bakr Naysoburiy

100

munosabat ilmi necha turga bo‘linadi sanab o‘ting

(Tezkor)


3 turga bo‘linadi: 

1.Оyatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.

2. Suralar o‘rtasidagi bog‘liqlik.

3.Оyat va suralar o‘rtasidagi bog‘liqlik.


200

"Oyat va suralar mutanosibligida marvaridlar nazmi" (tizilib turishi) ushbu asarning arabcha nomini va muallifini ayting

Burhoniddin Buqoiy . “Nazm ad-durar fi tanosub al-oyot va-s-suvar”


200

“Fotiha” (1) va “Baqara” (21-22) surasidagi oyatlarning bir-biriga bog‘lanish jihatini ayting

Fotiha surasida Olamlar Robbisiga hamd aytmoq zikr qilinib, Baqara surasida Olamlar Robbisining sifatlari zikr qilinadi.

200

“Voqea” surasining oxirgi 96-oyati: “Bas, Ulug‘ Rabbingiz ismi bilan tasbeh ayting! (Uning go‘zal ismlari ko‘p)” qaysi sura bilan uzviy bog‘langan


“Hadid” surasining tasbeh bilan boshlanuvchi 1-oyati: “Osmonlar va Yerdagi (bor) narsa Allohga tasbeh aytur. U Qudratli va Hikmatli (zot)dir” bilan uzviy bog‘langan

200

Bir surada ketma-ket kelgan oyatlarning bir-biriga chambarchas bog‘liqligiga misol keltiring

Ma'un 4-5: “Bas, shunday namozxonlar holiga voyki, (4) ular namozlarini “unutib” qo‘yadilar (5)”.

300

Qaysi Makkiy bo‘lgan sura uning 3 oyatigina madaniy bo'lishiga qaramay ularning nozil bo‘lish o‘rni va vaqtidagi katta tafovutga qaramay, oyatlar mazmun va nazmida hech qanday nomutanosiblik sezilmaydi. (Ular nechanci oyatlar sanang)

Furqon 68-69-70
300

Jaloliddin Suyutiy o‘zining munosabat ilmiga bag‘ishlab yozgan “Tanosuq ad-durar fi tanosub as-suvar” asarida oyatlar va suralar o‘rtasidagi munosabatlarga doir nechta jihatni ko‘rib chiqqan


13 ta


300

Suralarning boshi va oxiri bog'lanishiga misol keltiring.

“Mu’minun” surasining: “Mo‘minlar najot topdilar” 1-oyati, uning oxiridagi: “Albatta, kofirlar (oxiratda) najot topmaslar” 117-oyati bilan bog‘langan.

Shuningdek, “Sod” surasining boshidagi: “Sod. Zikr manbai bo‘lmish Qur’onga qasamyod etaman!” 1-oyati, uning oxiridagi: “U (Qur’on) faqat olamlar uchun eslatmadir” 87-oyati bilan uzviy aloqadordir.



300

Suralar o‘rtasidagi bog‘liqlik turida suralar lafziy va ma'naviy jihatdan necha xil bog'liqligi haqida so'z yuritiladi?

4 xil:

1.muayyan suraning boshi o‘zidan avvalgi suraning oxiri   bilan bog‘liqligi;

2.suraning boshi oxiri bilan bog‘liqligi;

3.ma’lum suraning boshi o‘zidan keyingi suraning boshi bilan bog‘liqligi;

4.bir suraning oxiri o‘zidan keyingi suraning boshi bilan o‘zaro bog‘liqligi 



400

Qof surasidagi qof harflari soni qaysi suradagi qof harflari bilan qo'shilganda ularning soni Qur'ondagi jami suralar soniga teng bo'ladi? Qanday? 

Sho'ro surasidagi qof harflari bilan qo'shilsa, Ikkala surada ham 57 marta qof harfi takrorlangan  ular yig'indisi 114 ga teng.

400

Oyat va suralar o‘rtasidagi bog‘liqlikka misol keltiring

“Hud” surasining oxiridagi: “Sizga (ey, Muhammad!)Payg‘ambarlarning xabarlaridan dilingizga sabot baxsh etadiganlarini aytib bermoqdamiz” 120-oyati o‘zidan keyingi , “Yusuf” surasining: “Biz Sizga ushbu Qur’on (surasi)ni vahiy qilishimiz bilan birga go‘zal qissani aytib berurmiz” 3-oyati bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rish mumkin.

400

“Fotir” surasining 13-oyatidagi quyidagi mavzu, keyingi qaysi surada oyatida batafsil bayon qilinadi: 

“U Quyosh va Oyni ham (sizlar uchun) bo‘yin sundirib qo‘ygandir – har biri muayyan muddatgacha sayrda bo‘lur”.


Yosin” surasining 38-39-oyatlarida :

“Quyosh (tinmay) o‘z qarorgohi sari sayr qilur. Bu Aziz (qudratli) va Alim (bilimli zot)ning o‘lchovidir. Biz Oyni ham, toki u eski xurmo butog‘idek bo‘lib (egilib) qolgunicha, manzillarga (botadigan qilib) o‘lchab qo‘ygandirmiz”.

400

Jaloliddin Suyutiyning “Tanosuq ad-durar fi tanosub as-suvar” asarida qaysi suralarning bir-biriga bog'lanishi nazmga muvofiqligini misol tariqasida zikr qilgan?

"Masad" va "Ixlos"


500

Abdulhamid Farohiy Hindiyning qaysi asari oyat va suralar o'rtasidagi bog'liqlik borasida yozilgan?

(5 sekund)

"Tafsir nizom al-Qur’on va ta’vil al-Furqon bil-Furqon"


500

 “al-Burhon fi tartib suvar al-Qur’on” bu asar Munosabat ilmining qaysi turiga atab yozilgan asarlardan hisoblanadi va muallifi kim?

(5 sekund)


Abu Ja’far ibn Zubayr G‘arnotiy

500

Imom Abu Saudning Munosabat ilmiga oid asari

(5 sekund)

“Irshod al-aql as-salim ila mazoyo al-Qur’on al-karim”

500

“Fath al-bayon fi maqosid al-Qur’on” Ushbu asar muallifini taqdimotda keltirilgani kabi to'liq ayting

(5 sekund)

Abuttoyyib Siddiq ibn Hasan Qunujiy Buxoriy

M
e
n
u