Xitoy musiqasi qadim zamonlardan qanday tovushqatorlarga asoslangan?
Pentatonika tovushqatorlariga asoslangan.
Zamonaviy xitoy musiqasi qaysi kompozitorlar ijodida rivojlanmoqda?
Si Sin-Xay, Nye Er, Chjan Shu, Xuan Sen, Xe Lu-Tin va boshqalar.
Xitoy operasi qanday elementlarga asoslangan?
Ashula, rechitativ raqs va cholg'u musiqasiga asoslangan.
Xitoy musiqasining asosiy pardalari va tovushqatorlari qaysi tizim asosida shakllangan?
Lyuy-lyuy tizimi asosida shakllangan.
Uyg’ur xalq musiqasi qanday ikki yo’nalishda shakllangan?
Folklor va og’zaki an’anadagi kasbiy musiqa yo’nalishida.
Ili vodiysi uyg’ur kasbiy musiqasida qanday o’rin tutadi?
Ili vohasining musiqa san’ati yetakchi hisoblanadi.
An’anaviy xitoy operasi qaysi asrlarda rivojlangan?
XII-XIV asrlarda rivojlangan
Uyg’ur kasbiy musiqasi qaysi uchta katta hududga ajratiladi?
Qashqar, Kumul (markaziy Turfon), Ili vodiysi (markaziy G'ulja).
Uyg’ur musiqa ijrochilari xalq orasida qanday nomlar bilan ataladi?
Muqomchi, dostonchi, naxshichi, sanamchi, mashrapchi, usulchi, aytimchi va cholgʻuchi.
Xitoy operasi janrining nechta shakli XIX asrda yuzaga kelgan?
300 dan ortiq shakli yuzaga kelgan.
Uyg’ur musiqasining kasbiy tizimiga kiruvchi janrlar nimalar?
Maqom va muqom tizimiga kiruvchi doston, naxsho va sanam.
Uyg’ur musiqasining qanday xususiyatlari uni ajratib turadi?
O’ziga xos jozibali va serqochirimlidir.
Pekin musiqa teatrining keng rivojlangan klassik namunasi nima?
Sitszuy.
Uyg’urlarning yetakchi milliy cholg’u sozlari qaysilar?
Tanbur, dutor, safoil qashqar rubobi, g'ijjak, nog'ora va surnay.
Xitoy operasi tarixida eng mashhur musiqa teatri qaysi?
Pekin musiqa teatri.