Internet nima?
Bu dunyo bo‘yicha bog‘langan kompyuter tarmoqlarining global tizimi.
Brauzer nima?
Bu internetdagi veb-sahifalarni ko‘rish imkonini beruvchi dastur.
Mashhur brauzerlarni sanang.
Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Edge, Safari, Opera.
URL nima?
URL (Uniform Resource Locator) – bu veb-sahifaning internetdagi manzili (masalan: www.google.com).
Internet orqali ma’lumot topish uchun nimalar kerak?
Internetga ulangan qurilma, brauzer va qidiruv tizimi (Google, Bing, Yandex va boshqalar).
Qidiruv tizimi nima?
Foydalanuvchiga kerakli ma'lumotni internetdan topishga yordam beruvchi servis
Google nima?
Dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimi.
Internet provayder nima?
Internet provayder – bu foydalanuvchilarga internet xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniya (UZTELECOM, TPS, Sarkor Telecom va boshqalar).
Qidiruv tizimiga misol keltiring
Google, Bing, Kiddle
Veb-sahifa nima?
Internetda joylashgan bitta hujjat bo‘lib, matn, rasm, video yoki havolalarni o‘z ichiga oladi.
Internetning asosiy foydalari nimalardan iborat?
Ma’lumot olish, muloqot qilish, ta’lim olish, onlayn xarid qilish, ko‘ngilochar kontentdan foydalanish.
Internet qanday usullar bilan qurilmaga ulanadi?
Wi-Fi, mobil tarmoq (4G/5G), LAN (kabelli), USB modem.
Brauzerda sahifa yangilanishi uchun qaysi tugma bosiladi?
F5 yoki sahifadagi yangilash (refresh) belgisi.
Sahifa ochilmasa, qanday xatolik chiqadi?
"404 Not Found", "Server Not Found", "Connection Timed Out" kabi xatoliklar.