Inson fikrini, zikrini, sa’i-harakatini yagona va to‘g‘ri yo‘lga solib turadigan, insonga qiyomatgacha dasturi amal bo‘lgan kitob qaysi?
Qur'oni Karim
"Alloh osmonlar va Yerning "Nuri"dir. Nurining misoli huddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo durdan yaralgan yulduzga o‘xshaydi. Bu Qur'oni Karimning qaysi surasi?
Nur surasi 35-oyat
Otasi yig‘lab-yig‘lab, ko‘zlariga oq tushgan va ko‘rmay qolgan payg'ambar kim?
Yoqub (a.s.)
"Alif, Lom, Ro. Bular ochiq-ravshan Kitob oyatlaridir. Darhaqiqat, biz uni anglaysiz deya Qur’onni arab tilida tushirdik" bu Qur'oni Karimning qaysi surasi?
Yusuf surasi 1-2-oyatlar
Qaysi surani o'qiganimizda o'zimizni mahshardagi manzaralarni ko‘rib-yashaganday his qilamiz?
Takvir surasi
Qaysi surada oxir zamon yaqinlashganda to‘da-to‘da aqlli kishilar Islomga kirajaklari ramziy ishora qilib ko‘rsatadi?
Nasr surasi
Qaysi surada Alloh o‘zini bandalariga tanitadi?
Ixlos surasi
Jaholatning otasi deb ta'rif berilgan shaxs kim?
Abu Jahl
Ro‘za amri "Baqara" surasining qaysi oyatlari orasida barcha tafsilotlari bilan keladi?
184-187-oyatlar
😶🌫️💨🌫
Duxon surasi
🤨🥴
Abasa surasi
🏙🌉🌆
Balad surasi
Qur’ondagi 114 suraning nechtasida suralar harf ko‘rinishidagi shifrlar bilan boshlanadi? Buni Qur’on tilida "harfiy muqatta’a" deyiladi.
29 tasi
U shunday bir narsaki, o‘tsiz yonadi va yulduz kabi porlab nur taratadi. "O’t tegmasa ham yoritib yuboray deydi" mazmunidagi oyatning abjad hisobi hijriy qaysi yilga to'g'ri keladi?
Hijriy 1284 (milodiy 1867) sanaga teng bo‘lib, elektr energiyasi kashf etilgan va undan foydalanish ommaviylashgan yillarga to‘g‘ri keladi.
Payg‘ambarimiz Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamdan: "Ey, Ollohning Rasuli, har payg‘ambarning bir mo‘jizasi bor: Musoning hassasi, Iso nafasining hayotbaxshligi, Sizning mo‘jizangiz nima?" - deb so‘raganlarida nima deb javob berganlar?
"Mening mo‘jizam kalomdir",- deb javob berganlar.