IShID
Al-Qoida
Musulmon birodarlar
Kim?
Nima?
Qaysi?
Konsepsiya
100

Musulmon jamiyatlaridagi musulmon boʻlmaganlar zimmasiga nimani toʻlash vojib deb hisoblaydilar?

Jizya

100

Asoschisi kim?

Usoma bin Lodin (1957-2011)

100

Asoschisi va yuzaga kelish tarixi haqida gapiring.

1928-yil mart oyida Hasan al-Banno tomonidan Misrning Ismoiliya shahrida asos solingan.

100

......-islom niqobi ostidagi ekstremizmning "otasi".

Hasan al-Banno 

100

Konsepsiya nechta bob, nechta band va nechta maqsadni o‘z ichiga oladi.

Konsepsiya 7 bob, 41 band va 10 ta maqsadni o‘z ichiga oladi.

200

Avvaliga 2006-yil 15-oktabrda "Iroq islom davlati" nomi ostida Iroqda tashkil topadi va unga kim rahbarlik qiladi?

Abu Umar Bagʻdodiy

200

"Al-Qoida" boshqa diniy-ekstremistik tashkilotlar kabi qatʼiy iyerarxiya asosida tuzilgan boʻlib, unga .......... rahbarlik qiladi.

"Majlis ash-shoʻro"

200

Tashkilotning asosiy gʻoyalarining targʻibotchilari kim(lar) edi?

Hasan al-Banno ("Fannul mavt")

Sayyid Qutb ("Yoʻldagi belgilar")

200

Qaysi asarda ilk marta oʻzini oʻzi qurbon qilish shaklida jangarilik amaliyotini tayyorlash va amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatni oqlab fatvo berilgan?

Hasan al-Banno "Fannul-mavt"

200

Konsepsiyaning 3-bobi nima deb nomlanadi?

O‘zbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari

300

Qachondan yoki qaysi voqeadan soʻng "Iroq va Shom islom davlati" deb nomlana boshlandi?

2013-yil 9-apreldan/ Suriyadagi mojarolarga mustaqil armiya sifatida kelib qoʻshilganidan soʻng.

300

Usoma bin Lodin 2011-yil oʻldirilganidan soʻng tashkilotga kim boshchilik qila boshladi?

Ayman az-Zavohiriy

300

Tashkilot "Alloh-bizning (1) .....miz, Qurʼon-(2).....miz, Paygʻambar-bizning(3).......miz, Jihod-bizning(4)......miz va Alloh yoʻlida qurbon boʻlish bizning eng oliy orzumizdir" degan tamoyilni oʻzining bosh shiori qilib olgan.

1-maqsadimiz

2-qomusimiz

3-yetakchimiz

4-yoʻlimiz

300

Qaysi tashkilot "Baytul mol" tashkil qilish va "tabarru ot" soligʻini sigʻishni ilgari suradi?

Hizbut-tahrir 

300

Oʻzbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining prinsiplarini sanab bering!

  • qonuniylik;
  • vijdon erkinligi;
  • dinning davlatdan ajratilganligi;
  • tenglik;
  • dinlararo muloqot va oʻzaro tushunish;
  • erkin tanlov;
400

Abu Bakr Bagʻdodiyning 2 asosiy yordamchilarini ayting!

1. Abu Ali Anboriy

2. Abu Muslim Turkmoniy

400

Tashkilotning gʻoyaviy asoslarini nima(lar) tashkil qiladi?

Soxta salafiylik gʻoyalari va Sayyid Qutbning kitoblarida bayon qilingan tamoyillar

400

2011-yil 25-yanvarda Misr poytaxti Qohirada boshlangan yirik norozilik namoyishlari nima bilan yakun topdi?

Prezident Husni Muborakning isteʼfosi bilan 

400

Qaysi kitobda arab jamiyati "johiliya" davriga qaytib, maʼnaviy tanazzulga uchradi, deb jamiyatni islomlashtirish uchun jihod olib borish lozim degan gʻoyani ilgari surilgan?

"Yoʻl belgilari"

400

Ta’lim yo‘nalishidagi dunyoviylik bu – ?

Ta’lim jarayonida, uni tashkil qilishda va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda ta’lim oluvchilarda diniy aqida va qarashlardan xoli tarzda ilmiy bilim, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, qarashlar xilma-xilligini hurmat qilish, umumjamiyat manfaatlariga hissa qo‘shish g‘oyalariga tayanishdir.

500

"Va agar ularga, yer yuzida fasod qilmang, deyilsa, biz faqat isloh qiluvchilarmiz, deydilar. Ogoh boʻling, ular faqat fasodchilardir, lekin sezmaydir" qaysi oyatlar?

Baqara 11-12- oyatlar

500

Tashkilotning yosh goʻdaklardan hamda ayollardan iborat guruhlarini ayting!

1. "Tuyur al-Janna" (Jannat qushlari)

2. "Harim al-Qoida" ("al-Qoida" ayollari)

500

2005-yildagi Parlament saylovlarida harakat aʼzolari qaysi shior ostida "mustaqil nomzodlar" sifatida qatnashishdi?

"Islom-muammolar yechimi"

500

Barcha islom niqobi ostida faoliyat koʻrsatayotgan diniy-ekstremistik tashkilotlar oʻzlariga qoʻshilmaganlarni ....da ayblaydi va ularga qarshi .... eʼlon qilishadi.

takfir/jihod

500

4-bob, 18-bandda keltirilgan "Dinlarning ilmiy-madaniy merosini o‘rganish, dinshunoslik va diniy sohadagi ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish yo‘nalishida davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy mexanizmlari" nimalarni o'z ichiga oladi?

a) davlat oliy ta’lim muassasalarida dinshunoslik bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash;

b) xorijiy va mahalliy olimlar, diniy konfessiyalar bo‘yicha malakali ekspertlar ishtirokida diniy sohadagi dolzarb muammolarni o‘rganishga oid ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish;

v) ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan radikallashuvga, ekstremizmga va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy

va milliy miqyosda ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash;

g) aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va sosiologik so‘rovlar o‘tkazib borilishini ta’minlash.

M
e
n
u