❓ Talab nima?
✅ Muayyan narxda xarid qilish istagi va imkoniyati.
Taklif nima?
✅ Ishlab chiqaruvchining ma’lum narxda sotishga tayyor mahsulot miqdori.
Muvozanat narxi nima?
✅ Talab va taklif tenglashgan narx.
Davlat narxga aralashadimi?
✅ Ha, ayrim hollarda
Narx oshsa, talabga nima bo‘ladi?
✅ Talab kamayadi (boshqa omillar o‘zgarmasa).
Narx oshsa, taklif qanday o‘zgaradi?
✅ Taklif ortadi.
Muvozanat narxi qayerda aniqlanadi?
✅ Talab va taklif egri chiziqlari kesishgan nuqtada.
Eng yuqori narx (price ceiling) nima?
✅ Davlat belgilagan maksimal narx
Talab qonuni nimani anglatadi?
✅ Narx va talab miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud
Taklif qonuni nimani bildiradi?
✅ Narx va taklif miqdori o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik bor.
Bozorda ortiqcha talab qachon yuzaga keladi?
✅ Narx muvozanat narxidan past bo‘lsa.
Eng past narx (price floor) nima?
✅ Davlat belgilagan minimal narx.
Qaysi omillar talabni o‘zgartiradi?
✅ Daromad, did, o‘rinbosar tovarlar, kutilmalar, aholi soni.
Taklifga ta’sir qiluvchi omillarni ayting.
✅ Ishlab chiqarish xarajatlari, texnologiya, soliq, subsidiya.
Narx muvozanatdan yuqori bo‘lsa nima bo‘ladi?
✅ Ortiqcha taklif paydo bo‘ladi.
Eng yuqori narxning salbiy oqibati nima bo‘lishi mumkin?
✅ Tanqislik va qora bozor.
Nega hashamatli tovarlarda narx oshsa ham talab kamaymasligi mumkin?
✅ Ular obro‘ va mavqe belgisi bo‘lgani uchun (Veblen effekti).
Davlat soliqlarni oshirsa, taklif egri chizig‘i qayerga siljiydi?
✅ Chapga (taklif kamayadi).
Bozor mexanizmi narxni qanday qilib muvozanatga keltiradi?
✅ Talab va taklif o‘zgarishi orqali narxni tabiiy ravishda moslashtiradi
Qaysi holatda davlat narxni tartibga solishi oqlanadi?
✅ Ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarda (non, gaz, elektr).