Bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi hisoblanuvchi, xaridorning ma'lum bir yerda va ma'lum bir vaqtda tovarni sotib olish istagi va imkoniyati nima deb ataladi?
Talab
Belgilangan vaqtda va belgilangan joyda sotuvchilar tomonidan xaridorlarga taklif qila oladigan tovarlar miqdori nima deyiladi?
Taklif
Narx o'zgarishiga talab miqdorining reaksiyasini hamda narx o'zgarganda talab darajasi qancha o'zgarishini ko'rsatadigan tushuncha nima deb ataladi?
Narx elastikligi
Narxga ta'sir qiluvchi omillar nechta asosiy guruhga bo'linadi va qaysilar
Ikki guruhga (Obyektiv va Subyektiv omillar)
Turli xil soliq stavkalarini qo'llash orqali amalga oshiriladigan narxlarni tartibga solish turi qanday ataladi?
Narxlarning iqtisodiy tartibga solinishi
Haridorning ma'lum bir vaqt mobaynida berilgan sharoitda sotib olishga tayyor bo'lgan tovarlar va xizmatlar hajmi qanday ataladi?
Talab hajmi
Davlat tomonidan soliqning oshishi ishlab chiqarish harajatlarini oshirib, nimaga olib keladi?
Taklifning qisqarishiga
Elastiklik koeffitsiyenti Э < 1 bo'lganda talab qanday talab bo'ladi?
Elastik bo'lmagan talab
Inson, tadbirkorlik omili bilan bog'liq bo'lib, ularning xulq-atvori va vijdoniga asoslanib shakllanadigan omillar guruhi qanday ataladi?
Subyektiv omillar
Monopol narxlarning darajasini yoki bozor narxlarini vaqtincha «muzlatish» chorasi qanday amaliyotga kiradi?
Narxlarni qayd qilish
Bir tovar narxining o'sishi natijasida ikkinchi tovarga talab hajmi o'ssa, bunday tovarlar nima deb ataladi
Substitut tovarlar (o'rnini bosadigan tovarlar)
Davlat dotatsiyasining berilishi ishlab chiqaruvchi xarajatlarini qanday o'zgartiradi va tovar taklifiga qanday ta'sir qiladi?
Xarajatlarni pasaytiradi va tovar taklifini ko'paytiradi
Elastiklik koeffitsiyenti Э = 1 bo'lganda talab turi qanday ataladi?
Yagona elastiklik
obyektiv ravishda narxlar ko'tarilishiga sabab bo'luvchi faktorlardan biri
Pul massasining ko'payishi
Jarima yoki qamoq jazosi bilan jazolanadigan qonunbuzarliklarni o'z ichiga olgan cheklashlar qanday nomlanadi?
Ma'muriy (huquqiy) cheklashlar
Bir tovar narxining o'sishi natijasida ikkinchi tovarga talab hajmi pasaysa, bunday tovarlar qanday nomlanadi
Komplimentar tovarlar
Sotuvchilar ko'payishi bozor taklifiga qanday ta'sir ko'rsatadi?
Bozor taklifining oshishiga olib keladi
Elastiklik koeffitsiyenti Э > 1 shartini qanoatlantirsa, talab qanday hisoblanadi?
Elastik talab
Bir turdagi iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarning soni ko'p bo'lgan raqobat turi qanday nomlanadi?
Sof raqobat
Fanni investitsiyalovchi va ijtimoiy yo'nalishdagi mahsulotni chiqaruvchi kichik korxonalarga nimalar berilishi orqali soliqqa tortish tabaqalashtiriladi?
Imtiyozlar
Daromad oshishi bilan talab hajmi pasayadigan tovarlar qanday tovarlar deyiladi?
Past tovarlar
Talab hajmi va taklif hajmi teng bo'lgandagi narx qanday narx deb ataladi?
Bozor muvozanat narxi
Noelastik tovarlar uchun sotuvchining narxni pasaytirishi qanday natija beradi?
Foydasiz (talabni o'zgartirmaydi, ammo daromadni pasaytiradi)
Narxlashtirish omili sifatida tovarning bahosi asosan nimalarga qarab shakllanadi
Tovarning turi va noyobligi, hayotiylik davrining bosqichi hamda mahsulot sifati
Davlat tomonidan narxlarning tartibga solinishi asosan nechta turga bo'lib ko'rsatilgan va qaysilar ?
Uchta turga (Iqtisodiy tartibga solish, Narxlarni qayd qilish, Ma'muriy cheklashlar)