Barcha davlat organlari asosiy maqsadi nima?
jamiyat va xalq manfaatini qondirish
Davlat mexanizimi nima tor ma'noda va keng ma'noda?
Tor ma'noda:davlat organlari tizimi, ya’ni davlat apparati.
Keng ma'noda:davlat organlari tizimi, ya’ni davlat apparati
Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasining klassik asoschilari kimlar?
Jon Lokk va Sharl Monteske.
Hokimiyatlar taqsimlanishi va o‘zaro tiyib turish tizimi 1787-yilda qaysi davlat Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan?
AQSH Konstitutsiyasida.
Davlat funksiyalari qaysilar?
4ta
1.Asosiy va qoshimcha
2.Doimiy va qoshimcha
3.Ichki va tashqi
4.Qo'riqlash va tartibga solish
Ikkilamchi davlat organlariga ta'rif
vakolatlari va faoliyati birlamchi davlat organlari tomonidan belgilangan, ular asosida tashkil etiladigan va ularga bo‘ysunuvchi davlat organlaridir.
Davlat mexanizmining tarkibiy qismlari qaysilar
Davlat organlari, davlat muassasalari va davlat korxonalari.
Monteske hokimiyatlar bir shaxs yoki organ qo‘lida jamlanishi nimaga olib keladi deb hisoblagan?
Suiiste’mollik, erkinlikning cheklanishi va umumiy manfaatlarga zarar yetishiga.
Jon Lokk hokimiyatning qanday turlarini ajratgan?
Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va federativ hokimiyat.
Davlatning tashqi funksiyalari qaysilar?
kamida 2
1.Boshqa davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish funksiyasi
2.Тashqi hujumdan mamlakatni mudofaa qilish funksiyasi
3.Jahonda tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha hamkorlik qilish
4.Davlat chegaralarini qo‘riqlash
Ishontirish va majburlash usullarining asosiy farqi nimada?
Ishontirish ixtiyoriy xulqqa ta'sir qiladi, majburlash esa qonuniy ta'sir choralarini qo‘llashni nazarda tutadi.
Davlat mexanizmi faoliyatining asosiy prinsiplaridan biri qaysi?
Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi.
Davlat organlari vakolatni amalga oshirish tartibiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
Kollegial va yakka tartibda faoliyat yurituvchi organlarga.
Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasini mashhur qilgan fransuz mutafakkiri kim?
Sharl Lui Monteysko
Davlatning ichki funksiyalar qaysilar?
kamida 4ta
Iqtisodiy funksiyasi,Ijtimoiy funksiyasi,
Moliyaviy nazorat funksiyas,Huquqiy tartibni muhofaza qilish funksiyasi,Тabiatni muhofaza qilish funksiyasi,Тa’lim funksiyasi
Yakka tartibda faoliyat yurituvchi davlat organlariga ta'rif
mazkur organ rahbarlari xizmat faoliyatida muayyan bir ish yuzasidan jamoa bilan maslahatlashuv yoki muhokama qilish shaklidan ma’lum bir ma’noda mustaqil bo‘ladi va o‘zi yakka holda qaror qabul qiladi.Bunga Prezident,Bosh prokuror,Bosh vazir
Inson huquq va erkinliklarining ustuvorligi prinsipi nimani anglatadi?
Davlat faoliyatida inson, uning huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat sifatida e’tirof etilishini.
Birlamchi va ikkilamchi davlat organlari o‘rtasidagi farq nima?
Birlamchi organlar xalq tomonidan bevosita saylanadi, ikkilamchi organlar esa boshqa organlar yoki shaxslar tomonidan shakllantiriladi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi g‘oyasini tanqid qilgan va xalq suverenitetini ilgari surgan mutafakkir kim?
Jan-Jak Russo.
avtokratik rejimni turlari?
jamoaviy avtokratiya
yakka shaxs avtokratiyasi
adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki aksincha, bir-biriga tobe bo‘lmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud bo‘lishi shart.
Bu qaysi asar
Sh.L. Monteskyening «Qonunlar ruhi haqida»
Davlat organining vakolatlari bilan uning vazifalari o‘rtasidagi farq nima?
Vazifalar nimani amalga oshirishi kerakligini, vakolatlar esa buni amalga oshirish uchun berilgan huquq va majburiyatlarni bildiradi.
Davlat mexanizmining ierarxik tizimi deganda nima tushuniladi?
Davlat organlarining pog‘onama-pog‘ona tashkil etilishi, yuqori organlarning quyi organlarga ta’siri va quyi organlarning qarorlarni bajarishi.
Byurokratik to‘siqlar davlat mexanizmi faoliyatiga qanday zarar yetkazadi?
Jarayonlarni sekinlashtiradi, ortiqcha xarajat va qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Dialektika va metafizikaga ta'rif
Dialektika-Voqeliklarning umumiy aloqadorligi va doimiy rivojlanish holatida bo‘lishi to‘g‘risidagi ta’limot.
Metafizika-davlat va huquqni abadiy, o‘zgarmas, rivojlanmaydigan va boshqa ijtimoiy hodisalardan ajralgan holda o‘rganuvchi metod.