Nyutonning birinchi qonuni qanday nomlanadi?
Inersiya qonuni.
Jismga ta’sir etuvchi kuchlar muvozanatlashgan bo‘lsa, u qanday holatda bo‘ladi?
Tinch turadi yoki tekis to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi.
Nyutonning ikkinchi qonuniga ko‘ra, kuch, massa va tezlanish orasidagi bog‘lanish qanday ifodalanadi?
F=ma.
Kuch birligi nima deb ataladi?
Nyuton (N).
2 kg massali jismga 10 N kuch ta’sir etsa, uning tezlanishi qancha bo‘ladi?
a=F/m=10/2=5 m/s2
Nyutonning uchinchi qonuni qanday ta’riflanadi?
Har qanday ta’sirga teng va qarama-qarshi yo‘nalgan aks ta’sir mavjud.
Raketaning harakati Nyutonning qaysi qonuniga asoslanadi?
Nyutonning uchinchi qonuni.
Qayiqdan qirg‘oqqa sakraganda qayiqning orqaga siljishi qaysi qonun bilan tushuntiriladi?
Nyutonning uchinchi qonuni.
Nyutonning uchinchi qonuniga ko‘ra, ta’sir va aks ta’sir kuchlari qanday yo‘nalgan bo‘ladi?
Qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi.