Mustaqillik arafasida O‘zbekistonda iqtisodiyot qanday tizim asosida boshqarilgan?
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi
O‘zbek modelining asosiy yo‘nalishi qanday amalga oshiriladi?
Bosqichma-bosqich (evolyutsion yo‘l bilan)
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishining birinchi bosqichi qaysi yillarni o‘z ichiga oladi?
1990–1995
“Xususiylashtirish to‘g‘risida” qonun qachon qabul qilingan?
1991-yil 18-noyabr
O‘zbekistonda avtomobilsozlik qachon boshlangan?
1996-yil (O‘zDaewooAvto ishga tushirilgan)
O‘zbekiston mustaqillikdan oldin qaysi muhim moliyaviy tizimlarga ega emas edi?
Milliy valyuta, bank va moliya-kredit tizimi
Islohotlarda bosh islohotchi kim hisoblanadi?
Davlat
2001–2016 yillar qanday davr hisoblanadi?
Barqaror rivojlanish davri
Kichik xususiylashtirish qaysi yillarda amalga oshirilgan?
1992–1994
Don ishlab chiqarish 1991-yildan 2012-yilgacha qancha oshgan?
1,9 mln t dan 7,5 mln t gacha
Korxonalar kimga bo‘ysungan edi
Markazga
Qonun ustuvorligi nimani talab qiladi?
Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish
2017-yildan keyingi davr qanday ataladi?
Yangi taraqqiyot strategiyasi davri
2000–2005 yillarda nechta davlat korxonasi sotilgan?
4660 ta
Qaysi gaz-kimyo majmuasi 2001-yilda ishga tushirilgan?
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi
Qanday iqtisodiy muammolar meros bo‘lib qolgan edi?
Inqiroz, narx-navo tizimi izdan chiqishi, ijtimoiy-iqtisodiy tushkunlik
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda qanday ijtimoiy siyosat yuritiladi?
Kuchli ijtimoiy himoya siyosati
Iqtisodiy islohotlarning huquqiy asoslari nechta hujjat bilan mustahkamlangan?
400 DAN ortiq
2003-yilda kichik korxonalar soni qancha bo‘lgan?
120 000dan ortiq
Qaysi neftni qayta ishlash zavodi Fransiya bilan hamkorlikda qurilgan?
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi
Qaysi tarmoqlarda markazga qaramlik katta muammo bo‘lgan?
Yoqilg‘i va oziq-ovqat sanoati
Iqtisodiyot nimadan ustun turishi kerak?
Siyosatdan
Islohotlarning asosiy strategik maqsadlaridan biri nima?
Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish
2022-yilda kichik biznesning YaIMdagi ulushi qancha bo‘lgan?
52,8 %
O‘zbekiston gaz zaxiralari taxminan qancha?
2 trillion kub metrga yaqin