Konstitutsiyaning nechinchi bobi oila munosabatlariga bag'ishlangan?
XIV bob
OILA...
Teng huquqli erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzilgan ittifoq
"Voyaga yetgan,mehnatfa layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxorlik qilishga majburdirlar" konstitutsiyaning nechinchi moddasi
66-modda
Oila huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar?
Shaxsiy nomulkiy, qaridoshlar va o'zga shaxslar o'rtasidagi va mulkiy munosabatlar
Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya qachon qabul qilingan?
1989-yil
O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi qachon qabul qilingan
30.04.1998
Nechi yoshga to'lgan bolaning ismi yoki familyasini o'zgartirganda uning roziligi olinadi
10
Oila huquqi predmeti
Oila huquqi normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Nikoh shartnomasi
Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv
Bolaning qonuniy vakillari
Ota-ona,farzandlikka oluvchilar,vasiy,homiy
Er yoki xotindan faqat bittasiga tegishli bo‘lgan va u tomonidan tasarruf etiladiga xususiy mulk qaysilar
-er yoki xotinning nikohga qadar o‘zlariga tegishli bo‘lgan mulki (masalan, uy, uy jihozlari, omonat kassasiga qo‘yilgan pul, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqalar);
-nikoh davomida hadya yoki meros tariqasida olgan mulklari;
-to‘y sovg‘alari, agar ular er yoki xotindan birining shaxsiy foy- dalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (qimmatbaho va serhasham buyum- lar bundan mustasno);
-er yoki xotin tomonidan olingan Davlat mukofotlari va sovg‘alar (masalan, oltin soat, mototsikl, mashina va boshqalar);
Nikoh shartnomasida er va xotin qanday qoidalarni kiritishga haqli?
-o‘zaro moddiy ta’minot berish;
-oila хarajatlarini taqsimlash;
-bir-birining daromadida ishtirok etish;
-boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish;
-birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini belgilab olish;
-nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mol- mulkni aniqlab olish;
Qay holatda bolaning roziligisiz farzandlikka olinadi
Agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa va ularni o‘z ota-onasi deb e’tirof etsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin.
Qay hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinadi
ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;
uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa;
muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;
o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Nikoh shartnomasiga qo'yiladigan talablar.
Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.
Nikoh davlat ro‘yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.