OILA HUQUQINING NAZARIY ASOSLARI
KONSTITUTSIYAVIY VA XALQARO ASOSLAR
NIKOH VA UNING HUQUQIY OQIBATLARI
OTA-ONA VA BOLA MUNOSABATLARI
MULKIY MUNOSABATLAR
100

Oila huquqining predmeti nimadan iborat va u fuqarolik huquqi predmetidan qanday asosiy jihatlari bilan farqlanadi?

Oila huquqining predmeti – nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish, vasiylik-homiylik asosida vujudga keladigan shaxsiy nomulkiy va ular bilan bog‘liq mulkiy munosabatlar.
Fuqarolik huquqidan farqi – oila huquqida shaxsiy element ustuvor, munosabatlar ishonch va axloqiy tamoyillarga asoslanadi, ko‘plab normalar imperativ xarakterga ega.

100

Konstitutsiyada oila va nikoh qanday asosiy prinsip asosida himoya qilinadi?

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida davlat himoyasidadir; nikoh er va ayolning ixtiyoriy roziligiga asoslanadi.

100

Nikohning haqiqiy bo‘lish shartlari nimalar?

Ixtiyoriy rozilik, nikoh yoshiga yetish, boshqa nikohda bo‘lmaslik.

100

Ota-onaning asosiy majburiyati nima?

Bolani tarbiyalash va moddiy ta’minlash.

100

Er-xotinning umumiy mulki deganda nima tushuniladi?

Nikoh davrida orttirilgan mol-mulk.

200

 Oila huquqida imperativ va dispozitiv metodlar qanday nisbatda qo‘llaniladi?


Oila huquqida imperativ metod ustuvor (nikoh yoshi, monogamiya, aliment majburiyati), biroq ayrim sohalarda dispozitivlik mavjud (nikoh shartnomasi, mol-mulk rejimi). Shaxsiy nomulkiy munosabatlar asosan imperativ tartibga solinadi.

200

Nikohning ixtiyoriyligi qaysi xalqaro hujjatda mustahkamlangan?

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (16-modda) va Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt.

200

Soxta nikoh nima va uning oqibatlari qanday?

Oila qurish maqsadisiz tuzilgan nikoh; sud orqali haqiqiy emas deb topiladi.

200

Ota-onalik huquqidan mahrum qilish asoslari?

Zo‘ravonlik, bolaga zarar yetkazish, foxishalik, alkogolizm, surinkali narkotik moddalar iste'moli.

200

Shaxsiy mulk tarkibiga nimalar kiradi?

Nikohgacha tegishli mulk, meros, hadya.

300

Oila huquqining xususiy huquq sohasi sifatida tan olinishi qanday mezonlarga asoslanadi?

Tomonlarning yuridik tengligi, ixtiyoriylik, shaxsiy manfaat ustuvorligi, sud orqali himoya qilish mexanizmi. Davlat aralashuvi mavjud bo‘lsa-da, u himoya xarakteriga ega.

300

Xalqaro shartnoma va milliy oila qonunchiligi o‘rtasida kolliziya yuzaga kelsa, qaysi norma ustuvor?

Ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnoma normalari ustuvor qo‘llaniladi.

300

Nikohni haqiqiy emas deb topish va nikohni bekor qilish o‘rtasidagi farq?

Haqiqiy emas – nikoh boshidan yuridik kuchga ega emas; bekor qilish – haqiqiy nikoh sud qarori bilan tugatiladi.

300

Ota-onalik huquqidan mahrum qilish va cheklash o‘rtasidagi farq?

Mahrum qilish – to‘liq yo‘qotish; cheklash – vaqtinchalik.

300

Umumiy mulkni bo‘lish mezonlari qanday?

Teng ulush prinsipi, bolalar manfaatlari inobatga olinadi.

400

Oila huquqi tamoyillari o‘rtasida kolliziya yuzaga kelishi mumkinmi? Misol bilan tahlil qiling.

Ha. Masalan, ota-onaning bolani tarbiyalash huquqi va davlatning bolani himoya qilish majburiyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqishi mumkin. Bunday holatda bolaning manfaatlari ustuvor tamoyili qo‘llaniladi.

400

“Bolaning eng yaxshi manfaatlari” prinsipi nimani anglatadi?

Har qanday sud yoki ma’muriy qarorda bolaning manfaatlari birlamchi mezon sifatida olinadi, ota-ona manfaatlari ikkilamchi.

400

Nikoh shartnomasi qaysi chegaralarda tuzilishi mumkin?

Faqat mulkiy munosabatlar bo‘yicha; shaxsiy huquqlar va bolalar huquqlarini cheklay olmaydi.

400

Aliment majburiyati qanday prinsiplarga asoslanadi?

Qarindoshlik, mehnatga layoqatsizlik, yordamga muhtojlik.

400

Kredit majburiyatlari ajrashganda qanday taqsimlanadi?

Oila ehtiyojlari uchun olingan bo‘lsa – umumiy majburiyat.

500

Oila huquqining mustaqil huquq sohasi ekanligi haqidagi ilmiy bahslarni tahlil qiling.

Bir nazariya uni fuqarolik huquqining kichik sohasi deb hisoblaydi (mulk va majburiyat elementlari mavjudligi sabab).
Ikkinchi nazariya esa o‘ziga xos predmet, metod va tamoyillar mavjudligi sabab uni mustaqil soha deb tan oladi. Amaldagi tizimda u mustaqil soha sifatida e’tirof etilgan.

500

Konstitutsiyaviy tenglik prinsipi nikoh va oila munosabatlarida qanday namoyon bo‘ladi?

Er-xotin teng huquqli; mol-mulk, tarbiya, yashash joyini tanlash, ajrashish jarayonida protsessual tenglik kafolatlanadi.

500

Nikohni haqiqiy emas deb topishda vijdonan (vijdonli) tarafning huquqlari qanday himoya qilinadi?  

Vijonan(vijdonli) mol-mulkiy manfaatlari va aliment huquqi saqlanishi mumkin.

500

Farzandlikka olishning konstitutsiyaviy va xalqaro mezonlari qanday?

Bolaning manfaatlari ustuvorligi, sud tartibi, davlat nazorati.

500

Nikoh shartnomasi va qonuniy mulk rejimi o‘rtasidagi fundamental farqni tahlil qiling.

Qonuniy rejim – umumiylik prinsipi; nikoh shartnomasi – taraflarning erkin kelishuvi asosida maxsus rejim o‘rnatish imkoniyati.

M
e
n
u