Innovatsion texnologiyalar oliy taʼlimda qanday asosiy maqsadni ko‘zlaydi?
Ta’lim sifatini oshirish, samaradorlikni va talabalarning faolligini kuchaytirish.
An’anaviy ta’limda o‘qituvchining asosiy roli qanday?
Bilim beruvchi va nazorat qiluvchi.
“Interfaol texnologiya” atamasi nimani anglatadi?
Talaba va o‘qituvchi o‘rtasida faol muloqotni ta’minlovchi o‘qitish usullari.
Interfaol texnologiyalarning asosiy afzalligi nimada?
Talabalarni faol o‘quv jarayoniga jalb etish va darsni samarali qilish.
Masofaviy ta’lim nima?
Internet orqali o‘qitish va o‘qish jarayonini masofadan tashkil etish tizimi.
Qanday texnologiyalar taʼlim jarayonini interaktiv qiladi?
Multimedia vositalari, virtual laboratoriyalar, onlayn platformalar va sun’iy intellekt tizimlari.
Innovatsion ta’limda talabaning roli qanday o‘zgaradi?
Faol ishtirokchi, mustaqil o‘rganuvchi va hamkor sifatida chiqadi.
Qaysi interfaol metodlar oliy ta’limda eng ko‘p qo‘llaniladi?
Klaster, “Aqliy hujum”, “Debat”, “Keys-stadi”, “Bumerang”.
Interfaol texnologiyalar talabalar o‘rtasida qanday hamkorlikni shakllantiradi?
Guruhda ishlash, o‘zaro fikr almashish va jamoaviy qaror qabul qilishni kuchaytiradi.
Masofaviy ta’limda qaysi platformalar keng qo‘llaniladi?
Moodle, Google Classroom, Zoom, Coursera, Edmodo.
Sun’iy intellekt oliy taʼlimda qanday vazifani bajaradi?
Shaxsga mos o‘qitish, avtomatik baholash va tahliliy ma’lumotlar taqdim etish.
An’anaviy ta’limda bilim berish usuli qaysi modelga asoslanadi?
“O‘qituvchi markazida” modeliga.
O‘qituvchi interfaol darsda qanday rol bajaradi?
Yo‘naltiruvchi, maslahat beruvchi va jarayonni boshqaruvchi.
Interfaol o‘qitish metodlari qanday motivatsiyani kuchaytiradi?
Qiziqish, ijodkorlik va o‘z ustida ishlashga rag‘batni oshiradi.
Masofaviy ta’limning asosiy afzalliklarini sanang.
Qulaylik, vaqt tejash, global ta’limga kirish imkoniyati.
Innovatsion texnologiyalar o‘qituvchi roliga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
O‘qituvchi endi bilim manbai emas, balki yo‘naltiruvchi va mentor sifatida chiqadi.
Innovatsion ta’limda o‘quv jarayoni qanday tashkil etiladi?
Talabaga yo‘naltirilgan, interfaol va ijodiy muhitda.
Interfaol texnologiyalar talabalarning faolligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Faollikni oshiradi, mustaqil fikrlash va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Interfaol texnologiyalar o‘qitish samaradorligiga qanday ta’sir qiladi?
Axborotni chuqur o‘zlashtirish va amaliy qo‘llash imkonini beradi.
Masofaviy ta’limda o‘qituvchi va talaba qanday aloqa o‘rnatadi?
Videodarslar, chat, elektron topshiriqlar va onlayn forumlar orqali.
Ta’limda raqamli transformatsiyaning uzoq muddatli natijalari qanday?
Ta’limning uzluksizligi, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv va global raqamli integratsiya.
An’anaviy va innovatsion ta’limning asosiy farqlarini sanang.
O‘qituvchi roli, o‘quv metodlari, texnologiya qo‘llanilishi va talaba faolligi.
Interfaol texnologiyalarni qo‘llashda qanday muammolar uchrashi mumkin?
Texnik vositalarning yetishmasligi, vaqt cheklovi va o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasi.
Ta’lim sifatini oshirishda interfaol texnologiyalarning 3 muhim jihatini sanang.
Kommunikativlik, hamkorlik va ijodkorlikni rivojlantiradi.
Masofaviy ta’limda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlarini ayting.
Internet sifati pastligi, texnik nosozliklar; yechim — texnik tayyorgarlik va qo‘llab-quvvatlov tizimi.