Ot deb nimaga aytiladi?
Shaxs va narsaning nomini bildirib kim?, nima? so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlar ot deyiladi
Sifat deb nimaga aytiladi?
Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so`zlar sifat deyiladi
Son so`z turkumi deb nimaga aytiladi?
Shaxs va narsaning sanog`ini,tartibini bildirgan so`zlar son so`z turkumi deyiladi
Fe'l so`z turkumi deb nimaga aytamiz?
Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlar fe'l deyiladi.
Otlar gapda asosan qaysi bo`lak vazifasida keladi?
Ega
Sifat gapda qaysi vazifada keladi?
aniqlovchi, kesim
Sonlar nechta turga bo`linadi? bular qaysilar
2 ga bo`linadi. Miqdor sonlar, tartib sonlar
Fe'l nisbatlarini ayting
Aniq nisbat
O`zlik nisbat
majhul nisbat
Orttirma nisbat
Otlar son-miqdorni bildirish xususiyatiga egami?
Misol keltiring
Ha, bola-bolalar
Sifat darajalarini ayting
Oddiy daraja
qiyosiy daraja
orttirma daraja
Tartib son yasovchi qo`shimchani ayting
nchi,- inchi
O`timli fe'l den nimaga aytiladi?
Fe’ldagi anglashilgan harakatning tushum kelishigi formasidagi ot bilan (yoki otlashgan so`z bilan) ifodlangan predmetga o`tganligini bildiradigan fe’llar o`timli fe’l deyiladi.
Masalan: Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini eganmiz
Ot yasovchi qo`shimchalarni ayting
-chi,-kor,-bon,-paz..
sifat yasovchi qo`shimchalarni ayting
-li,-ser,-dor,-siz
Jamlovchi sonlarga misol keltiring
Ikkov,uchala,oltovlon,yettilashib
Fe'l yasovchi qo`shimchalarni ayting
-la,-lam,-illa,-ulla,-lash
Ot so`z turkumi nechta kategoryaga ega?
3 ta. 1.son kategoryasi
2.egalik kategoryasi
3.kelishik kategoryasi
Asliy sifat deb nimaga aytiladi?
Belgini to’g’ridan to’g’ri ifodalaydigan va uni darajalab ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan sifatlar asliy sifatlar deyiladi
Sonlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi? qaysilar
4 turga
.sodda, qo‘shma, juft va takroriy
"Yashaganlar" fe'lining o`zagini toping
yosh