Ko‘payish nima?
Organizmlarning o‘ziga o‘xshashlarini yarata olish xususiyati.
O‘zgaruvchanlik nima?
— Avlodning ota-onadan farq qilishi.
Jinsiy ko‘payish nima?
Gametalar qo‘shilishi orqali ko‘payish.
Xlamidomonada ko‘payishi?
Qulay sharoitda zoosporalar, noqulay sharoitda gametalar.
Changlanish nima?
Chang donasining urug‘chiga tushishi.
Irsiyat va o‘zgaruvchanlik farqi?
Irsiyat ota-ona belgilarining o‘tishi, o‘zgaruvchanlik esa yangi avlodning ota-onadan farq qiluvchi belgilarga ega bo‘lishidir.
DNK qayerda joylashgan?
Hujayra yadrosida.
Binar bo‘linish nima?
Hujayraning ikkiga bo‘linishi.
Zoospora nima?
Harakatchan spora.
Changlanish necha xil bo‘ladi?
O‘z-o‘zidan va chetdan.
Irsiyatning moddiy asosi?
Hujayra yadrosidagi DNK molekulalari.
Xromosoma nima?
DNK va oqsillardan tashkil topgan tuzilma.
Qaysi organizmlar binar bo‘linadi?
Bakteriyalar va ayrim protoktistalar.
Vegetativ ko‘payish nima?
O‘simlikning ildiz, novda orqali ko‘payishi.
Sun’iy changlatish nima?
Inson yordamida changlatish.
Xromosomalar qanday hosil bo‘ladi?
DNK molekulasi maxsus oqsillar bilan birikishi natijasida.
Ko‘payish necha xil bo‘ladi?
Jinssiz va jinsiy.
Zigota nima?
Urug‘langan tuxum hujayra.
Achitqi zamburug‘i qanday ko‘payadi?
Kurtaklanish orqali.
Qo‘sh urug‘lanish nima?
Ikkita spermatiy ishtirokidagi urug‘lanish.
Irsiyat nima?
Ota-ona belgilari avlodga o‘tishi.
Jinssiz ko‘payish nima?
Gametalarsiz ko‘payish.
Spora nima?
Ko‘payish uchun xizmat qiluvchi hujayra.
Zamburug‘lar yana qanday ko‘payadi?
Sporalar orqali.
Jinsiy ko‘payishning ahamiyati nima?
Moslashuvchan va yashovchan avlod beradi.