O‘rta asrlar ingliz adabiyoti qaysi davrni qamrab oladi?
Taxminan V asrdan XV asr oxirigacha.
O‘rta asrlarda qahramonlik voqealarini tasvirlovchi janr qanday ataladi?
Qahramonlik eposi.
Beowulf asari qaysi adabiyotning eng mashhur namunalaridan biri hisoblanadi?
Qadimgi ingliz adabiyotining.
Geoffrey Chaucer nima sababdan “ingliz adabiyotining otasi” deb ataladi?
U ingliz tilidagi adabiyotning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan va ingliz tilini muhim adabiy til sifatida mustahkamlashga yordam bergan.
O‘rta asrlar ingliz adabiyotida qaysi dinning ta’siri kuchli bo‘lgan?
Xristianlikning
1066-yildagi Norman istilosi ingliz adabiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
Fransuz tili va madaniyatining ta’siri kuchaydi, ingliz tilining rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Diniy mazmundagi sahna asarlari qanday atalgan?
Diniy dramalar, jumladan misteriyalar va mirakllar.
The Canterbury Tales asarining muallifi kim?
Geoffrey Chaucer.
Beowulf dostonining muallifi kim?
Muallifi noma’lum.
Ritsarlik adabiyotida qahramonlardan qanday fazilatlar kutilgan?
Jasorat, sadoqat, sharaf va va’daga vafo.
Qadimgi ingliz adabiyoti asosan qaysi tilda yaratilgan?
Qadimgi ingliz tilida (Old English).
Ritsarlik romanlarida asosan qanday mavzular yoritilgan?
Jasorat, sadoqat, muhabbat, ritsarlik burchi va sarguzashtlar.
Sir Gawain and the Green Knight asarida qaysi mavzular muhim o‘rin tutadi?
Ritsarlik sharafi, jasorat, sadoqat va axloqiy sinovlar.
William Langlandning mashhur asari qaysi?
Piers Plowman.
O‘rta asrlar adabiyotida allegorik obrazlardan nima maqsadda foydalanilgan?
Ezgulik va yovuzlik, gunoh va fazilat kabi mavhum tushunchalarni obrazlar orqali ifodalash uchun.
Xristianlik ingliz adabiyoti rivojiga qanday hissa qo‘shgan?
Diniy she’rlar, avliyolar hayoti va diniy hikoyalarning yaratilishiga sabab bo‘lgan.
Allegoriya usuli adabiyotda qanday vazifani bajargan?
Axloqiy yoki falsafiy g‘oyalarni ramziy obrazlar va voqealar orqali ifodalagan.
The Canterbury Tales asarida ziyoratchilar nima uchun safarga chiqishadi?
Ular Kanterberidagi avliyo Thomas Becket maqbarasiga ziyorat qilish uchun yo‘lga chiqishadi.
John Gower qaysi asari bilan tanilgan?
Confessio Amantis asari bilan.
O‘rta asrlar adabiyotida allegorik obrazlardan nima maqsadda foydalanilgan?
Turli ijtimoiy tabaqalar, insoniy xarakterlar, diniy kishilarning xulqi va jamiyatdagi illatlarni tasvirlagan.
Norman istilosidan keyin ingliz tilida yaratilgan adabiyotning rivojlanishi nima sababdan murakkablashdi?
Ingliz, fransuz va lotin tillarining turli sohalarda qo‘llanishi adabiy tilning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Ingliz tili vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, o‘rta ingliz tiliga aylandi.
O‘rta asrlar diniy dramalari bilan dunyoviy dramalar o‘rtasidagi asosiy farq nima?
Diniy dramalar Muqaddas Kitob voqealari va diniy ta’limotlarga tayangan, dunyoviy dramalar esa kundalik hayot, jamiyat va insoniy munosabatlarni ko‘proq aks ettirgan.
Beowulf va The Canterbury Tales asarlari o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Beowulf qahramonlik eposi bo‘lib, janglar va qahramonlikni ulug‘laydi. The Canterbury Tales esa turli tabaqa vakillarining hikoyalari orqali o‘rta asrlar jamiyatini keng yoritadi.
Geoffrey Chaucer ijodining o‘rta asrlar ingliz adabiyoti uchun tarixiy ahamiyati nimada?
U turli ijtimoiy qatlamlarning hayotini realistik va hajviy tasvirlab, xalq tilining adabiy imkoniyatlarini kengaytirdi. Uning ijodi ingliz adabiyotining keyingi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
O‘rta asrlar ingliz adabiyotida diniy dunyoqarash va insonning kundalik hayoti qanday uyg‘unlashgan?
Diniy asarlarda insonning e’tiqodi va axloqi markazda turgan bo‘lsa, dunyoviy asarlarda muhabbat, ijtimoiy tengsizlik, insoniy zaifliklar va kundalik hayot ham yoritilgan. Shu tariqa adabiyot diniy qadriyatlar bilan insonning real hayotini birlashtirgan.