O‘simliklarni o‘rganuvchi fan bu-...?
Botanika
Yirtqich hayvonlar nimalar bilan oziqlanadi?
Boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi.
Sistematika-bu nima?
Tirik organizmlarni tavsiflash va klassifikatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan fan.
Qarag‘ayning urug‘lari qayerda yetiladi?
Qarag‘ayning urug‘lari qubbada ochiq
holda yetiladi.
O'simliklar bilan oziqlanuvchi hayvonlar nima deb ataladi?
O‘txo‘r hayvonlar deb ataladi.
Hayvonlarning qancha turi fanda ma'lum?
1 500 000 dan ortiq turi
Gulli o'simliklar qanday sinflarga bo'linadi?
Bir urug‘pallalilar va ikki urug'pallalilarga bo'linadi.
Ayiq va ilon o'rtasidagi o'xshash va farqli jihatlarini aytib bering.
Oziqlanishi, harakatlanishi va ko'payishi misolida
Tirik organizmlarni o‘zaro o‘xshash xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratish fanda nima deb ataladi?
Klassifikatsiyalash
Yo‘sinlar qanday o'simliklar?
Yo‘sinlar zax joylarda o‘sadigan o‘t o‘simliklardir.
Xorda yoki umurtqa pog‘onasidan iborat ichki skeletga ega hayvonlar fanda nima deb ataladi?
Xordalilar
Barcha tirik organizmlar qanday xususiyatlarga ega?
Oziqlanish, nafas olish, ayirish, ta’sirlanish, ko‘payish, o‘sish va rivojlanish kabi xususiyatlarga ega.
Avtotrof usulda oziqlanish nima?
Fotosintez jarayonida xlorofill pigmenti ishtirokida anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlaydi.
O‘troq hayot kechiruvchi hayvonlarga misollar ayting.
Masalan, poliplar, assidiyalar
Tashqi va ichki tuzilishi o‘xshash organizmlar guruhi fanda nima deb nomlanadi?
Tur deb ataladi.