Fanga doir
Mantiqiy
Nega shunaqa
Talabalar hayoti
Boshqa
100

Davlatning majburiy, qaytarib berilmaydigan va beg'araz to'lovlari nima deb ataladi?

Soliqlar

100

U hamma narsani sotib olishi mumkin, lekin o‘zini hech qachon sotib ololmaydi. U ko‘paysa hamma xursand, kamaysa hamma xavotirda. Bu nima?

Pul yoki boylik

100

Nima uchun samolyotlarning aksariyati oq rangga bo‘yalgan bo‘ladi?

Qizib ketmasligi uchun. (Oq rang quyosh nurini qaytaradi, qora yoki to‘q rang esa issiqlikni yutib, samolyot ichini isitib yuboradi).

100

U juda qisqa, lekin unga juda ko‘p narsani sig‘dirish kerak. U kelishidan oldin hamma "hali vaqt bor" deydi, u kelganda esa "ulgurolmadim" deydi. Bu nima?

Imtihondan bir kun oldin yoki imtihon oldi

100

Uni sotib olayotgan odam qora deydi, ishlatayotgan odam qizil deydi, tashlab yuborayotgan odam esa kulrang deydi. Bu nima?

Koʻmir 

200

Asosiy vositalarning qiymatini mahsulot tannarxiga qismlarga bo'lib o'tkazish jarayoni nima?

Amortizatsiya 

200

Dunyoga mashhur ushbu texnologik kompaniya logotipidagi olma nima uchun aynan tishlangan holda tasvirlangan? (Mantiqiy yordam: dizayn bilan bog'liq).

Gilos bilan adashtirib yubormaslik uchun. (Olma tishlangan bo'lsa, uning o'lchami aniq ko'rinadi).

200

Nima uchun erkaklar ko‘ylagida tugmalar o‘ng tomonda, ayollar ko‘ylagida esa chap tomonda joylashgan?

Tarixiy sabab: Ilgari boy ayollarni xizmatkorlar kiyintirishgan (xizmatkorga qulay bo‘lishi uchun chapga qadalgan), erkaklar esa odatda o‘zlari kiyinishgan.

200
Talaba 1-kursda darsga barcha kitob-daftarlari bilan keladi. 4-kursga borganda esa darsga faqat bitta narsa bilan keladi. Bu nima?
Ruchka 
200

Dunyodagi eng xavfsiz transport vositasi qaysi? (Statistikaga ko‘ra, unda halokatga uchrash ehtimoli 0.00001% ga teng).

Lift

300

Xavf-xatarni kamaytirish maqsadida investitsiyalarni turli aktivlar orasida taqsimlash jarayoni nima?

Diversifikatsiya 

300

1999-yilda "Excite" qidiruv tizimi ushbu kompaniyani bor-yo‘g‘i 750 ming dollarga sotib olishdan bosh tortgan. Bugungi kunda bu kompaniyaning qiymati 1 trillion dollardan oshadi. Bu qaysi kompaniya?

Google 

300

Arxeologlar Misr ehromlarini qazishganda 3000 yillik ushbu mahsulotni topishgan va u hali ham yeyishga yaroqli bo‘lgan. Bu qaysi mahsulot?

Asal

300

Imtihonda talaba o‘zidan ko‘ra ko‘proq ishonadigan inson kim?

Yonida o‘tirgan talaba (u alochimi qiziqmas shu javob desa oʻzini toʻgʻri javobiniyam oʻchirib unikini belgilaydi)

300

Insonning qaysi a'zosi tug'ilganidan to vafotigacha o'lchami o'zgarmasdan qoladi?

Koʻz qorachigʻi 

400

Soliq stavkasi daromad miqdori oshishi bilan birga oshib borsa, bunday soliq tizimi nima deyiladi? 

Progressiv soliq tizimi 

400

Dunyodagi eng boy it - Gyunter IV ning boyligi 370 million dollardan oshadi. U bu pulni qayerdan olgan?

Meros qolgan

400

Inson tanasidagi qaysi a'zo aksirganingizda (pishqirganingizda) bir soniyaga to‘xtab qoladi?

Yurak 

400

Dunyodagi eng tez narsa nima? (Yorug‘lik emas, talabaga bog‘liq).

Semestr tugashiga bir hafta qolganda talabaning konspekt yozish tezligi.

400

Bir odam yomg'ir ostida qolib ketdi. Uning soyaboni ham, shapkasi ham yo'q edi. U uyiga yetib kelguncha hamma kiyimi ho'l bo'lib ketdi, lekin boshidagi bitta ham sochi ho'l bo'lmadi. Nima uchun?

Chunki u odam kal (sochi yo'q) edi

500

Yalpi ichki mahsulotning (YaIM) moliyaviy usulda taqsimlanishi natijasida hosil bo'ladigan daromadlar qanday ataladi?

Birlamchi daromadlar 

500

Oddiy  odam uni boyish uchun sarflaydi, boy odam esa uni ko‘paytirish uchun sotib oladi. Iqtisodiyotda eng cheklangan va qaytarib bo‘lmaydigan resurs nima?

Vaqt. (Moliya mantiqida "Vaqt — bu pul" tushunchasi markaziy hisoblanadi).

500

Inson barmoq izlari kabi, yana qaysi a'zosining naqshi (izi) har bir insonda mutlaqo takrorlanmas va noyob bo‘ladi?

Til izi

500

Talaba avtobusda yoki metroda ketayotganida nega birdaniga uxlab qolgan boʻladi?

Kattalarga joy bermaslik uchun (Hazilomuz talaba mantig'i)

500

Bir podshoh mahbusga shunday dedi: 'Senga bitta gap aytishga ruxsat beraman. Agar aytgan gaping yolg‘on bo‘lsa, seni osishadi. Agar aytgan gaping rost bo‘lsa, seni boshingni kesishadi'. Mahbus birgina gap aytdi va tirik qoldi. U nima degan?"

Siz meni osasiz!" (Agar bu rost bo‘lsa, boshini kesish kerak, lekin unda gap yolg‘on bo‘lib qoladi. Agar yolg‘on bo‘lsa, osish kerak, lekin unda gap rost bo‘lib chiqadi. Paradoks tufayli podshoh uni o‘ldirolmaydi).

M
e
n
u