Qaysi qatordagi barcha so‘zlar atoqli ot?
A) Toshkent, Bobur, O‘zbekiston
B) shahar, daraxt, maktab
A) Toshkent, Bobur, O‘zbekiston
Turdosh otlar necha turga bo‘linadi?
4 turga (shaxs, narsa, o‘rin-joy, faoliyat-jarayon).
Ko‘rish, ushlash yoki sezish mumkin bo‘lgan otlar nima deyiladi?
Aniq otlar.
Birgina asosdan tashkil topgan ot nima deyiladi?
Sodda ot.
Ot qaysi so‘roqlarga javob bo‘ladi?
Kim?, nima?, qayer?
Atoqli otlar qanday harf bilan yoziladi?
Bosh harf bilan.
"Shifokor", "talaba", "dehqon" qaysi turdagi otlar?
Shaxs otlari.
Faqat fikr va tasavvur orqali anglanadigan otlar nima deyiladi?
Mavhum otlar
Qo‘shimcha yordamida yasalgan ot nima deyiladi?
Yasama ot
"Toshkent" qanday ot?
Atoqli yoki turdosh ot
Atoqli ot.
Quyidagi so‘zlardan atoqli otlarni toping:
Nilufar, gul, Bahor, fasl, Umid
Nilufar, Bahor, Umid.
Quyidagi so‘zlarni turlarga ajrating:
telefon, saylov, bog‘, o‘quvchi
telefon — narsa oti
saylov — faoliyat-jarayon oti
bog‘ — o‘rin-joy oti
o‘quvchi — shaxs oti
Quyidagi so‘zlardan mavhum otlarni toping:
sabr, kitob, muhabbat, daraxt, vijdon
sabr, muhabbat, vijdon.
Quyidagi so‘zlarning qaysi biri qo‘shma ot?
A) kitobxon
B) ota-ona
C) kungaboqar
D) kitob
C) kungaboqar.
Quyidagi so‘zlarni turlariga ajrating:
o‘quvchi, kitob, bog‘, saylov
o‘quvchi — shaxs oti
kitob — narsa oti
bog‘ — o‘rin-joy oti
saylov — faoliyat-jarayon oti
"Qo‘qonlik" so‘zi atoqli otmi yoki turdosh otmi?
Turdosh ot
Gapdagi otlarning turini aniqlang:
"Talaba kutubxonada kitob o‘qidi."
talaba — shaxs oti
kutubxona — o‘rin-joy oti
kitob — narsa oti
So‘zlarni ikki guruhga ajrating:
telefon, g‘urur, maktab, do‘stlik, qalam, sevgi
Aniq otlar: telefon, maktab, qalam
Mavhum otlar: g‘urur, do‘stlik, sevgi
So‘zlarni turlariga ajrating:
ota-ona, bog‘bon, maktab, oshqovoq
maktab — sodda ot
bog‘bon — yasama ot
oshqovoq — qo‘shma ot
ota-ona — juft ot
Qaysi so‘z mavhum ot?
A) daraxt
B) sabr
C) qalam
D) telefon
B) sabr
Quyidagi gapda nechta atoqli ot bor?
"Alisher Navoiy Toshkent shahrida tavallud topmagan."
2 ta atoqli ot — Alisher Navoiy va Toshkent.
Quyidagi so‘zlardan qaysi biri faoliyat-jarayon oti hisoblanadi?
A) universitet
B) terim
C) o‘qituvchi
D) daraxt
B) terim
Quyidagi gapda nechta mavhum ot bor?
"Sabr, vijdon va muhabbat insonni yuksaltiradi."
3 ta mavhum ot.
Quyidagi gapda nechta yasama ot bor?
"Bog‘bon gulzor yonida kitobxon bilan suhbatlashdi."
3 ta yasama ot:
bog‘bon
gulzor
kitobxon
So‘zlarni tuzilishiga ko‘ra aniqlang:
maktab, kitobxon, kungaboqar, ota-ona
maktab — sodda ot
kitobxon — yasama ot
kungaboqar — qo‘shma ot
ota-ona — juft ot