O'z o'zini tarbiyalash nima?
Shaxsning o'zini ongli ravishda takomillashtirish jarayoni
K.D Ushinskiy o'z o'zini tarbiyalsh orqali nimaga erishgan?
Xotirjamlikka
Pedagogik muloqotda eng muhum malakalardaan biri nima?
Suhbatdoshni tinglay olish
O'qituvchi o'z ustida ishlashda avvalo nimani o'rganishi kerak?
O'z yutuq va kamchiliklarini
M.Gerasimov “Arablar va dengiz” asarida bir ma’lumotni keltiradi. Uning aytishicha,
XX asr boshlarida yo’lovchi kemalarga ayollar chiqarilmagan. Kapitanlar ayollarni kemada
bo’lishini xohlamagan. Chiqarsa ham, 2-3 baravar haq evaziga chiqarishgan ekan. Buning sababi
nimada?
Ular ayollar fakolat olib keladi deb o’ylashgan.
A.S. Makarenko pedagogik mahorat haqida qanday fikr bildirgan?
Har bir intiluvchi pedagog o‘z ishining ustasi bo‘lishi mumkinligini aytgan.
O‘z-o‘zini hisobot qilish nimani anglatadi?
O‘tgan faoliyatni tahlil qilishni.
Disterverg o‘qituvchi oldiga qanday vazifa qo‘ygan?
O‘z-o‘zini tarbiyalashni sharafli vazifa deb bilishni.
Pedagogik muloqotda “ko‘z orqali aloqa” nimani bildiradi?
Suhbatdosh bilan psixologik yaqinlik o‘rnatishni.
Qaysidir bir amerikalik millioner o’limi oldidan o’z pullaridan ma’lum bir foizni
jiyaniga, u universitetda o’qishini tugatib olishi uchun ajratib berilishini vasiyat qilgan. Bundan
so’ng jiyan Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishiga arzigulik o’ziga hos bir rekord o’rnatgan.Bu qanaqa rekord
U vafot etguncha bu universitetni tugatmagan
Lunacharskiy fikricha pedagog o‘zida nimani shakllantirishi lozim
nsoniyat idealini.
O‘z-o‘zini boshqarish metodining asosiy vazifasi nima?
Istalmagan xatti-harakatlarni nazorat qilish.
Pedagogik qobiliyatning asosiy belgilaridan biri nima? —
Kasbga muhabbat bilan ishlash.
Talabalik davrida o‘z-o‘zini boshqarish nega muhimlashadi? —
Tashqi nazorat kamaygani uchun.
Latifa. Er turistik sayoxatdan uyga kelib xotiniga rasmlarni ko‘rsatibdi. “Bu Venetsiya,
bu Neapol, bu Rim”. Xotini rasmlar ichidan birini olib: “Juda yaxshi mast bo‘lgan ekansan” –
deb rasmni ko‘rsatibdi. Savol rasmda nima tushirilgan edi.
Piza minorasi
Pedagogik faoliyatdagi formalizm nimaning aksi hisoblanadi?
Kasbga befarqlikning.
O‘zini boshqa insonlar bilan solishtirmasdan turib nimani to‘liq anglab bo‘lmaydi
O‘z shaxsini.
Pedagogik muloqotda auditoriyaning ta’sirchanligini anglash nimaga xizmat qiladi
Ta’lim samaradorligini oshirishga.
O‘z-o‘zini majburlash metodining psixologik asosi nima? —
Irodaviy qaror qabul qilish.
Eyfel minorasi ichidagi esdalik sovg‘alari magazinidan savol muallifi esdalik sifatida
Eyfel minorasi maketini sotib oladi. Esdalikdagi narx belgisini olib tashlagach bir yozuvga ko‘zi
tushadi va xafa bo‘lib ketadi. U yerdagi yozuvni siz aniq qilib yozib bering.
Made in china
K.D. Ushinskiy tavsiya qilgan “har kuni o‘ziga hisobot berish” usuli qaysi psixologik mexanizmga asoslanadi?
Refleksiya mexanizmiga
Pedagogik muloqotda samimiy tashqi ko‘rinishning asosiy kommunikativ vazifasi nima
Ishonchli psixologik muhit yaratish.
O‘z-o‘zini tarbiyalashning muvaffaqiyati ko‘proq qaysi omilga bog‘liq?
Shaxsning o‘zini anglash darajasiga.
Zamonaviy pedagogika bo‘yicha o‘qituvchining kasbiy rivojlanishida “uzluksiz ta’lim” tushunchasi nimani anglatadi?
Butun faoliyati davomida bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borishni.
Rossiya, Qozog’iston, Mug’uliston, Qirg’iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam,
Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima
birlashtirib turganini aniqlagan bo’lsangiz men aytmagan yana bir davlatni topishingiz kerak.
Hindiston (Barchasi Xitoy bilan chegaradosh)