•Qadimgi manzilgohlarni o'rganuvchi fan
Arxeologiya
Õzbeklar xamma ishlarini bismillah deb õng
oyoqdan boshlashadi.Lekin barcha bu ishni
chap oyoqdan boshlab ,chap tomondan
tugatadi.Kimda kim bu ishni orangizda qilgan
bulsa ,u xam chap oyoqni birinchi bõlib
qõygan...
savol:qayerga qõygan???
Ot
O'rta Osiyoda Buxoro va Xivadan tashqari uchinchi qaysi yirik davlat bo'lgan va u boshqalaridan farqli o'laroq eng oxirgi bo'lib (18-asr boshlarida) tashkil topgan?
Qo'qon xonligi
Bundan sakkiz asr muqaddam Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish joyida, tik yonbag‘irli tepalikda rus knyazi Yuriy Dolgorukiy buyrug‘i bilan kichik yog‘och qal’a quriladi. O’sha davrlarda Rusda bunday kichik qal’a-shaharchalar ko‘p bo‘lgan. Aynan mana shu shaharcha va ana shu qal’a shonli va buyuk tarixga ega bo‘lishi o‘sha paytlarda hech kimning hayoliga kelmagan
Diqqat savol: U qal’a-shaharcha qanday nomlangan?
Kreml
•Muhrlarni o'rganuvchi fan
Sfragistika
Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?
Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi
1753-yilda Buxoroda hokimiyat Mang'itlar sulolasi qo'liga o'tgach, davlat "Buxoro amirligi" deb atala boshlangan va hukmdorlar Muhammad Rahimdan boshlab o'zlarini "xon" emas, "amir" deb atashgan.
qadimiy turkiy-mo'g'ul an'analariga (Chingizxon yasosiga) ko'ra, faqat Chingizxonning avlodlari (to'ralar)gina o'zlarini "xon" deb atash huquqiga ega bo'lgan. Mang'itlar esa asilzoda bo'lsalar-da, Chingiziy bo'lmaganlari uchun Islomiy unvon – "Amir" nomini qabul qilishgan.
Dengiz qaroqchilari orasida juda koʻp aldovlar, kelishmovchiliklar boʻlib turadi. Tarixda boʻlib turgan, aynan topilgan oʻljani boʻlish paytida. Shuning uchun qaroqchilar kemalarda oʻljani teng boʻlish paytida foydalanish uchun uni olib yurishgan
Diqqat savol: Nima olib yurishgan?
Bibliya olib yurishgan, oʻzlariga kerak emas. Lekin boʻlish uchun, men hech kimga adolatsizlik qilganim yoʻq degan maqsadda
Gerbshunoslik
Geraldika
Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?
Musiqa
Xiva xonligida shunday bir hukmdor o'tgan-ki, u nafaqat mohir sarkarda va davlat arbobi, balki yetuk tarixchi ham bo'lgan. Uning qalamiga mansub "Shajarayi turk" (Turklar shajarasi) va "Shajarayi tarokima" (Turkmanlar shajarasi) nomli asarlar hozirgacha butun dunyo tarixchilari uchun O'rta Osiyo tarixini o'rganishda eng muhim manbalardan biri hisoblanadi.
Savol: Bu mashhur Xiva xoni kim edi?
Abulg'ozi Bahodirxon
Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida tomoshabinlarga dress-kod, intizom borasida qat'iy talablar joriy etilishi e’tirozlarga sabab bo‘lgan. Teatr xodimasi Yuliya Zorinova aslida jamiyatda yurish qoidalari so‘ralayotganini tushuntirar ekan "biz ularni joriy etmayapmiz” deydi. Savol: Ularni ikki bo’g’inli atoqli ot ishlatgan holda ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Drakont me'yorlari
•Tangalarni o'rganuvchi fan
Numizmatika
Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz.
Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
Qorong’ulik.
Buxoro amirligida davlat boshqaruv tizimi ancha murakkab bo'lgan. Amirdan keyingi eng yuqori lavozim egasi, ya'ni davlatning ijroiya hokimiyatiga, moliya tizimiga rahbarlik qiluvchi va poytaxt xavfsizligiga bevosita javobgar bo'lgan shaxs (o'ziga xos bosh vazir) qanday atalgan?
Buxoro amirligida Qo'shbegi bosh vazir vazifasini bajargan. U shu qadar katta vakolatga ega ediki, Arkda amirdan tashqari faqat qo'shbegining o'z hovlisi bo'lgan va amir poytaxtda bo'lmagan vaqtlarda davlatni to'liq u boshqargan.
Bu asarning arab xalifasiga bag‘ishlangani va arab tilida yozilishidan maqsad shu orqali turkiy xalqlarni arablarga tanitish bo‘lgani aytiladi. Asar 1915-17-yillarda Istambulda nashr etilganidan keyin ilmiy jamiyatda keng shuhrat qozongan. Savol: 11-asrda yozilgan qaysi asar haqida gap ketayotganini yozib bering?
Javob:Devoni lug‘oti turk.
•Nasl-nasab va sulolalar tarixini o'rganuvchi fan
Genealogiya
U zahar solingan taomlarni sinab ko‘rish uchun
bir necha yuzlab cho‘ri ayollarni o‘ldirgan? Kim
Kleopatra
19-asr o'rtalarida Xiva xonligida hukmronlik qilgan bir xon shahar ko'rkiga ko'rk qo'shish maqsadida butun Sharqdagi eng ulkan va baland minorani (balandligini 70-80 metrga yetkazish reja qilingan) qurdirishni boshlaydi. Biroq, 1855-yilda u Saraxs yaqinida turkman qabilalari bilan bo'lgan jangda fojiali tarzda halok bo'ladi. Natijada minoraning qurilishi 29 metrga yetganda to'xtab, chala qolib ketadi. Hozirgi kunda o'sha chala qolgan minora Xiva (Ichan-qal'a)ning eng mashhur va go'zal ramzlaridan biri hisoblanadi.
Savol: Bu fojiali qismatga duch kelgan xon kim edi va u qurdira boshlagan mashhur chala minoraning nomi nima?
Xiva xoni Muhammad Aminxon edi. U qurdira boshlagan ulkan inshoot esa bugungi kunda Ichan-qal'adagi eng go'zal obidalardan biri – Kalta minor hisoblanadi. Muhammad Aminxon 1855-yilda Saraxs jangida halok bo'lgach, qurilish ishlari to'xtab qolgan va minora shunday o'ziga xos ko'rinishda saqlanib qolgan.
1808 yilda Napoleon qo'shinidan qochgan Portugaliya qiroli oilasi BU SHAHARga qochib, uni Portugaliyaning poytaxti deb e'lon qildi. Shunday qilib, BU SHAHAR Yevropaning tashqarisidagi Yevropa davlatining poytaxti bo'lib xizmat qilgan tarixdagi yagona shahar bo'lib qolgan va hozirgi kungacha qolmoqda.Lekin hozir bu shahar davlat poytaxti emas. Lekin darajasi bo‘yicha davlatda birinchi
Diqqat savol: Bu qaysi shahar?
Rio de janeiro