Harakatlar strategiyasi nechanchi yilda va kim tomonidan e'lon qilindi?
Harakatlar strategiyasi 2017-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e'lon qilindi.
Harakatlar strategiyasi nechta ustuvor yo'nalishni qamrab olgan edi?
5 TA
2017-yil O'zbekistonda qanday nomlandi?
2017-yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlar yili» deb nomlandi.
2018-yil O'zbekistonda qanday nomlandi?
2018-yil — «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili» deb nomlandi.
2019-yil O'zbekistonda qanday nomlandi?
2019-yil — «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb nomlandi.
2021-yil O'zbekistonda qanday nomlandi?
2021-yil — «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb nomlandi.
2020-yil O'zbekistonda qanday nomlandi?
2020-yil — «Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb nomlandi.
2017–2021-yillar davomida qancha qonun va qarorlar qabul qilindi?
Bu yillar davomida 300 ga yaqin yangi qonun va minglab Prezident qarorlari qabul qilindi.
Harakatlar strategiyasi davrida siyosiy va iqtisodiy hayotda qanday o'zgarishlar yuz berdi?
Javob: Parlamentning roli kuchaytirildi, siyosiy partiyalar faollashdi, saylovlar ochiq va raqobatli o'ta boshladi.
Shavkat Mirziyoyev nechanchi yilda qayta Prezident etib saylandi va qanday hujjat e'lon qilindi?
Javob: 2021-yilda Shavkat Mirziyoyev qayta Prezident etib saylandi va uning nutqlari hamda dasturlarida Yangi O'zbekistonning «Taraqqiyot strategiyasi» e'lon qilindi.
«O'zbekiston – 2030» strategiyasi nechanchi yilda qabul qilindi va uning maqsadi nimadan iborat?
Javob: 2023-yilda qabul qilindi. Ushbu hujjat mamlakatni barqaror va uzoq muddatli rivojlantirishni ko'zda tutadi.
«O'zbekiston – 2030» strategiyasida qanday muhim vazifalar belgilangan?
Javob: Unda iqtisodiy o'sish, ta'lim, sog'liqni saqlash, ekologiya, ijtimoiy himoya, davlat boshqaruvini zamonaviylashtirish kabi muhim vazifalar belgilangan.
Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda konstitutsiyaviy islohotlarning o'rni nimadan iborat?
Javob: O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Konstitutsiyani takomillashtirish dolzarb vazifaga aylandi. U «Harakatlar strategiyasidan Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asoslandi.
Konstitutsiyaviy komissiya qachon va qaysi organlar tomonidan tuzildi?
Javob: 2022-yil 20-mayda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qo'shma majlisida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat edi?
Javob: Konstitutsiyaga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha takliflarni yig'ish, tahlil qilish va xalq muhokamasiga taqdim etishdan iborat edi.
Prezident konstitutsiyaviy islohotlar jarayonini qanday 3 bosqichda belgilab berdi?
Javob: 1) Takliflarni yig'ish va tahlil qilish;
2) Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasiga qo'yish;
3) Referendum orqali qonuniy kuchga kiritish.
Umumxalq muhokamasi davrida qancha uchrashuv o'tkazildi va qancha taklif tushdi?
Javob: Butun mamlakat bo'ylab 20 mingdan ortiq uchrashuv va yig'ilishlar o'tkazildi, 193 davlat tajribasi o'rganildi va 10 minglab qo'shimcha takliflar kelib tushdi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo'yicha referendum qachon o'tkazildi va u qachondan kuchga kirdi?
Javob: Referendum 2023-yil 30-aprelda o'tkazildi va yangi Konstitutsiya 2023-yil 1-maydan kuchga kirdi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O'zbekiston qanday davlat deb e'lon qilindi?
Javob: «O'zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat» tamoyili mustahkamlandi.
Yangi Konstitutsiyada davlatning ijtimoiy majburiyatlari necha barobar ko'paytirildi?
Javob: Davlatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy majburiyatlari 3 barobar ko'paytirildi.
Konstitutsiyaning 128-moddasiga asosan Prezident qanday tashabbus bilan chiqdi?
Javob: Prezident muddatidan ilgari saylov o'tkazish tashabbusini ilgari surdi.
Muddatidan ilgari Prezidentlik saylovi qachon bo'lib o'tdi va unda kim g'alaba qozondi?
Javob: 2023-yil 9-iyul kuni bo'lib o'tdi va unda Shavkat Mirziyoyev g'alaba qozondi.
«O'zbekiston – 2030» strategiyasi qanday asosiy g'oyalarni aks ettiradi?
Javob: • Barqaror iqtisodiy o'sish orqali daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar qatoridan o'rin olish;
• Aholi talablariga va xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yo'lga qo'yish;
• Aholi uchun qulay ekologik sharoit yaratish;
• Xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlat barpo etish;
• Mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatlash.
«O'zbekiston – 2030» strategiyasi nechta ustuvor yo'nalishdan iborat?
Javob: U 5 ta ustuvor yo'nalishdan iborat:
1) Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish;
2) Barqaror iqtisodiy o'sish orqali aholi farovonligini ta'minlash;
3) Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
4) Qonun ustuvorligini ta'minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
5) «Xavfsiz va tinchliksevar davlat» tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
Prezident farmoniga binoan barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi eng ustuvor vazifa nima deb belgilangan?
Javob: «O'zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli ko'rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari hamda tashkilotlari faoliyatidagi eng ustuvor vazifa etib belgilangan.