O'zbekiston eng yangi tarixi fanining vazifasi nima
o’zbek xalqi boshidan o’tkazgan ayanchli voqealarni talaba-yoshlarga yetkazish, undan saboq chiqarish hamda hozirda mustaqil Yangi O’zbekistonimizda yuz berayotgan ulkan o’zgarishlarga shukrona keltirib yashash hissini tarbiyalashdan iborat.
Fanning asosiy vazifalari nima?
tarixiy xotirani tiklash: O‘zbekistonning mustaqillikka erishish arafasidagi murakkab siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni xolisona o‘rganish.
obekt so'zi haqida ma'lumot bering
Obyekt lotincha “objectum — narsa, anjom”
Numizamtika fani haqida ma'lumot bering
Numizamtika – qadigi tangalar haqidagi fan. U tangalarning tasvirlari, yozuvlari, og’irligi, danday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tangalarning zarb qilinish tarixini o’rganadi
O'zbekiston tarixi nechta davrga bo'lingan
5 ta
O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining obekti haqida ma'lumot bering
O’zbekistonning eng yangi tarixi fani obekti mustaqillik yillarida sodir bo’lgan barcha voqea va hodisalardir
Bu fan yana qanday fanlar bilan aloqador
Falsafa, fuqarolik jamiyati, inson huquqlari, milliy g'oya
Prezidentimiz tashabbusi bilan poytaxt Toshkent shahrining Olmazor tumanida ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab qanday muzeylar bog'lar monumentlar barpo etildi
“G‘alaba bog‘i”, “Shon-sharaf” muzeyi, “Matonat madhiyasi”, “Mangu jasorat” monumenti
Geneologiya fani haqida ma'lumot bering.
Geneologiya — insonlar shajarasini, qarindosh-urugʻchilik aloqalarini oʻrganuvchi tarixning yordamchi fan sohasi. U asosan biror-bir urugʻ yoki shaxsning tarixi, nasl-nasab shajarasini, sulolalar tarixini o’rganadi.
Eng qadimgi davr qachon bo'lib o'tgan
Miloddan avvalgi 1 mln. – milodiy IV asr oxirigacha
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti haqida qisqacha ma'lumot bering
O‘zbekistonning eng yangi tarixining predmeti mustaqillik yillarida O’zbekistonda sodir bo’lgan jamiki voqea-hodisalar, ulardagi umumiylik va aloqadorlik qonuniyatlari, tarixiy hodisa va jarayonlar, umuman, O’zbekiston tarixidagi barcha tarixiy jarayonlarni o’rganishdir.
Nechinchi yildan boshlab bu fan OTM larda asosiy fan sifatida o'qitila boshladi?
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab
Metodologiya so'zi qanday ma'noni anglatadi
Metodologiya” – so‘zi grekchadan olinib “tatqiqot olib borish uslubi”, “biror narsa yoki voea-hodisani o‘ganishning to‘g‘ri va qulay usullari” degan manoni beradi
Hozirgi kunda O’zbekistonning kitob fondida necha mingdan ziyod qo’lyozma asarlar saqlanmoqda?
Hozirgi kunda O’zbekistonning kitob fondida 100 mingdan ziyod qo’lyozma asarlar saqlanmoqda;
Xitoy manbalariga nimalar kirgan
Sima Szyan «Shi szi» («Tarixiy esdaliklar»)
Byan Gu «Syan Xan shu» («Avvalgi Xan sulolasining tarixi»)
Li Yan-Shou «Bey shu» («Shimoliy sulolalar tarixi»)
Fan Xua «Xou Xan shu» («Keyingi Xan sulolasi tarixi»)
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlar kengashi yig'ilishi qachon bo'lib o'tgan
2022-yil 15-16 sentabr kunlari
Etnografiya fani haqida ma'lumot bering
Etnografiya — xalqlaning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, urf-odatlari, maʼnaviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan bogliq holda oʻrganuvchi fan
Lingvistika fani haqida ma'lumot bering
Lingvistika – dunyo tillarini tarixi va taraqqiyotini o’rganuvchi fan
Turkiston Rossiya imperiyasi hukmronligi davri qachon bo'lgan?
XIX asr o’rtalari – XX asr boshlari
Nizomiddin Shomiy tomonidan qanday kitob yozilgan
«Zafarnoma»
Bu fanni o'qitishdan maqsad nima?
O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan hududlardan biri, o‘zbek xalqi boy tarixiy o‘tmish va bebaho ma’naviy merosga egaligigini tushuntirishdan iborat
Antropologiya fani haqida ma'lumot bering
odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzod irqlarining paydo boʻlishi, odamning tana tuzilishidagi normal farq-tafovut, oʻzgaruvchanlik haqidagi fan.
Arxeologiya fani haqida ma'lumot bering
Arxeologiya — qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik jamiyati oʻtmishini oʻrganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-roʻzgʻor buyumlari, qurol-yarogʻlar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxonalar, mudofaa va irrigatsiya inshootlarining qoldiqlari hamda oʻtmishga oid turli topilmalar Arxeologiyaning bosh manbaidir
Prezident Farmonining 77-maqsadida nima deyilgan
“O‘zbekiston tarixini o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada rivojlantirish” vazifasini belgilanganligi va unda Tarix fanini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan
2020 yilda Oliy Majlisga qilingan Murojaatnomada Prezident Shavkat Mirziyoev nimani ta'kidlaganlar
“bir haqiqatni hech qachon unutmaylik: Biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz. Biz – hech qachon mehnatdan qochmaydigan, qiyinchilikdan qo‘rqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, azmu shijoatli buyuk xalqmiz.