A
B
C
D
E
100

1933-yilgi davlatlarning huquq va majburiyati xalqaro Konvensiyasiga ko‘ra, davlatchilikning asosiy omillari nechta va ular qaysilar

 4 ta omildan iborat: 1) muayyan hudud; 2) aholi; 3) boshqa davlatlar bilan tashqi aloqa; 4) hukumat.

100

O‘zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga o‘tish jarayoni qachondan boshlangan?

 Miloddan avvalgi 2-ming yillikning o‘rtalarida boshlangan.

100

 O‘rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari qaysi hududlarda shakllangan

Amudaryo oqimlari bo‘ylarida, Murg‘ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllangan.

100

 O‘rta Osiyoning qadimgi davrini tadqiq etishda eng muhim diniy-tarixiy manba qaysi?

Zardushtiylarning muqaddas diniy kitobi – “Avesto”

100

Qadimgi Xorazm davlatida hukmronlik qilgan ilk siyosiy sulola qaysi edi?

 Siyovushiylar sulolasi.

200

Qadimgi Baqtriyaning poytaxti qaysi shahar bo‘lgan va u qanday nom bilan mashhur edi?

Baqtra shahri poytaxt bo‘lib, o‘tmishda «Ming bir shahar mamlakati» deb atalgan.

200

Farg‘ona vodiysidagi qadimgi Davan davlatining poytaxti qaysi shahar edi?

 Ershi (hozirgi Marhamat) shahri.

200

Axamoniylar saltanatining asoschisi kim va u O‘rta Osiyoga qarshi qachon yurish qilgan?

Kir II (Kyros) asos solgan; O‘rta Osiyoga yurishlari mil. avv. 545–540 va 539–530 yillarni o‘z ichiga oladi.

200

Massagetlar yo‘lboshchisi malika To‘maris qaysi bosqinchi shohni yenggan?

Axamoniylar shohi Kir II ni yenggan.

200

O‘rta Osiyoni zabt etgan makedoniyalik sarkarda Aleksandr (Iskandar Zulqarnayn) necha yoshida va qayerda vafot etgan?

34 yoshida, miloddan avvalgi 323 yilda Bobil shahrida vafot etgan.

300

Mo‘g‘ul istilochilariga qarshi 11 yil matonat bilan kurash olib borgan Movarounnahr qahramoni kim?

Jaloliddin Manguberdi.

300

Bonus savol; Amir Temur qachon va qayerda tavallud topgan? To'g'ri javobga 500

 1336-yil 9-aprelda Kesh tumaniga qarashli Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan.

300

Buxoro xonligining poytaxti qachon va qaysi hukmdor davrida Samarqanddan Buxoroga ko‘chirilgan?

1533-yilda Ubaydullaxon davrida ko‘chirilgan.

300

Buxoro xonligi qachondan boshlab Buxoro amirligi deb atala boshlagan?

1753-yilda Muhammad Rahimbiy o‘zini “amir” deb e’lon qilganidan boshlab.

300

Qo‘qon xonligiga qachon va kim tomonidan asos solingan?

1709-yilda o‘zbeklarning ming qabilasi oqsoqoli Shohruxbiy tomonidan asos solingan.

500

Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi necha bosqichga bo‘linadi?

4 ta bosqichga bo‘linadi (1-bosqich: 1847–1865-yy.; 2-bosqich: 1865–1868-yy.; 3-bosqich: 1873–1879-yy.; 4-bosqich: 1880–1885-yy.).

500

 General Chernyaev qo‘shinlari Toshkent shahrini qachon egallagan?

1865-yil 14–17-iyun kunlari.

500

 Tarixga «vabo isyoni» yoki «toshotar voqeasi» nomi bilan kirgan qo‘zg‘olon qachon va qayerda bo‘lgan?

1892-yilning iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lgan

500

1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloniga kim boshchilik qilgan?

Muhammadali eshon (Dukchi eshon).

500

1916-yilgi xalq qo‘zg‘oloni chiqishiga qanday voqea sabab bo‘lgan?

Rossiya imperatori Nikolay II ning 1916-yil 25-iyundagi 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklarni front orqasidagi qora ishlariga (mardikorlikka) safarbar qilish haqidagi farmoni sabab bo‘lgan.

M
e
n
u