Ma'naviyat va ma'rifat
Tarixiy xotira, moddiy va ma'naviy meros
Atamalar
Mustaqillik yillarida madaniy hayot
Sport va turizm
100

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori (PQ-4307) qachon qabul qilindi?

2019-yil 3-may

100

2002-yilda qaysi shaharning 2500 yilligi nishonlandi?

Termiz shahri

100

Bahorgi kun va tun tengligi paytida O'rta Osiyo va Sharq xalqlari nishonlaydigan qadimiy an’anaviy bayram. Shamsiya (quyosh)-yil hisobida-yilning birinchi kuni

NAVRUZ

100

“Shaytanat" asarini kim yozgan?

Tohir Malik

100

"Humo" muz sport saroyi qachon ochildi?

2019-yil 16-martda

200

1996-yil 9-sentabr kunida qabul qilingan davlat ahamiyatiga molik hujjat asosida, keyingi yildan boshlab pedagogik faoliyatga bag‘ishlangan muhim sana qanday bayram sifatida e’tirof etilgan?

1997-yildan boshlab 1-oktabr  "0'qituvchilar va murabbiylar kuni" deb e'lon qilindi.

200

Milliy davlatchilik tarixida siyosiy va adabiy merosi bilan chuqur iz qoldirgan davlat arbobi tavalludining 100 yilligi munosabati bilan 2017-yil noyabr oyida Jizzax shahrida barpo etilgan yodgorlik majmuasi kimning nomi bilan bog‘liq?

Sharof Rashidov

200

O‘tmish voqealari, tarixiy shaxslar, milliy qadriyatlar va boshdan kechirilgan kechinmalarni anglash, yodda saqlash, eslab yurish hamda ularni keyingi avlodlarga yetkazishga xizmat qiladigan ijtimoiy-ma’naviy hodisa nima deb ataladi?

XOTIRA

200

Munojot Yo‘lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar ishtirok etgan, 1994-yil may oyida Parijda qaysi festival bo'lib o'tdi?

"Sharq musiqasi" festivali

200

2021-yil Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo'lib o'tgan yozgi olimpiya o'yinlarida o'zbekistonlik sportchilar nechta medalni qo'lga kiritdilar?

3 ta oltin va 2 ta bronza

300

O‘zbekistonning qaysi uzoq muddatli strategik g'oyasi yoki tamoyili mamlakatda inson qadriyatlari, adolat, taraqqiyot va ma’naviyat ustuvor yo‘nalishlar deb e’tirof etilmoqda?

“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”

300

"Xotira maydoni" majmuasi barpo etilgan keyin necha yil o'tib "G'alaba bog'i" majmuasi barpo etildi?

21-yil o'tib

300

sport musobaqasida oliy ta'lim muassasalari bakalavriat bosqichining I-VI kurs hamda magistratura bosqichining I-II kurs 17-28 yoshdagi talabalar qatnashadigan ko‘p tarmoqli sport musobaqalari nima deb ataladi?

UNIVERSIADA

300

0'zbekistonda har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladigan xalqaro musiqa festivali birinchi marotaba qachon qayerda bo'lib o'tgan?

1997-yil 25-avgust - 2-sentabr kunlari Samarqand shahrida "Sharq taronalari" birinchi Xalqaro festivali bo'lib o'tdi

300

Mustaqillik yillarida turizm sohasi bosqichma-bosqich rivojlanib bordi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1990-yillarda yurtimizga yil davomida 150 mingga yaqin sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2013-yilda bu ko‘rsatkich qariyb necha baravarga oshgani kuzatilgan?

8 baravar, 1,2 million turist tashrif buyurdi.

400

2019-yil 31-dekabrda “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” qabul qilindi. Konsepsiya doirasida qaysi o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta ta’lim muassasalarida I-XI sinflar uchun bir-birini takrorlaydigan "Odobnoma", "Vatan tuyg'usi", "Milliy istiqlol g'oyasi va ma’naviyat asoslari", "Dinlar tarixi" fanlarini yagona metodik yondashuv asosida qamrab oluvchi qanday yangi o‘quv fani joriy qilindi?

2020-2021-o'quv yilidan boshlab "Tarbiya" fani joriy qilindi

400

O‘zbek xalqining og‘zaki ijodiy merosining durdonalaridan biri sanalgan, milliy qahramonlik, vatanparvarlik va fidoyilik g‘oyalarini mujassam etgan qaysi doston yaratilganining 1000 yilligi qaysi xalqaro miqyosdagi tashkilot tomonidan e’tirof etilib, keng nishonlangan?

"Alpomish" dostoni, YUNESKO

400

Insoniyatning ijtimoiy tarixiy amaliyoti davomida shakllangan, jamiyat a’zolarining yashash tarzini, fikrlash uslubini, qadriyatlarini, estetik qarashlarini, axloqiy normalarini, dunyoqarashini, shuningdek, moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy ijod mahsullarini o‘zida mujassam etuvchi murakkab tizim bu-

MADANIYAT

400

2001-yilda Hamza nomidagi 0'zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi va unga qachon qanday maqom berildi?

2001-yil 21-sentabrda unga Milliy teatr maqomi berildi.

400

2021-yil Tokio shahrida o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilar umumjamoa hisobida jahonda, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlari orasida, hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida nechachi o'rinni egalaganlar?

Jahon reytingida 32-o‘rin, MDH davlatlari orasida 3-o‘rin, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 1-o‘rin egallashgan.

500

O‘zbek xalqining boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda taraqqiyotga xizmat qiluvchi ilg‘or g‘oyalarni ilgari surish, shuningdek, "Oltin meros" xayriya jamg‘armasini shakllantirishdek ezgu ishlarni amalga oshirgan markaz qaysi va u qachon tashkil etilgan?

Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi, 1996-yil 23-aprelda

500

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq madaniy merosni tiklash va uni xalqqa yetkazish bo‘yicha jiddiy ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 1991-yildagi islohotlardan qaysi biri katta ijtimoiy-madaniy ahamiyat kasb etdi?

1991-yilning "Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilinishi

500

madaniyat va san’at, shuningdek ilm-fan, ta’lim, ma’rifat hamda madaniyat va san’atni rivojlantirish bilan bog'liq boshqa faoliyat sohasida jismoniy va yundik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan xomiylik faoliyati qanday ataladi?

METSENATLIK

500

Mustabid sovet tuzumining xalq ruhiyatiga salbiy ta’sirini, shovinistik siyosat, zo‘ravonlik va qatag‘onlikni fosh etuvchi, xalq boshiga solingan tashvish-u kulfatlar, g'am-g'ussa alamlarni tasvirlab berilgan asarlarni sanab bering.

Shukrulloning “Kafansiz ko‘milganlar”, T. Qayipbergenovning “U dunyoga, bobomga xat”, Nazar Eshonqulovning “Qora kitob”, 0'tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”, Xudoyberdi To'xtaboyevning “Qasoskorning oltin boshi”, Oygul Muhammad qizining “Jannat qushi”, Tog'ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kabi asarlari

500

2021-yil 6-aprelda Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan imzolangan qaysi farmoniga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi negizida “Turizm va sport vazirligi” tashkil etildi.

"Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"

M
e
n
u