Rasululloh s.a.v. Makka fath etilganidan so'ng, uning ahliga dindan saboq berish uchun qaysi sahobani tayinlaganlar?
Muoz ibn Jabal
Faroiz ilmida sahobalar ichida eng olimrog'i kim edi?
Zayd ibn Sobit
Sahobalar orasida faqig'rog'i va Qur'on tavilida olimrog'i kim edi?
Abdulloh ibn Abbos
"Murjia" so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
"Umid qildiruvchi"
Fiqh ilmi kamolga yetib, alohida ilm sifatida tanilganida arablarda fiqh necha qismga bo'lindi va ular qaysilar?
2 qismga: ahli ray (ahli qiyos) va ahli hadis
Ahli hadislarni sanang!
Molik ibn Anas, Ahmad ibn Hanbal, Avzoiy, Sufyon Savriy
Qaysi asar Molikiy mashabining asosi hisoblanadi?
"al-Muvatto"
Ahmad ibn Xanbal o'z davrida ... sifatida tan olingan.
Imomul-Muhaddisin
Tobeinlar davri boshlanmasidan avval asos solingan fiqhiy maktablarni ayting!
Madina, Makka, Basra, Kufa, Shom fiqhiy maktablari
"Mazhab" so'zining lug'aviy va shar'iy ma'nosini ayting!
"Mazhab" so'zi arabcha so'z bo'lib, "yo'l","yo'nalish" ma'nolarini bildiradi. Shar'iy istilohda esa, "Biror diniy masala, muammo bo'yicha muayyan mujtahid olimning fatvo chiqarish yo'lidir".
Abu Hanifaning yozgan risolalari...
"Al Fiqhul-Akbar", "Al-Olim val-Mutaallim", "Qadariyaga raddiya", Usmon al-Bustiyga yozgan risolasi
Ahmad ibn Xanbal qaysi asarni tasnif qilgan?
Al-Musnad
Madina fiqhiy maktabining vakillarini aytib bering!
Umar ibn Xattob, Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Umar, Zayd ibn Sobit, Said ibn Musayyib, Zuhriy, Yahyo ibn Said va boshqalar
Makka fiqhiy maktabining vakillarini aytib bering!
Abdulloh ibn Abbos, Sufyon ibn Uyayna, Muslim ibn Xolid
Shom fiqhiy maktabining vakili kim?
Abdurahmon Avzoiy
Iroq fiqhiy maktabining vakillarini aytib bering!
Alqama ibn Qays, qozi Shurayh, Ibrohim Nahaiy, Hammod ibn Sulaymon, Ibn Abu Laylo
Xanafiylik qaysi hududlarda keng tarqalgan?
Turkiyadan to Indoneziyagacha bo'lgan katta hududlarda va Markaziy Osiyoda
Molikiylik qaysi hududlarda keng tarqalgan?
Misr, Sudan, Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Quvayt, Bahrayn
Shofeiylik qaysi hududlarda keng tarqalgan?
Misr, Suriya, Livan, falastin, Iroq, Iordaniya, Pokiston, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Eron, Yaman
Xanbaliylik qaysi hududlarda keng tarqalgan?
Saudiya Arabistoni, Iroq, Qatar, Falastin, Suriya