Aksiologiya soʻzining ma'nosi nima?
Yunon tilidan olingan boʻlib,qadriyat qimmat ma'nosini anglatadi
Milliy qadriyatlarga nimalar kiradi?
Til,urf-odat,an'ana,milliy madaniyat
Umuminsoniy qadriyatlar nima?
Barcha xalqlar uchun umumiy boʻlgan qadriyatlar
Qadriyatlar qanday turlarga boʻlinadi?
Milliy,ma'naviy,moddiy,diniy va umuminsoniy qadriyatlar
Vatanparvarlik qanday qadriyat hisoblanadi?
Ma'naviy va milliy qadriyat
Pedagogik aksiologiya qaysi fanlar bilan bogʻliq?
Pedagogika
Psixologiya
Falsafa
Ma'naviyat nima?
Insonning ruhiy va axloqiy dunyosi
Pedagogik aksiologiyada oʻqituvchining vazifasi nima?
Oʻquvchilarga ijobiy qadriyatlarni singdirish
Qadriyatlar inson hayotiga qanday ta'sir qiladi?
Xulq atvor va dunyoqarashni shakllantiradi
Komil inson deganda kim tushuniladi?
Ma'naviy yetuk,odobli va bilimli inson
Qadriyatlar qanday shakllanadi?
Tarbiya,ta'lim va ijtimoiy muhit orqali
Tarbiya jarayonida qadriyatlarning oʻrni qanday?
Shaxs kamolotini shakllantirish
Oila qanday qadriyat hisoblanadi?
Muqaddas ijtimoiy qadriyat
Pedagogik aksiologiyaning asosiy maqsadi nima?
Barkamol shaxsni tarbiyalash
Pedagogik aksiologiyada oʻquvchining roʻli qanday?
Qadriyatlarni oʻzlashtiruvchi shaxs
Pedagogik qadriyatlar necha turga boʻlinadi va ular qaysilar?
3 turga
Bilish qadriyatlari,
Axloqiy qadriyatlar,
Professional qadriyatlar
Professional qadriyat bu...
Oʻqituvchining oʻz kasbiga boʻlgan sadoqati,bolalarga boʻlgan muhabbati
Qadriyatlar jamiyatda qanday xususiyatga ega?
Oʻzgaruvchan va dinamik
Qadriyatlarning rivojlanishiga qanday omillar ta'sir qiladi?
Ijtimoiy oʻzgarishlar,globalizatsiya,madaniy va diniy omillar
Aksiologik tarbiya nima?
Yoshlarni qadriyatlarni hurmat ruhida tarbiyalash.
Aksiologik yondashuv nima?
Ta'limda qadriyatlarga asoslanib ish yuritish.
Qadriyatlar inqirozi deganda nima tushuniladi?
Jamiyatda ma'naviy va axloqiy qadriyatlarning susayishi.
Qadriyatlar va ehtiyojlar oʻrtasida qanday bogʻliqlik mavjud?
Ehtiyojlar qadriyatlarning shakllanishiga ta'sir qiladi.
Globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarni saqlashning ahamiyati nimada?
Milliy oʻzlik va madaniy merosini asrashda muhim.
Aksiologik kompetensiya nima?
Insonning qadriyatlarni anglash va ularga amal qilish qobiliyati.