Oppoq sandiq ichida oltin bu nima?
Tuxum
Qaysi savolga "ha" deb javob berib boʻlmaydi?
"Uxlayapsanmi?"
Ustoz koʻrgan shogird .... maqolni davom ettiring.
ustoz boʻlar
Nechta qoʻy oldingiz? Bitta qoʻzi oldim. Ovozingizni oʻchiring, qoʻshnilar eshitib qolmasin. 7ta qoʻy nima boʻladi? soʻzlari qaysi filmdan olingan?
Mahallada duv-duv gap
Iqtidorli odamlar bilan tenglashmoqchi boʻlganlar hech nimaga erisha olmaydilar, aksincha, ularning noshudligi boshqalarning kulgusini keltiradi. Ushbu masal Ezopning qaysi masali?
Burgut, zagʻcha va choʻpon
Kichik boʻlsa ham hurmatli,
Toʻgʻri soʻzlar boyligi bu nima?
Salom
Bir otaning 5oʻgʻli bor. Har birining bitta singlisi bor. Oilada nechta farzand bor?
6ta
Bilgan oʻrgatar, bilmagan ... maqolni davom ettiring
Bilmagan oʻrganar.
Oyim qiz tugʻdilar!!! soʻzlari qaysi filmdan olingan?
Suyunchi
Bu tok meni oʻlimdan qutqarib qolgan edi, men esa uni nobud qildim soʻzlari qaysi masaldan olingan?
Bugʻu va tok
Bilimni oʻlchar, tekshirar,
Natijaga baho berar.
Dars oxirida qoʻllanar,
Bu nima deb atalar?
Baholash(nazorat)
Kecha ertaga, bugun kechaga aylansa, yakshanba juma boʻlsa, qaysi kun boʻladi?
Dushanba
Tajriba eng... maqolni davom ettiring.
eng yaxshi ustoz.
Qaysi filmda boyning adabini bergan obraz uchraydi?
Shum bola
Ustiga tuz yuklagan eshak masali kimning qalamiga mansub?
Ezop
Maqsadim bor, yoʻlim bor,
Vositalarim tayyor.
Darsni samarali qilur,
Men nimaman, ayt-chi yor?
Metod
Bir xonada 4 burchak bor. Har burchakda bittadan mushuk, har mushuk qarshisida 3ta mushuk boʻlsa, xonada nechta mushuk bor?
4ta
Bilmaganni soʻrab oʻrgangan olim,
Orlanib soʻramagan.... maqolni davom ettiring.
Oʻziga zolim.
Qaysi zamonaviy oʻzbek filmida yorining oʻlimiga ishonmagan qiz urushga ketadi?
Oʻzbek qizi
Yunonistonga qul qilib olib kelingan Ezopni kim qutqaradi?
Ksanf
Fanlar birga qoʻshilar,
Amaliyotda ochilar,
Ilm, texnika, sanʼat jam,
Bu nimaning nomi ham?
STEAM taʼlimi
Nima uchun tayyor bilim berish oʻrniga savol berish samaraliroq?
Chunki savol mustaqil fikrlashni rivojlantiradi.
Oʻrgangan unutmaydi,
Oʻrganmagan... maqolni davom ettiring
Oʻrganmagan eslamaydi.
Qaysi jahon filmida 7ta opa-singillar faqat bitta ism bilan yashaydi. Aslida ularning har birida ism mavjud boʻladi bu ismlarni ularning oʻzlari va otasi aytishadi xolos. Bu qaysi film?
7 opa-singil siri
Masallar insonlarni nimaga oʻrgatadi, nima uchun masallarda aynan hayvonlar obraz qilib olinadi?
Insonlarning asl qiyofasini ochib berish, yaxshini yomondan farqlay olish uchun.