"Tarbiya qancha mukammal bo'lsa, Xalq shuncha baxtli yashaydi" ushbu kitob kimga tegishli?
Shavkat Mirziyoyev
Ma'lumki, muallimlar hozirgi vaqtda qanday usulda va nechi yilda malaka oshiradi?
Eskicha usulda 5 yil
Pedagogikaga ta'rif bering.
Pedagogika (yun. paidagogs) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagog deb yuritiladi.
Motivatsion vazifani vazifasi nimadan iborat?
O'quvchilarni ushbu fanni o'rganishga yo'naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag'batlarni hosil qilishdan iborat
Hadisni eshiting: «Xotinlarga bashorat: homilador bo‘lurlar, tug‘arlar, bolalarini emizadilar, bolalariga marhamatli ham bo‘lurlar, agar erlari bilan yaxshi muosharat qilib, namoz ham o‘qisalar o‘sha narsa shubhasizdir»
Diqqat savol: Nima?
Jannatga kirishlari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo'lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta'lim standartlariga, davlat ta'lim talablariga muvofiq ta'lim beradigan muassasa qanday muassasa hisoblanadi?
Davlat ta'lim muassasasi
Necha mingdan ziyod maktab o'qituvchilariga sinf rahbarligi uchun ustama to'lovlar necha barobarga oshirilib, byudjetdan necha mlrd mablag' ajratilgan?
240; 1,5; 400
DTS ning tarkibiy necha qismga bo'linadi va ular qaysilar?
1. Tayanch o'quv rejasi
2. O'quv dastur
3. Malaka talablari
4. Baholash mezoni
Interaktiv elektron axborot-ta'lim resursi bu nima?
Darsliklarning multimediali ilovalari
Niderlandiyalik Vinsent Van Gogning fikricha, u - bir asfalt yo‘l, yurish qulayu, lekin unda gullar o‘smaydi. U deyilgan narsa Van Gog ijodida doim sezilib turgan. Men ham hatto shunday bo‘lishga harakat qilaman
Diqqat savol: U deganda nima nazarda tutilmoqda?
Oddiylik
Ta'lim kampusi nima? Birma-bir sanang!
Yagona hududda birlashtirilgan o'quv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini, ishlab chiqarish majmualari va taxnoparklarni, ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriya, axborot-resurs markazlarini, sport inshootlarini, ovqatlanish obyektlarini o'z ichiga olgan binolar
Qaysi ta'lim turi kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to'lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha bo'lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha umumiy o'rta, o'rta maxsus ta'lim hamda boshlang'ich professional ta'lim negizida amalga oshiriladi?
O'rta professional ta'lim
Muayyan o'quv fani bo'yicha ta'lim maqsadi, o'quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari to'g'risidagi ma'lumotlarni beruvchi manbaning nomini ayting.
Darslik
Baholash tizimi va umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturi qaysi tarkibiy qismga kiradi?
Davlat ta'lim standartlari tarkibiy qismlariga
Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida unga shunday ta’rif beradilar: «U gul va boshqa narsalarning ustiga tushadigan, ko‘zga ko‘rinmas shudringdir, u shunday bir bug‘ki, yuqoriga ko‘tarilib, havoda yetiladi va kechasi quyuqlashib pastga tushadi»
Diqqat savol: U nima?
Asal
Ta'lim sohasidagi asosiy prinsiplar nimalardan iborat? 12 ta prinsiplarni hammasini sanang!
1. Ta'lim ustuvorligini tan olinishi; 2. Ta'lim olish shaklini tanlash erkinligi; 3. Ta'lim sohasida kamsitishlarga yo'l qo'ymasligi; 4. Ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi; 5. Ta'lim tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi 6. Ta'lim tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; 7. Ta'limning uzluksizligi va izchilligi; 8. 11 yillik ta'limning, 6 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni 11 yil davomida umumiy o'rta ta'limga tayyorlashning majburiyligi; 9. Davlat ta'lim standartlari, davlat ta'lim talablari doirasida ta'lim olishning hammaga ochiqligi; 10. O'quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; 11. Insonning butun hayoti davomida ta'lim olishi; 12. Jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi.
Ta'lim olish shakllari qaysilardan iborat? 7 ta hammasini sanag!
1. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim olish(kunduzgi); 2. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olish( s., k., m.); 3. Dual ta'lim 4. Oilada ta'lim olish/mustaqil ta'lim olish; 5. Katta yoshdagilarni o'qitish; 6. Inklyuziv ta'lim; 7. Eksternat tartibidagi ta'lim; 8. Mudofaa, xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash
Ta'lim tashkilotini boshqarishni tegishincha quydagilar amalga oshiradi ya'ni qaysilar?
1. Pedagogik kengash; 2. Kuzatuv kengashi; 3. Oliy ta'lim tashkilotining kengashi; 4. Ta'lim tashkilotining rahbari
Ta'lim tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etishilishi mumkin; Ta'lim tashkilotlarini boshqarishda, kadrlar tayyorlashda kadrlar talabgorlari ishtirok etadi.
Kadrlash tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari qaysilar?
1. Shaxs
2. Davlat va jamiyat
3. Uzluksiz ta'lim
4. Fan
5. Ishlab chiqarish
Hurmatli kursdoshlar e'tibor bergan bo'lsangiz qoidadagidek 500 lik savol yo'q edi jeopardyda😄
Bizning go'zal ustozimiz Aziza Tashpulatovna ruxsatingiz bilan ushbu savolni tanlagan jamoaga 500 ball qo'shsak bu bizdan sovg'a, sizdan esa bugungi seminar mashg'uloti uchun ushbu guruh a'zolarining har biriga 15 balldan sovg'a qilib bersangiz xursand bo'lardik, iltimosimizni qabul qilasiz degan umiddamiz!❤️
Tabriklayman Omadlilarim!!!😃🎉