Pedagogika atamasiga ta'rif.
Lotincha (bola yetaklamoq) degan ma'noni anglatadi.
Boshqaruv uslubining necha turi bor va ularni sanab o'ting?
1. Avtoritar
2. Demokratik
3. Liberal
''Tarbiya''ga ta'rif bering!
Muayyan aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish uning ongi xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
''Globallashuv'' ga ta'rif!
Bu turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati odamlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir va bog'liqlikning kuchayishidir.
1632-yilda ''Buyuk didaktika'' asari kim tomonidan yozilgan?
YA.A.Komenskiy
Pedagogika tushunchasi eramizdan avvalgi nechanchi asrlarda paydo bo'lgan?
III-IV asrlarda.
Avtoritar rahbarga ta'rif bering!
Barcha ko'rsatmalarni ishchanlik ruhida aniq, ravshan, keskin ohangda xodimlariga yetkizadi. Uning asosiy maqsadlaridan biri nima bilan bo'lsada o'z hukmini o'tkazish.
Abdulla Avloniyning tarbiya haqidagi gapini ayting?
''Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir''
Globallashuv-mutassil davom etadigan jarayon;
Globallashuv-milliy chegaralarning ''yuvilib ketish'' jarayoni;
Globallashuv jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni.
Globallashuv jarayoni haqida ushbu uch o'lchovga kim ta'rif bergan?
B.Bandi.
''Didaktika'' qanday so'zdan olingan va nima degan ma'noni anglatadi?
Yunoncha-''o'qitish'', ''o'rgatish'' degan ma'noni anglatadi.
O'zbekiston Respublikasida ta'lim to'g'risidagi qonun nechanchi yilda qabul qilingan?
2020-yil
''Boshqaruv jarayoni san'atdir uning mohiyati ilmni (boshqaruv sohasidagi tashkiliy bilim asoslarini) har bir sharoitga nisbatan ishlatilishidadir.''
Ushbu gaplar kimga tegishli?
G.Kunts
Tarbiya jarayonlarini sanang!
Ko'p qirrali jarayon;
Uzluksiz jarayon;
Yaxlit tizimli jarayon;
Uzoq muddatli jarayon.
Ommaviy madaniyatning salbiy ko'rinishlarini sanab o'ting!
Kashandalik;
Starizm;
Jamiyat manfaatlarini mensimaslik;
Vandalizm;
xeppining.
A.Avloniy o'zining asarlarida nimani birinchi o'ringa qo'ygan?
Ilmni.
Pedagogika qanday fanlar bilan chambarchas bog'liq?
Etika, estetika, falsafa.
O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini boshqarishga umumiy rahbarlikni kim olib boradi?
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi.
1998-yil nomi?
OILA YILI.
Internet buzg'unchilik makoniga aylanishining sabablari?
1. ma'lumotlar yetkazish tezkorligi;
2. internetga kirish osonligi;
3. internetning tartibga solinmaganligi;
4. elektromagnit to'lqinlaridan nurlanish;
5. kitob o'qishga qiziqishning ongdan siqib chiqarilishi.
Didaktik konsepsiya (tizim)lar necha guruhga ajratiladi va ularni sanang?
1. An'anaviy.
2. Progressiv;
3. Zamonaviy.
Aristotelning takidlashicha bola necha yoshdan boshlab necha yoshgacha kelgusi o'rganishi zarur bo'lgan fanlar bo'yicha darslarga qatnashishi kerak?
5 yoshdan 7 yoshgach.
Boshqaruvning oltin qoidasi?
''O'zingizga qanday munosabat bo'lishni xohlasangiz boshqalarga ham shunday munosabatda bo'ling''
Tarbiya turlarini sanang!
Axloqiy tarbiya; Iqtisodiy tarbiya;
Aqliy tarbiya; Huquqiy tarbiya;
Jismoniy tarbiya; G'oyaviy tarbiya;
Estetik tarbiya; Tadbirkorlik tarbiyasi;
Ekalogok tarbiya Fuqarolik tarbiyasi.
Toleranlik tarbiyasi;
Globallashuv jarayoni necha guruhga ajratiladi?
2
''Gnoseologiya'' qanday so'zdan olingan va nima degan ma'noni anglatadi?
Yunoncha('gnosis')-bilim, ong,o'rganish. Logiya-ta'lim, fan.