Psixologiya” so‘zi qaysi tillardan kelib chiqqan?
Yunon tilidan kelib chiqqan. Psyche — ruh, logos — ta’limot yoki fan degan ma’noni anglatadi. Shu sababli psixologiya dastlab “ruh haqidagi ta’limot” deb tushunilgan.
Psixik jarayonlarga nimalar kiradi?
Sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayol va nutq. Ular insonning ma’lumotni qabul qilishi, qayta ishlashi, saqlashi va undan foydalanishida muhim rol o‘ynaydi.
Psixikaning taraqqiyot bosqichlarini (filogenezda) sanab bering.
Sezuvchanlik (irritabellik) → sezgi psixikasi → idrok psixikasi → tafakkur (aql) elementlari bosqichi
Psixikaning moddiy va biologik asosi bo‘lib markaziy asab tizimining qaysi asosiy organi xizmat qiladi?
Bosh miya. u barcha psixik jarayonlarning biologik poydevoridir. Agar bosh miya zararlansa, insonning oliy ruhiy funktsiyalari (xotira, nutq, tafakkur va emotsiyalar) muqarrar ravishda buziladi.
Psixologiyada test nima uchun qo‘llaniladi?
Insonning psixologik xususiyatlari, qobiliyatlari va boshqa individual xususiyatlarini aniqlash hamda baholash uchun qo‘llaniladi.
Psixologiyaning rivojlanishidagi 4 bosqich qanday?
Ruh → ong → xulq-atvor → psixikaning mexanizmlari, qonuniyatlari va faktlari. Bu bosqichlar psixologiyaning tarixiy jihatdan qanday rivojlanganini ko‘rsatadi.
Yangi tug‘ilgan bola psixologiyada shunchaki biologik yagona mavjudot, ya’ni nima deb ataladi?
Individ. Yangi tug‘ilgan bola faqat genetik kod va o‘ziga xos tana tuzilishiga ega biologik mavjudotdir. U faqat ijtimoiy muhitga kirishib, ta’lim va tarbiya olgandan keyingina ong va mas'uliyatga ega bo‘lgan shaxsga aylanadi.
EEG nimani o‘rganishda yordam beradi?
EEG, ya’ni elektroensefalografiya, miyaning elektr faolligini qayd etish va o‘rganishga yordam beradi.
A.N. Leontevning faoliyat nazariyasida ong qanday tushuntiriladi?
Ong amaliy faoliyat jarayonida, xususan mehnat va nutq orqali shakllanadi; ong faoliyatdan tashqarida mavjud bo'la olmaydi, u faoliyatning ichki tomoni (aks ettirilgan shakli) sifatida yuzaga keladi.
Insonlarning guruhdagi munosabatlarini qaysi psixologiya sohasi o‘rganadi?
Ijtimoiy psixologiya. U insonlarning guruh va jamiyatdagi munosabatlari, muloqoti va bir-biriga ta’sirini o‘rganadi.
Ong bilan ong osti (nosognatel'noe) o'rtasidagi asosiy farq nima?
Ong — nazorat qilinadigan, anglangan jarayonlar; ong osti esa inson tomonidan anglanmaydigan, avtomatik yoki yashirin psixik jarayonlardir.
Guruhda kim kim bilan yaxshi munosabatda ekanini aniqlash uchun qaysi metod qo‘llaniladi?
Sotsiometriya metodi. U guruhdagi shaxslararo munosabatlar, tanlash, yoqtirish va yaqinliklarni aniqlashga yordam beradi.
Inson psixikasining ong nazoratiga bo‘ysunmaydigan, lekin xatti-harakat va fikrlarga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan yashirin ruhiy jarayonlar majmuasi nima deyiladi?
Ongsizlik (Yashirin ruhiy jarayonlar majmuasi). Unda insonning ongli ravishda rad etilgan istaklari, qo‘rquvlari va bolalikdagi tajribalari saqlanadi. Inson o‘zining ongsiz harakatlariga ongli ravishda javob bera olmaydi va ularni nazorat qilmaydi.
Determinizm tamoyili nimani anglatadi?
Determinizm tamoyiliga ko‘ra, inson psixikasi uning hayot sharoiti, atrof-muhit, faoliyati, ta’lim va tarbiyasi bilan bog‘liq holda shakllanadi.
Psixika nimani aks ettiradi?
Obyektiv borliqni, ya'ni atrof-muhit va inson tanasidagi jarayonlarni aks ettiradi.
Nerv to‘qimasini hosil qiluvchi va o‘zining kalta hamda uzun o‘simtalariga ega bo‘lgan asosiy nerv hujayralari nima deb ataladi?
Neyronlar (Nerv hujayralari). Neyronning kalta o‘simtalari dendritlar, uzun o‘simtasi esa akson (yoki neyrit) deyiladi. Aksonlar tashqi tomondan himoya qatlami — miyelin va shvann pardalari bilan qoplangan bo‘lib, impulslarni tezkor uzatadi.
Musiqa, dizayn, ranglarni ajratish, tasavvur va fazoviy yaxlitlikni idrok etish miyaning qaysi yarim shari funktsiyasiga kiradi?
O‘ng yarim shar (Правое полушарие). U inson tanasining chap tomonini boshqaradi va axborotni yaxlit, ko‘rgazmali hamda intuitiv qayta ishlaydi. Rasm chizish, animatsiya, g‘oyalar va orzular, xonada mebellarni joylashtirish yoki katta yo‘lda mashina haydash kabi fazoviy ko‘nikmalarga javob beradi va hamkorlikka moyil.
1879-yilda birinchi psixologik laboratoriyani kim tashkil qilgan?
Vilgelm Vundt. U 1879-yilda Germaniyaning Leypsig shahrida birinchi psixologik laboratoriyani tashkil qilgan. Bu psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishida muhim voqea bo‘lgan.
Miya yarim sharlaridan qaysi biri inson tanasining o‘ng tomonini boshqaradi hamda mantiqiy, analitik va ketma-ket fikrlash uchun javob beradi?
Chap yarim shar (Левое полушарие). U ma’lumotlarni mantiqiy va izchil qayta ishlaydi. Faktlar, raqamlar, algoritmlar, so‘zlarni o‘qish, pul va masofani hisoblash, shuningdek, safarlarni rejalashtirish aynan chap yarim sharning nazorati ostida bo‘ladi hamda u raqobatga moyil.
B.G. Ananyev psixologik tadqiqot metodlarini nechta guruhga ajratgan?
4 guruhga: tashkiliy, empirik, natijalarni qayta ishlash va interpretatsiya metodlariga.
Ob'ektiv borliqni umumlashgan obrazlar va tushunchalar asosida aks ettiruvchi, faqat insongagina xos bo‘lgan psixik aks ettirishning oliy shakli nima?
Ong. Ong faqat insongagina xos bo‘lib, uning tarkibi borliqdagi narsalarning qadr-qiymatini anglash va ularga ma’no berishdan iborat. Uning asosiy funktsiyalariga aks ettiruvchanlik, ijodkorlik, baholovchanlik va boshqaruvchanlik kiradi.
Xulq-atvorni o‘rganishga asosiy e’tibor bergan yo‘nalish nima?
Bixeviorizm. Bu yo‘nalish insonning kuzatish va o‘lchash mumkin bo‘lgan xulq-atvorini o‘rganishga katta e’tibor beradi.
Ongning qaysi xossasiga ko‘ra, odam "men" degan tushunchani "men emas" tushunchasidan, ya’ni o‘zini tashqi dunyodan aniq ajratadi?
Ongning ikkinchi xossasi. Bu xossa ob'ekt bilan sub'ekt o‘rtasidagi aniq farqni o‘z ifodasini topishini ta’minlaydi. Inson o‘zining ichki olamini ("Men") tashqi muhit va boshqa odamlardan ("Men emas") ajratib anglay boshlaydi.
Psixolog inson muammosini aniqlab, unga yordam berish usulini tanlasa, bu qaysi amaliy yo‘nalishlarga bog‘liq?
Psixoterapiya, psixologik maslahat va psixokorreksiyaga bog‘liq. Bu yo‘nalishlar insonning psixologik muammolarini tushunish va unga kerakli yordamni ko‘rsatishga qaratilgan.
K. Yung shaxsiyatni tashqi dunyoga yo‘naltirilganlik yoki ichki olamga berilganlik mezoniga ko‘ra qaysi ikkita mashhur tipga ajratgan?
Ekstravert va Introvert. Ekstravert shaxs tashqi dunyoga, odamlar bilan muloqotga va faollikka yo‘naltirilgan bo‘ladi. Introvert shaxs esa aksincha, o‘zining ichki dunyosiga, shaxsiy fikr va his-tuyg‘ulariga yo‘naltirilgan bo‘lib, muloqotda tortinchoqroqdir.