Markaziy bankning asosiy vazifasi nima?
Pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta barqarorligini ta'minlash va bank tizimini nazorat qilish
Inflyatsiya nima?
Narxlar umumiy darajasining doimiy oshib borishi natijasida pul qadrsizlanishi
Deflyatsiya nima?
Narxlarning umumiy pasayishi va pulning xarid qobiliyati oshishi
Tijorat banklari qanday daromad oladi?
Kredit foizlari, xizmat haqlari va investitsion faoliyat orqali
Likvidlilik nima?
Aktivning tez va qiymatini yoqotmasdan pulga aylanish qobiliyati
Monetar siyosatning asosiy vositalari qaysilar?
Qayta moliyalash stavkasi, majburiy zaxiralar va ochiq bozor operatsiyalari
Qayta moliyalashtirish stavkasi oshirilsa nima yuz beradi?
Kreditlar qimmatlashadi va iqtisodiyotdagi pul massasi kamayadi.
Bank multiplikatori nima?
Bank tizimida depozitlar asosida pul massasining koʻpayish jarayoni
Kreditning iqtisodiyotdagi asosiy vazifasi nima?
Vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni qayta taqsimlash va investitsiyalarni ragʻbatlantirish
Ochiq bozor operatsiyasi nima?
Markaziy bank tomonidan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish jarayoni
YAIM va YAMM mahsulot farqi nimada?
YAIM hududiy ishlab chiqarishni, YAMM esa milliy subyektlar ishlab chiqarishni hisoblaydi
Fiskal siyosat nima?
Davlatning soliqlar va budjet xarajatlari orqali iqtisodiyotga ta'sir etishi
Davlat budjet defitsiti nima?
Xarajatlarning daromadlardan ortib ketishi
Diversifikatsiya nima?
Riskni kamaytirish uchun mablagʻlarni turli yoʻnalishlarga taqsimlash
Devalvatsiya nima?
Milliy valyuta qiymatining chet el valyutasiga nisbatan pasayishi
Revalvatsiya nima?
Milliy valyuta kursining oshirilishi
Pul agregatlari nima?
Muomaladagi pul massasining tarkibiy qismlari (M0, M1, M2 va boshqalar)
M0 agregati nimani bildiradi?
Naqd pullar hajmini
Lizing nima?
Uzoq muddatli ijara asosida mol-mulkdan foydalanish shakli
Overdraft nima?
Hisobdagi mablagʻdan ortiqcha foydalanish imkonini beruvchi qisqa muddatli kreditlar
Nega markazlashmagan kriptovalyutalar an’anaviy bank tizimiga xavf sifatida ko‘riladi?
Chunki ular davlat nazoratidan tashqarida bo‘lishi, noqonuniy operatsiyalarda ishlatilishi va monetar siyosat samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Iqtisodiyotda “stagflyatsiya” holati nima uchun xavfli hisoblanadi?
Chunki unda bir vaqtning o‘zida yuqori inflyatsiya va iqtisodiy turg‘unlik yuz beradi, bu esa siyosiy va iqtisodiy choralarni murakkablashtiradi.
Markaziy bankning mustaqilligi nima uchun iqtisodiy barqarorlikda muhim hisoblanadi?
Chunki siyosiy bosimlardan holi bo‘lgan Markaziy bank inflyatsiyani nazorat qilish va uzoq muddatli pul-kredit siyosatini samarali yuritishi mumkin.
Nega tijorat banklari iqtisodiyotda “moliyaviy vositachi” deb ataladi?
Chunki ular bo‘sh mablag‘larga ega subyektlardan depozit jalb qilib, mablag‘ga muhtoj subyektlarga kredit sifatida joylashtiradi.
Nega oltin-valyuta zaxiralari davlat iqtisodiy xavfsizligida muhim hisoblanadi?
Chunki ular milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, tashqi qarzlarni qoplash va iqtisodiy inqirozlarda himoya vositasi sifatida xizmat qiladi.