Xiva imoratlarining aksariyati qaysi asrlarga oid?
XVII-XIX asrlarga
1740-yilda qaysi davlat qo'shinlarining Xorazmga kirib kelishi mamlakatni xonavayron qildi?
Eron qo'shinlari
1768-yilda xonlikda yuz bergan qaysi jarayon aholining katta qismi qirilib ketishiga olib keldi?
o'lat tarqalishi
O'lat natijasida Xivada bor-yo'g'i 40 oiladan iborat aholi qolganligi haqida qaysi tarixchi ma'lumot yozgan?
Munis Xorazmiy
Ogahiyninyning asl ismi kim?
Muhammadrizo Erniyozbek o'g'li
Munisning qaysi asarida Xorazmning qadimgi davrdan 1825-yilgacha bo'lgan tarixi yoritilgan?
"Firdavs ul-iqbol"
Munis Xorazmning qaysi hukmdorlari davrida yashagan?
Avazbiy inoq va Eltuzarxon
Munis o'z davridagi sug'orish inshoatlari va yer-suv munosabatlariga oid qaysi risolani yozgan?
"Arnalar"
Xiva shahri qaysi hukmdor davrida xonlik poytaxtiga aylangan?
Arab Muhammadxon
Ichan qal'a Xiva shahrining qancha maydonini egallagan?
26 gektar
Ichan qal'a me'moriy yodgorliklarining katta qismi qachon qurilgan?
XIX asrning birinchi yarmi
1842-yilda Xiva tevaragida qanday qurilishlar amalga oshirildi?
uzunligi 6 km bo'lgan yangi qal'a devori va uning 6 ta darvozasi qurildi
1990-yilda Ichan qal'a qanday ro'yxatdan joy oldi?
UNESKO ning Umumjahon madaniy merosi ro'yxati
Ichan qal'a yodgorliklarining yaratilish tarixining birinchi davri qadimgi davrdan qaysi davrgacha vaqtni o'z ichiga oladi?
mo'gullar bosqinigacha
Ichan qal'a yodgorliklaridan qaysi biri mo'gullar bosqinidan keyingi davr ya'ni qal'a shakllanishining ikkinchi davrida bunyod etilgan?
Sayid Alovuddin maqbarasi
Ichan qal'a shakllanishining 4-davrida qaysi darvozalar orasida katta yo'l o'tkazilgan?
Ota darvozdan Polvon darvozagacha
XVIII asr oxirida qaysi Ichan qal'adagi qaysi masjid qayta qurilib, yonidan baland minora qad ko'targan?
Juma masjidi
Ichan qal'a inshoatlarini qurilishida O'rta Osiyoda qadimdan qo'llanib kelingan qaysi uslubdab foydalanilgan?
qo'sh uslub
XIX asrda Polvon darvozga yaqin qo'rg'on devorining bir qismi buzilib, o'rniga qaysi xon nomi bilan bog'liq karvonsaroy, madrasa va tim qurilgan?
Olloqulixon
Ichan qal'a me'moriy yodgorliklari yaratilishining 3-davri qaysi asrlarni o'z ichiga oladi?
XVI-XVII asrlarni
Ichan qal'a devorlarining balandligi, qalinligi va uzunligi haqida ma'lumot bering
balandligi - 8-10 metr, qalinligi - 5-6 metr, uzunligi 6250 metr
1616-yilda trapetsiya shaklida qurilib, 1838-yilda yangilangan madrasa Xorazmning qaysi hukmdori nomi bilan bog'liq?
Arab Muhammadxon
Arab Muhammadxon xonlik poytaxtini nima uchun Urganchdan Xivaga ko'chirgan?
Amudaryoning o'zani o'zgarishi va suvning tobora qurib borishi
1719-1726-yillarda qurilgan Shergoziyxon madrasasi qaysi mashhur shaxsning maqbarasiga yaqin qurilgan?
Pahlavon Mahmud
Arab Muhammadxonga qarshi chiqib undan taxtni tortib olgan farzandlari haqida ma'lumot yozib qoldirgan Xorazm xoni va tarixchisi kim?
Abulg'ozi Bahodirxon