1
2
3
4
5
100

Jarh so'zining lug'aviy va istilohiy ma'nolarini ayting.

Lug'aviy ma'nosi - "yaralash", "ta'na qilish". Istilohiy - roviy yoki guvohga uning gapi e'tiborga olinmasligi, unga amal qilinmasligiga sabab bo'luvchi salbiy shaxsiy sifatlarning nisbat berilishi.

100

Ta'dil so'zining lug'aviy va istilohiy ma'nolarini ayting.

Lug'aviy ma'nosi - "adolatli deb topish".

Istilohiy - roviy yoki guvohga uning gapi e'tiborga olinib, amal qilinishiga sabab bo'luvchi shaxsiy ijobiy sifatlarning nisbat berilishi. Yoki roviyning adolat yoki zabt bilan zikr qilinishiga ham ta'dil deyiladi.

100

Jarh va ta'dil ilmiga qanday tarif berilgan?

Muhaddislar bu ilmni هو علم يبهث فيه عن قواعد جرح الرواة و تعديلهم (roviylar jarh va ta'dili qoidalari o'rganiladigan ilm) sifatida tariflashgan.

100

Jarh va ta'dil ilmining joizligiga Qur'ondan dalil keltiring. 

Hujurot surasi 6-oyati "Ey iymon keltirganlar, Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko'ringlar, bir qavmga bilmasdan musibat yetkazib qo'yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo'lmanglar".

100

Jarh va ta'dil ilmi qachon paydo bo'lgan?

Fitnadan keyin. 

200

Jarh va ta'dilga oid ma'lumotlarni o'zida jamlagan eng katta asar qaysi?

Imom Buxoriyning "at Tarix al Kabir" asari.

200

Qaysi asarda jarh va ta'dilga oid 73 ta manba keltirilgan?

Sayyid Abdulmajid Tavriyning "Mavsua ulum al hadis va fununih" asarida

200

Sualot asari qanday shaklda yozilgan?

Muallif roviylar haqida o'z ustoziga bergan savollarni va ustozining bergan javoblarini jamlagan. 

200

Abu Dovud "Kitob al marosil" asarida Sijistoniy mavzularga ko'ra tartiblangan nechta mursal hadis keltirgan?

500 ta

200

Ishonchli roviylar jamlangan asarlarni ayting. (2ta)

Abul Hasan Ahmad ibn Abdulloh ibn Solih Mijliyning "Kitob as-siqot".

Muhammad ibn Ahmad ibn Hibbon Bustiyning "Kitob as-siqot" asarlari 

300

Adolatning shartlarini ayting.

Roviyning musulmon, balog'atga yetgan, aqli raso, taqvodor, muruvvatli bo'lishi. 

300

Bid'atchi kishining rivoyatlari qanday holatda qabul qilinadi va qabul qilinmaydi?

Agar bid'at insonni dindan chiqishiga sabab bo'lsa, qabul qilinmaydi.

Agar bid'at roviyni musulmonlikdan chiqarmaydigan bo'lsa va unga boshqalarni da'vat qilmasa, qabul qilinadi.

300

Har bir jon o’lim sharbatini tortguvchidir. Allohni huzurida go’zal o’lim bor u qanaday o’lim?

Shahidning o'limi 

300

Islom jihodlarida jangdan avval eng ko'p tilovat qilinadigan qur’oniy sura qaysi?

Anfol surasi

300

Rosululloh solallohu alayhi vasallamning Muhammad ismlari Qur'onning qaysi suralarida kelgan?

OIi Imron, Ahzob, Fath, Muhammad

400

Alloh taolo ismlari sanog'i bilan hamohang suralarni ayting.

Zalzala va Hijr suralari

400

Imom Moturidiy o'zining "Ta'vilot Al Qur'on" asarini nima uchun bu nom bilan atagan. Nega "Tafsiri" deb nomlamagan?

Chunki faqat Rosululloh solallohu alayhi vasallam va sahobalarning gaplarini "tafsir", boshqalarnikini esa "ta'vil" deb nomlagan

400

KUTUB AS-SAB’A ya'ni yetti kitob atamasidagi kitoblarning oltitadan tashqari yettinchisi kimning kitobiga nisbatan aytiladi?

KUTUB AS-SAB’A (arab. 4^ - yetti kitob) - olti ishonchli deb tan olingan kitoblariga qo‘shimcha tarzida Imom Dorimiyning «Sunan»iga

400

Rosululloh solallohu alayhi vasallam aytadilar: "Har bir din o'ziga xos xususiyatga ega. Islomning o'ziga xos xususiyati ....dir " dedilar.Bunda nimani nazarda tutanlar?

Hayoni

400

Yamamaya jangida halok bo'lgan sahobalar sanog'iga hamohang bo'lgan sura qaysi?

Ma‘orij

M
e
n
u