Ushbu film uchun maxsus sun'iy til yaratilgan. Rejissyor Jeyms Kemeron bu dunyoni yaratishda "tabiat bilan uyg'unlik" g'oyasini ilgari surgan. Qahramonlarning sochlari orqali boshqa mavjudotlar bilan bog'lanishi qaysi filmda?
Avatar
Ushbu bolalar kitobidagi qahramon o'zining g'ayritabiiy vazni bilan maqtana olmaydi, chunki u shunchaki havodan engil. Ammo u o'z uyining tomida yashaydi va motori yordamida ucha oladi. Uning eng yaxshi ko'rgan taomi nima?
Murabbo
Astrid Lindgren "Tomda yashaydigan Karlson"
Qadimgi Olimpiada o'yinlarida marafon yuguruvchilari marraga kelganda ularga oltin medal berilmagan. Buning o'rniga ularning boshiga Zaytun daraxti shoxlaridan gulchambar taqilgan. Bu gulchambarning asosiy maqsadi g'olibni sharaflash bo'lsa, ikkinchi amaliy maqsadi yugurib charchagan sportchini nimadan himoya qilish bo'lgan?
Quyosh nurlaridan himoya qilgan
Dunyoda shunday davlatlar borki, ularning poytaxti o'z nomi bilan ataladi (masalan: Meksika — Mexiko, Quvayt — Al-Quvayt). Ammo xaritada shunday mitti davlat borki, unda umuman "poytaxt" degan tushunchaning o'zi yo'q. Chunki bu davlat butun boshli bitta shahardan iborat bo'lib, uning ichida boshqa shahar ham, qishloq ham mavjud emas. Diqqat savol: maydoni bor-yo'g'i yarim kvadrat kilometrga ham yetmaydigan ushbu mitti davlatni toping
Vatikan (U shahar-davlat bo'lgani uchun alohida poytaxti yo'q, o'zi bitta shahar).
Miloddan avvalgi VI asrda Fors shohi Kir II Lidiya podsholigi bilan urushda kutilmagan muammoga duch keladi. Lidiya armiyasining asosiy kuchi ulkan otliq qo'shinlardan iborat edi va forslarning oddiy piyodalari ularga qarshi tura olmasdi. Shunda forslar sarkardasi Xarpag podshohga bitta noodatiy hiylani taklif qiladi: u forslarning o'zlari bilan birga kelgan, yuk tashiydigan barcha tuyalarni oldingi safga chiqishni buyuradi. Natijada lidiya otliqlari jang qilolmay, ortga chekinadi. Diqqat savol: tuyalar hech qanday qurolsiz, shunchaki oʻzlarining nima xususiyati bilan Lidiya otlarini qoʻrqitib, qochishga majbur qilgan?
Tuyalarning hidi (Otlar tuyalarning oʻziga xos oʻtkir hidini yoqtirmaydi va undan qoʻrqib, orqaga qochadi, boshqaruvni yoʻqotadi).
1972-yilgi Oscar marosimida unga taxminan 12 daqiqa davomida standing ovation qilishgan. Hali ham Oscar tarixidagi eng uzun olqishlardan biri hisoblanadi.“The Tramp” obrazi bilan mashhur aktyor kim?
Charlie Chaplin
Amerikalik mashhur adib Rey Bredberi o'zining kelajakda kitoblar jinoyat hisoblanib, yoqib yuborilishi haqidagi romaniga o'z mamlakati kundalik hayotidagi mana shu o'lchov shkalasini asos qilib olgan. Diqqat savol: qog'ozning alovlanish nuqtasini ko'rsatuvchi, asar sarlavhasiga aylangan raqamni toping.
451
Bugungi kunda dunyodagi eng elita, qimmatbaho va badavlat insonlar o'yiniga aylangan golf sportining kelib chiqishi juda qiziq. XV asrda Shotlandiyada ushbu o'yinning ilk ko'rinishi paydo bo'lganda, odamlar maxsus koptoklar o'rniga oddiy toshlardan, maxsus chuqurchalar o'rniga esa daladagi tayyor quyon uyalaridan foydalanishgan. Diqqat savol: bo'sh vaqtlarida ermak uchun qo'llaridagi uchi egilgan tayoqlar bilan toshlarni quyon uyasiga kiritib, ushbu milliarderlar o'yinini ixtiro qilgan kasb egalarini toping.
Choʻponlar
O'rta asrlarda Yevropada "Vabo" (Qora o'lim) tarqalganda, Venetsiya portiga kelgan kemalar shaharga srazu kiritilmagan. Ular dengiz o'rtasida aynan 40 kun davomida kutishga majbur bo'lgan. Italiyaning "40 kun" so'zidan kelib chiqqan, bugungi kunda tibbiyotda ham ishlatiladigan atama qaysi?
Karantin
Quaranta- Italiancha karantin
Oʻrta asrlarda Yevropa shaharlarida kanalizatsiya tizimi boʻlmagan, shuning uchun odamlar uydagi barcha kirliklar va oqovalarni toʻgʻridan-toʻgʻri koʻchaga, derazadan pastga qarab otib yuborishgan. Yoʻlovchilarning usti rasvo boʻlishi oddiy hol edi. Aynan mana shu gʻalati va kir odat sababli, oʻsha davrda zodagon ayollar va erkaklar orasida bitta kiyim elementi ommalashadi. U tepadan tushadigan kirlarni kiyimga tegmasdan qaytarib yuborishi kerak edi. Diqqat savol: bugungi kunda ham foydalaniladigan ushbu kiyim turini toping.
Keng hoshiyali shlyapa (Shlyapaning chetlari keng boʻlgani toʻgʻridan-toʻgʻri yuzga yoki kiyimga ifloslik tushishidan asragan).
Kinematografiyada qahramon yig'layotgan sahnada kamera uning ko'z yoshlarini yaqindan ko'rsatadi. Ammo mashhur aktyorlar ham ba'zan haqiqiy yig'lay olishmaydi. Shunda grimyorlar aktyorning ko'ziga tomizgich bilan oddiy suv emas, balki tarkibida mentol bo'lgan o'ziga xos o'simlik moyini surtishadi. Bu moy ko'zni achishtirib, tabiiy yosh chiqaradi. Qaysi o'simlik haqida gap ketyapti?
Yalpiz
Jeyms Klerk Maksvell bir marta shunday degan edi: "Agar siz adabiyotda eng mukammal jinoyat rejasini ko'rmoqchi bo'lsangiz, uni emas, uning yaratuvchisini o'qing". Bu yozuvchi ayol o'z asarlarida qurbonlarni o'ldirish uchun pichoq yoki to'pponchadan ko'ra ko'proq kimyoviy moddalar va dorilardan foydalangan. Sababi u yoshligida dorixonada ishlagan. Bu kim?
Agata Kristi
1960-yillargacha professional xokkey darvozabonlari o'yinga hech qanday himoya niqobisiz (maskasiz) tushishgan. Biroq "Monreal Kanadiens" jamoasi darvozaboni Jak Plantning yuziga shayba tegib, burni va jag'i singach, u o'yinga o'zi yasagan maxsus niqobda chiqishni boshlaydi. Qizig'i shundaki, o'sha paytda xokkey olami va muxlislar Jakning bu qaroriga jiddiy qarashmagan, aksincha uni mazax qilishgan. Diqqat savol: muxlislar xokkeychini maydonda o'zini asragani uchun ingliz tilidagi mashhur bir iboraga qiyoslab, qaysi hayvonining nomi bilan chaqira boshlashgan?
Mushuk (Ingliz tilida qoʻrqoq odamlarga nisbatan "scaredy cat" yoki "pussycat" iborasi ishlatiladi, muxlislar uni aynan shu maʼnoda mazax qilishgan).
Buyuk Xitoy devori qurilayotganda, toshlarni bir-biriga yopishtirish uchun oddiy loy yoki sement yetarli bo'lmagan. Quruvchilar ohak qorishmasiga Osiyoda ko'p yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotining darsini qo'shishgan. Bu devorning ming yillar davomida buzilmay turishiga sabab bo'lgan. Qurilish formulasini sement darajasiga koʻtargan ushbu manbani toping.
Guruch
Qadimgi Yevropada badavlat ayollar o'zlari mustaqil kiyinishmagan, ularga har doim xizmatkorlar yordam bergan. Erkaklar esa asosan o'zlari kiyinishgan. Aynan shu sababli bugungi kunda erkaklar va ayollar ko'ylagidagi bitta muhim farq bor. Diqqat savol: kiyimdagi qaysi element haqida gap ketyapti?
Tugmalar. (Erkaklar kiyimida tugma o'ng tomonda — o'zlari taqishi uchun qulay, ayollar kiyimida esa chap tomonda — qarshisida turgan xizmatkor taqishi uchun qulay qilingan).
2020-yilda "Oskar" tarixida ilk bor ingliz tilida bo'lmagan film "Eng yaxshi film" nominatsiyasini yutdi. Film nomi ijtimoiy tabaqalanishga ishora qiladi. Bu film qaysi?
Parazitlar
Tog'ay Murodning "Ot kishnagan oqshom" qissasida bosh qahramon Ziyodulla chavandoz o'zining eng sevimli oti Tarlonni juda qattiq yaxshi ko'radi. U otini shunchalik parvarish qiladiki, asarda yozilishicha, Tarlon minib yuriladigan ot bo'lsa-da, uning ustiga o'tirishdan oldin chavandoz har safar nima qiladi?
Oyog'ini (etiklarini) yuvadi.
1994-yilgi Jahon chempionatida Rossiya terma jamoasi hujumchisi Oleg Salenko bitta o'yinda Kamerun darvozasiga 5 ta gol urib rekord o'rnatdi. Qizig'i, o'sha o'yinda Kamerun tarkibidagi Rojer Milla ham gol urib rekord o'rnatdi. U qanday rekord bo'lishi mumkin, agar uning jamoasi yirik hisobda yutqazgan bo'lsa?
Jahon chempionatlarida gol urgan eng yoshi katta futbolchi (O'shanda u 42 yoshda edi).
18-19-asrlarda Yevropaning ushbu davlatida yashovchi badavlat insonlar o'z uylarining derazalarini g'isht bilan butkul urib, yopib tashlashgan. Bunga sabab — hukumat tomonidan aynan "derazalar soni" uchun joriy qilingan g'alati soliq edi. Odamlar soliq to'lamaslik uchun quyosh nuridan voz kechishgan. Qizig'i shundaki, bugungi kunda ham ushbu davlatning poytaxtidagi ko'plab eski uylarda g'ishtlab tashlangan soxta deraza o'rinlarini ko'rish mumkin. Diqqat savol: "Tumanli" iborasi bilan ham mashhur bo'lgan ushbu davlatni toping.
Buyuk Britaniya (Angliya).
Oʻrta asrlarda Yevropada yashagan qassoblar tunda goʻsht sotishganda xaridorlar ularni tarozi va narxda aldayapti deb oʻylashgan. Chunki u paytda sham yorugʻida toshlar yaxshi koʻrinmagan. Qassoblar xaridorlarning ishonchini qozonish uchun doʻkon peshtoqiga bitta mitti jonsiz buyumni osib qoʻyishgan. U tunda sham yorugʻini koʻp tomonga aks ettirib, tarozini yaxshi koʻrsatib turgan. Diqqat savol: bugungi kunda eng qimmatbaho bòlgan metalni toping.
Olmos (Brilliant). (U yorugʻlikni sindirib, atrofni yaxshi yoritgan).
Insonning yovvoyi hayvon bilan yopiq va cheklangan makonda omon qolishi g‘oyasi Moasir Sklyarning “Maks va mushuklar” asarida uchraydi. Shu motiv keyinchalik 2012-yilda suratga olingan, qaysi filmda talqin qilingan?
Bu g‘oya keyinchalik Life of Pi filmida talqin qilingan. Film rejissyori Ang Lee bo‘lib, unda bosh qahramon okeanda yo‘lbars bilan bir qayiqda omon qolishga harakat qiladi. Bu syujet Max and the Cats asaridagi inson va yovvoyi hayvonning cheklangan makondagi kurashi motiviga juda o‘xshash deb qaraladi
Hamma Zolushkaning poyabzali billurdan, ya'ni shishadan qilinganini yaxshi biladi. Biroq, fransuz tilidagi "shisha" so'zi talaffuzda o'rmonda yashovchi chaqqon bir jonzotning nomi bilan adashtirib yuborilgan. Tarjimonlar xatosi tufayli ertakka shisha kirib qolgan. Aslida esa, muallif Sharl Perro asarda qizning oyog'i og'rimasligi uchun poyabzalni qaysi yumshoq materialdan yasalgan deb yozgan edi?
Olmaxon moʻynasi
Formula-1 poygalarida g'olib bo'lgan poygachiga shampan vinosi beriladi va u buni hamma yerga sachratadi. Ammo Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-prilarida poygachilar shampan vinosini sachratishmaydi, garchi shisha formasi xuddi o'shanday bo'lsa ham. Ularga shishaning ichiga nima quyib beriladi?
Gazlangan anor yoki gul sharbati (Alkogolsiz ichimlik)
Tasavvur qiling, siz dunyodagi eng baland cho'qqi — Everestga chiqmoqchisiz va buning uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) sotib oldingiz. Tog' cho'qqisining qoq o'rtasidan ikki davlatning chegarasi o'tgan. Agar siz tog'ning janubiy tomonidan ko'tarilsangiz, bir davlatga soliq to'laysiz, agar shimoliy tomonidan ko'tarilsangiz — butunlay boshqa davlatga. Diqqat savol: Everest tog'ining cho'qqisiga egalik qiluvchi ushbu ikki davlatdan birini ayting.
Nepal yoki Xitoy.
Birinchi jahon urushi paytida Fransiya hukumati oʻz poytaxti Parijni nemis samolyotlari bombardimon qilishidan asrash uchun dahoona reja oʻylab topadi: ular shahardan bir necha kilometr uzoqlikda, boʻsh maydonda soxta Parij shahrini qurishadi. Tunda u yerda chiroqlar yoqilib, haqiqiy shahar chiroqlari esa oʻchiriladi. Diqqat savol: uchuvchilar adashishi uchun bu soxta shaharning qoq oʻrtasidan nima oʻtkazilgan yoki nima yasalgan?
Soxta Sena daryosi (Uchuvchilar tunda Parijni daryo oqimiga qarab topishgan, fransuzlar daryoning ham soxtasini chiroqlar orqali yasashgan).