Qiziqarli va Raqamli
Raqamli iqtisodiyot
3rd group
4th group
Qiziqarli va aralash savollar
100

Raqamli iqtisodiyot atamasini qachon va kim tomondan amaliyotga kiritildi 

1995-yil amerikalik olim Nikolas Negroponte

100


Raqamli iqtisodiyot deganda nimani tushunasz? 

bu internet, kompyuterlar, mobil qurilmalar va boshqa raqamli texnologiyalar orqali yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar iqtisodiyotidir. 

100

Raqamli platformalar nima?

internet orqali axborotni ulashish va muammolarni hal qilish uchun yaratilgan texnologik asoslar bo'lib, biror xizmat yoki mahsulotni taklif etish, mijozlar bilan aloqada bo'lish, hamkorlik qilish yoki mijozlarni jalb qilishga imkon beradi. 

100

..........bu raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga bo‘lgan strategik boshqaruv va biznes munosabatlar shaklidir. 

Raqamli strategiya

100

Undan qanchalik ko’p olaversangiz, u shunchalik kattalashib boraveradi. U nima?

Chuqur.


200

Insonda juda ko‘p his-tuyg‘ular bor. Ular asosan ikki turga — salbiy va ijobiy his-tuyg‘ularga bo‘linadi. XV asrda yashagan fransuz faylasufi Mishel Monten: “Insonda bir tuyg‘u borki, u goh oyoqlarga qanot beradi, goh ularni yerga kishanlab qo‘yadi”, — deb yozgan.

Savol: Bu qanday tuyg‘u?

Javob: Qo‘rquv tuyg‘usi.

200

“Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qaror qachon qabul qilingan?

2019 yil 18 maydagi PQ-4321-sonli qarori


200

O'zbekistonda Elektron to’lov tizimlariga qaysilar kiradi? 

UzCard, Humo, UzPaynet, Click, Payme, mobile-banking, Uzum

200

Smartshartnomalar qaysi texnologiya  orqali ishlaydi

Blokcheyn

200

1 bayt necha bitdan iborat?

8 bit

300

Yapon olimlari bu xizmatchilarga boshqalarga nisbatan 2 soat ko‘proq uxlashlari va har kuni 1 soat oftobda toblanishlari zarurligini tavsiya qilishadi.

Savol: Bu qaysi xizmatchilar?

Javob: Tunda ishlaydigan xizmatchilar.

300

Birinchi sanoat inqilobi

bug 'va yigirish fabrikalari davri Bug' mashinasi, yigiruv va to'qish mashinalari, metallurgiya, torna

Qaysi yillarda shakllangan?

1770-1860

300

-simli tarmoq ulanishidan foydalanmasdan standart radio interfeysi orqali ma’lumot uzatish texnologiyasi nima deb ataladi?

Simsiz texnologiyasi

300

Bulutli hisoblashga misollar keltiring

Google drive, Microsoft OneDrive, Dropbox, Neftlix

300

Internet, elektron to‘lov, AI, Big Data va elektron tijoratning keng rivojlanishi qaysi iqtisodiyot turiga xos?

Raqamli iqtisodiyot

400

Rassom Leonardo da Vinchi u haqida shunday fikr aytgan: “Ha, u shaytonning qo‘li, lekin unda go‘zal narsalar yaratish mumkin. Agar uni ishlata olsangiz. To‘g‘ri, kimdir uni bemalol ishlata oladi. Men esa uni majburlab ishlatganman.”

Savol: U nima?

Javob: Chap qo‘l

400

Internetga ulangan qurilmalar nima deb ataladi?

Buyumlar interneti 

400

Blockchainning asosiy xususiyatlari 


Shaffoflik, ishonchlilik

400

Buyumlar internetini fanga kim olib kirgan? 

Kevin Eshton

400

IPv4 manzili necha bitdan tashkil topgan?

32 bitdan

500

Raqamli xavfsizlik nima?

bu shaxsiy, korporativ yoki davlat ma’lumotlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi. 

500

"Elektron hukumat to'g'risida"gi qonun qachon qabul qilingan? O'zbekistonda 

2015-yil 9-dekabr

500

Bu asar Avliyo Avgustin va Russoning kashfiyotlari, Gibbon va Nyutonning yodnomalari qatoridan o‘rin olgan. Mazkur kitob yuksalishlar va tanazzullarni boshidan kechirgan insonning ibratli tarixidirki, uning yuksalishlari qanchalik sarbaland bo‘lsa, tanazzullari ham shunchalik tubsizdir.

Savol: Bu qaysi asar?  

Javob: «Boburnoma».

500

Yagona identifikatsiya tizimi nima deyiladi?

ID UZ

500

Elektron tijoratda biznes faoliyatini shakllantirishning 5 asosiy modeli qaysilar:

B2B, B2C, C2C, B2A, C2A

M
e
n
u