OSON
O'RTACHA
O'RTACHA
QIYIN
FUNDAMENTAL SAVOLLAR
100
  • Rim tarixining uch asosiy davri qaysilar?
  • Afsonaga ko‘ra, Rim shahriga kim asos solgan?
  • Rimning an’anaviy asos solingan yili qaysi?

Monarxiya (podshohlik), Respublika va Imperiya 

Egizak aka-uka Romul va Rem; 

miloddan avvalgi 753-yilda


100

Afsonaga ko'ra, miloddan avvalgi 509-yilda etrusk podshohi Tarquinning ag'darilishi va Respublika o'rnatilishiga qaysi oriyatli rimlik ayolning fojiasi sabab bo'lgan?


 Luqretsiya (Luqretsiyaning zo'rlanishi va o'z joniga qasd qilishi).


100

Miloddan avvalgi 494-yilda plebeylar patritsiylarni yon berishga majbur qilish va o'z amaldorlari (tribunlar)ni saylash huquqini olish uchun qanday siyosiy chora (ish tashlash) qo'llashgan?

Ular Rimni tark etib, armiyada xizmat qilishdan bosh tortishgan (chunki piyoda qo'shinni plebeylar tashkil etardi).    

100

Imperator Teodosius 380-yilda xristianlikni rasmiy din deb e'lon qilgach, Cherkovga qanday huquqiy vakolat berildi?

Cherkovga o'z sudlarini tashkil etish va o'z qonunlari — "kanon qonuni"dan (canon law) foydalanish huquqi berildi

100

Birinchi jahon urushidan keyin Yevropada va dunyoda qaysi xalqaro tizim o'rnatildi?

Versal-Vashington tizimi.

200
  • Rim Respublikasining asosiy hokimiyat organi nima edi?
  • Respublikadagi ikki asosiy ijroiya rahbar qanday atalgan?
  • Rimliklar Italiya yarim orolini taxminan qaysi yilga kelib deyarli to‘liq zabt etgan?

SENAT

KONSUL

rimliklar miloddan avvalgi 265-yilga kelib Italiya yarim orolini deyarli to'liq o'z nazoratlariga olishgan va zabt etishgan

200

Miloddan avvalgi 287-yilda qabul qilingan Lex Hortensia qonunining Rim jamiyatidagi hal qiluvchi ahamiyati nimada edi?


Bu qonunga ko'ra, plebeylar majlisi (concilium plebis) qarorlari patritsiylar uchun ham, plebeylar uchun ham teng kuchga ega qonun deb tan olingan. 


200

Aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlar nima sababdan islohotlar o'tkazishga va yerlarni kambag'allarga taqsimlashga harakat qilishgan?

Urushlar sababli mayda dehqonlar kasodga uchrab yerlarini boylarga sotgan va armiya zaiflashgan (chunki yersiz kishilar armiyada xizmat qila olmasdi)

200

Dastlabki davrlarda Rim amaldorlari va butparastlar xristianlarni nima uchun "davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi dissidentlar" deb hisoblashgan?

Ular an'anaviy Rim xudolariga va imperator kultiga sig'inishdan bosh tortishgan, bu esa xudolarning g'azabini keltirib, Rimdan marhamatni olib qo'yadi deb qo'rqishgan.

200

Zamonaviy xalqaro munosabatlar va suverenitet tizimiga qaysi shartnoma asos solgan?

1648-yildagi Vestfaliya tinchlik shartnomasi. U davlatlarning milliy suvereniteti va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilini o'rnatdi.

300
  • “SPQR” iborasi nimani anglatadi?
  • Rimliklarning eng muhim meroslaridan biri sifatida matnda qaysi tizim ko‘rsatilgan?
  • Avgust davrida Rim respublikadan qanday tuzumga aylandi?

Senatus populusque Romanus — "Senat va Rim

 Rim huquqi tizimi

IMPERIYA 

300

Gay Marius o'tkazgan harbiy islohot Rim askarlarining davlatga bo'lgan sodiqligini qanday o'zgartirib yubordi?  

 Marius yersiz bechoralarni armiyaga olib, ularga yer va'da qilgan. Natijada askarlar Senatga yoki davlatga emas, balki o'z qo'mondonlariga sodiq bo'lib qolishgan.

300

Miloddan avvalgi 59-yilda tuzilgan Birinchi Triumvirat tarkibiga qaysi uchta siyosatchi/sarkarda kirgan edi?

Pompey, Mark Litsiniy Kras va Yuliy Sezar

300

Rimliklar bosib olingan ayrim xalqlarga "siyosiy huquqsiz fuqarolik" (civitas sine suffragio) berishdan ko'zlagan asosiy mantiqiy va strategik maqsad nima edi?

Bu orqali ularni Rimga soliq to'lash va armiyada hızmat qilishga majbur etishgan, lekin Rimdagi saylovlarga va davlat boshqaruviga aralashishiga yo'l qo'yishmagan.  

300

Qaysi AQSh prezidenti Birinchi jahon urushidan keyin dunyoda tinchlik o‘rnatish uchun mashhur "14 modda" dasturini taklif qilgan?

Vudro Vilson

400

G‘arbiy Rim imperiyasining rasmiy tugashi qaysi yil bilan bog‘lanadi?

Birinchi Pun urushida Karfagen mag'lub etilgach, Rimning eng birinchi provinsiyasiga aylangan hudud qaysi?

Ikkinchi Pun urushida jangovar fillari bilan Alp tog'laridan oshib o'tib, Rimga qarshi hujum qilgan mashhur Karfagen sarkardasi kim?

476-YIL

Sitsiliya oroli

Gannibal

400

Rimdagi jamoat hammomlari (thermae) shunchaki cho'milish joyi bo'lmay, yana qanday ijtimoiy vazifalarni bajargan?


U yerda sport zallari, yegulik shoxobchalari, suhbatlashish xonalari, kutubxonalar va ma'ruza zallari joylashgan.


400

Sosoniylar podshohi Shopur Rim imperatori Valerianni asir olgach, asir tushgan rimlik askar va muhandislardan qanday maqsadda foydalangan?

Ulardan yo'llar, ko'priklar, to'g'onlar va kanallar qurishda foydalangan

400

Diokletian nima sababdan Rim imperiyasini 293-yilda ikki qismga bo‘ldi va bu tizimda “augustus” hamda “caesar” unvonlari qanday vazifani bajargan?

Diokletian imperiya bir odam uchun juda katta bo‘lib qolganini tushundi. Shuning uchun 293-yilda imperiyani Sharqiy va G‘arbiy qismlarga bo‘ldi. Har bir qismga “augustus” rahbarlik qildi, ularga yordam berish uchun esa ikki kishi “caesar” unvoni bilan tayinlandi.

400

Ikkinchi jahon urushi davrida (1945-yil fevralda) "Katta uchlik" yetakchilari urushdan keyingi dunyo tartibotini kelishib olish uchun qayerda uchrashishgan?

Yalta konferensiyasida (Qrimda).

500

Rim Respublikasida favqulodda holatlarda 6 oyga beriladigan, lekin Sulla 9 yil davomida o'z qo'lida saqlab turgan mutlaq vakolatli lavozim nima deb atalgan?

Edvard Gibbon tomonidan Avgust yaratgan va qariyb 200 yil davom etgan barqarorlik va tinchlik davri nima deb atalgan?  

G'arbiy Rim imperiyasining rasmiy tugashini belgilagan voqea qaysi sarkardaning imperatorni ag'darishi bilan sodir bo'ldi?

Diktator

Pax Romano

Odoakr

500

Avgust imperiyadagi turli viloyatlar va Rim o'rtasida ma'naviy hamda siyosiy birlik yaratish uchun qaysi rasmiy kultni targ'ib qilgan?

Roma va Avgust" kultini (Roma va Avgust davlat dini).

500

Imperator Diokletian "uchinchi asr inqirozi"dan so'ng imperiyani boshqarishni osonlashtirish uchun qanday ma'muriy tizim (Tetrarchia) joriy etdi?

mperiyani Sharqiy va G'arbiy qismga bo'lib, har biriga bittadan Avgust (katta hukmdor) va ularga yordamchi qilib bittadan Sezar (kichik hukmdor) tayinladi.

500

Diokletian inflyatsiyani kamaytirish uchun qanday chorani qo‘lladi va uning iqtisodiy muammolarni to‘liq hal qila olmaganiga nima sabab bo‘ldi?

Diokletian maksimal narxlar va ish haqlarini belgilovchi farmon chiqardi. Shuningdek, soliqlarni qat’iy boshqardi. Ammo imperiyaning markaziy iqtisodiy muammolari hal qilinmadi: ko‘plab dehqonlar yerlarini tashlab ketdi, keng yer maydonlari bo‘sh qoldi

500

Davlatning boshqa bir davlatga qarshi rasman urush e'lon qilish to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi hujjati nima deyiladi?

Ultimatum.

M
e
n
u