Sahoba atamasi ta’rifi
Sahobalarning martabasi va hadis ilmidagi o‘rni
Sahobalarni guruhlarga ajratish
Tobeiy va muxazramlar
Blitz
100

“Sahoba” so‘zining lug'aviy ma'nosini ayting.

arab tilidan olingan bo'lib “suhbatdosh”, “safdosh”, “tarafdor”, “hamroh” kabi ma’nolarni bildiradi.

100

Imom Doraqutniy Xulofoi roshidinlarning tartibi borasida nima degan?

“Kim Usmondan avval Alini qo‘ysa u muhojir va ansorlarning ustidan mazah qilgan bo‘ladi”.

100

Ibn Sa’d o‘zining “Tabaqot al-kubro” asarida sahobalarni qanday guruhlarga bo'lgan?

1. Muhojirlardan Badrda ishtirok etganlar.

2. Ansorlardan Badrda ishtirok etganlar.

3. Badrda ishtirok etmaganu, lekin imon keltirganlar.

4. Makka fathidan oldin imon keltirganlar.

5. Fathdan so‘ng imon keltirganlar.

100

Tobe'iy so'zining lug'aviy istilohiy ma'nosini ayting.

Lug‘atda, izdosh, ergashgan, sahobiylarga ergashgan ma’nolarini bildiradi. Istilohda, imon keltirgan holda sahobiyni ko‘rgan, u bilan suhbat qilgan va shunday imonda vafot etgan kishi, sahobiylarning ishini davom ettirganlarga aytiladi.

100

Ummu Hishom binti Horisa, Ummu Dardo Sug‘ro Dimashqiyya, Ummu Rumon binti Omir. Bulardan qaysi biri tobeiy hisoblanadi?


Ummu Dardo Sug‘ro Dimashqiyya

200

Muhaddislar tomonidan sahobalik uchun berilgan  eng ishonchli ta'rif qanday?

“musulmon holatida Rasululloh (s.a.v.)ni ko‘rgan, shu musulmon holatida vafot etgan kishi. U majlislarida ko‘p yo kam ishtirok etgan, u kishidan hadis rivoyat qilgan yo qilmagan, Rasululloh (s.a.v.) bilan g‘azot qilgan yo qilmagan, ko‘rgan bo‘lsada, majlislarida qatnashmagan, ko‘r bo‘lib ko‘z bilan ko‘rmagan bo‘lsa ham sahobadir”

200

Ulamolar qaysi oyatlarga asoslanib, sahobalarning "odil" ekanida umuman ixtilof qilmaydilar?

Fath 29, Hashr 8-9, Anfol 74, Tavba 100 

200

“Muhojir” va “Ansor” atamalarini izohlang.

(muhojir, hijrat qilgan) – Makka fathidan oldin Madinaga ko‘chib borgan (hijrat qilgan) makkalik sahobalarga berilgan nom. Makka fathidan keyin Madinaga borganlar muhojir hisoblanmaydi.

(ansorlar - yordamchilar, safdoshlar) deb nomlanib madinalik sahobalar nazarda tutilgan. Rasululloh (s.a.v.) va Makkadan ko‘chib kelgan muhojirlarga madinalik Avs va Hazraj qabilalari yordam berganlari uchun ularga shu nom berilgan.

200

Imom Doraqutniyning tobeiylar borasida yozgan asari nomini ayting.

“Zikr asmo at-tobe’in”

200

Ali ibn Madaniy: Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalarining barcha shogirdlari uch kishining so‘zlaridan hujjat keltirganlar deya kimlarni aytgan?

Abdulloh ibn Mas’ud, Zayd ibn Sobit va Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhumlar

300

Kimlar sahoba bo'la olmaydi?

1.Rasululloh (s.a.v.)ni tiriklik vaqtlarida islomga kirgan ammo ko‘ra olmagan.

2.Kofir holatida uchratgan ammo vafotlaridan keyin musulmon bo‘lgan.

3. Rasululloh (s.a.v.)ni tushida ko‘rgan kishi

300

Ba’zi sahobalarga xos bo‘lgan hadislarga misol keltiring.

1.Rasululloh (s.a.v.): “Sa’d ibn Muozning jannatdagi ro‘molchasi bundan yaxshiroqdir” (Rasululloh (s.a.v.)ga hadya qilingan zamonasidagi ipakdan qilingan eng yaxshi kiyimni nazarda tutganlar), deganlar.

2.“Har bir ummatning ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz esa, ey ummatim, Abu Ubayda ibn Jarrohdir”,

300

"Ash'arayi mubashshara" ahlini sanab bering.

Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Zubayr ibn Avvom, Talha ibn Ubaydulloh, Abu Ubayda ibn Jarroh, Said ibn Zayd raziyallohu anhumlar

300

Tobeiylar qanday tabaqaga bo'lingan? Har bir tabaqaga misol keltiring.

Tobeiylarni uch tabaqaga bo‘lish keng tarqalgan.

1.Katta tabaqa: Sa’id ibn Musayyab, Urva ibn Zubayr, Alqama ibn Qays

2. O‘rta tabaqa: Hasan Basriy, Muhammad ibn Sirin, Mujohid, Ikrima,

3. Kichik tabaqa: Ibrohim Naxa’iy, Abu Zinod Yahyo ibn Sa’id

300

“Aksar as-sahaba hadisan” ya'ni eng ko'privoyat qilgan 7 sahobani sanab bering.

Abu Hurayra — 5374 ta hadis
Abdulloh ibn Umar — 2630 ta hadis

Anas ibn Molik — 2286 ta hadis
Oisha (r.a.) — 2210 ta hadis

Abdulloh ibn Abbos — 1660 ta hadis
Jobir ibn Abdulloh — 1540 ta hadis
Abu Said Xudriy — 1170 ta hadis

400

Islom tarixida iz qoldirgan kishilarning sahoba ekanini qanday bilish mumkin?

1. Uning sahobaligi mutavotir, ya’ni juda ko‘p kishilar tomonidan e’tirof etilgan bo‘lsa.

2. Kishining sahobaligi mutavotir darajasidagidek bo‘lmasa-da, mashhur bo‘lsa. Masalan, Zimom ibn Sa’laba

3. Mashhur sahobaning boshqa bir kishining sahoba ekanini ta’kidlashi.

4. Ishonchli tobiiylarning xabari orqali.

5. Adolat egasi bo‘lgan ishonchli kishi ehtimol qilish mumkin bo‘lgan muddat ichida Rasululloh (s.a.v.)ni ko‘rganlikda yoki u kishidan hadis eshitganlikni da’vo qilgan bo‘lsa.

400

“Agar Rasululloh (s.a.v.)ning sahobalaridan ayb qidirayotgan kishini ko‘rsang, bilki, u zindiqdir. Shunday, Rasul haqdir, Qur’on haqdir, unda nima kelgan bo‘lsa haqdir. Bularning barchasini sahobalar ado qilishdi." bu so'zlar kimga tegishli?

Abu Zur'a Roziy

400

Rasululloh (s.a.v)dan hadis rivoyat qilgan va jannatiyligi bashorati berilgan ayol sahobalar borasida qaysi asarda ma'lumot berilgan? asarda keltirilgan sahobalardan misol keltiring.

Ahmad Xalil Juma o'zining “Nisa mubashshirot bi-l-janna” asarida ularning 20 tasini sanab o‘tgan. Ular orasida 

Xadicha binti Xuvaylid

Ummu Harom binti Milhon

Zaynab binti Jahsh

Kabasha binti Rofe

Oisha binti Abu Bakr

Fotima binti Rasululloh (s.a.v)

400

Tobe'iylarni tanib olishning usullarini ayting

1. Muhaddislarning aytishi orqali;

2. Tobeiyning o‘zi xabar berishi orqali;

3. Sahobiyning xabari orqali. Ibn Umar (r.a.) Sha’biyning “Mag‘oziy”ni aytib turganda “Xuddi biz bilan birga ko‘rgandek, u mendan ko‘ra xotirasi yaxshi va bilimliroq”, degan.

4. Mashhurligi bilan. Hasan Basriy, Ato, Ibn Sirin kabi tobeiylar tariqli bo‘lgan.

400

“Rasulullohning barcha sahobalarini do‘st tutamiz.Ulardan hech kimni dushman tutmaymiz.Ularni yomon ko‘ruvchilarni yomon ko‘ramiz.Ularga muhabbat — din, imon va ihson alomatidir;ularni yomon ko‘rish — kufr, nifoq va tug‘yon belgisidir.” Bu ta'rif qaysi manbada keltirilgan.

Imom Tahoviyning  “al-Aqida at-Tahoviyya” kitobida 



500

Qaysi ikki sahoba 120 yil yashab, undan 60 yili johiliyada va yana shuncha yili islomda o‘tgan?

Hakim ibn Hizom va Hasson ibn Sobit raziyallohu anhum

500

Sahobalarga nisbatan rivoyat qilgan hadislarining soniga qarab qanday atamalar ishlatilgan?

“ashob al-uluf” (“minglab hadis egalari”)

“ashob al-uluf” (“minglab hadis egalari”)

“ashob al-alf” (ming hadis egalari)

“iksar al-hadis” (“hadisning ko‘payishi”)

“iqlol” (“iqlol al-hadis”, ya’ni hadisning kamayishi)

“Ashob al-mi’a” (“yuzta hadis egalari”) 

“ashob al-mi’atayn” (“ikki ming hadis egalari”)

“ashob al-miiyn” (“yuzlab hadis egalari”)

500

Muhaddis Hokim Naysoburiy qaysi asarida sahobalarni 12 guruhga ajratadi? Ularni sanang.

“Ma’rifat ulum al-hadis” asari.

1. Makkada birinchi bo‘lib imon keltirganlar. 

2. Dor an-nadva sohiblari. 

3. Habashistonga hijrat qilganlar.

4. Birinchi aqaba sohiblari.

5. Ikkinchi aqaba sohiblari. 

6. Rasululloh (s.a.v.) Madinaga kirishidan oldin Quboda ekanliklarida yetib kelgan muhojirlar.

7. Badr ahli. 

8. Badr va Hudaybiya orasida hijrat qilganlar.

9. Rizvon bay’ati ahli.

10. Hudaybiya va Fath orasida hijrat qilganlar. 

11. Makka fathida islomga kirganlar. 

12. Rasululloh (s.a.v.)ni Fath kuni va Hajjat al-vadoda ko‘rgan yosh bolalar.

500

Yettita faqih olim  bo'lib tanilgan tobeiylarni sanang.

Sa’id ibn Musayyab, Qosim ibn Muhammad, Urva ibn Zubayr, Xorija ibn Zayd, Abu Salama ibn Abdurahmon, Ubaydulloh ibn Ataba va Sulaymon ibn Yasar

500

Sahobalarni alifbo tartibida tasniflab yozilgan asarlarga misol keltiring.

Ibn Asirning "Usd al-G'oba fi ma'rifati as-sahoba"

Ibn Hajar Asqaloniyning “al-Isoba fi tamyiyz as-sahoba” asarlari 

M
e
n
u