Hadisni aytuvchisiga ko'tarish bu...?
Isnod
"Matn"ning istelohiy ma'nosi nima?
Hadisning sanadi nihoyasidan boshlangan, yaʼni maʼnolardan tashkil topgan qismi.
"Isnod dindandir. Agar isnod boʻlmaganda har kim xohlagan narsasini gapiraverardi” ushbu rivoyatni Imom Muslim kimlardan rivoyat qilgan?
Muhammad ibn Sirin va Abdulloh ibn Muborakdan
“Ushbu ilm dindandir. Sizlar diningizni kimdan olayotganingizga boqing” ushbu naql kimdan rivoyat qilingan?
Muhammad ibn Sirin
"Biz va qavm orasida ishonchli vakil (qozi) bor” bu naqil kimdan rivoyat qilingan?
Abdulloh ibn Muborak
“Isnod moʻminning silohidir. Agar silohi boʻlmasa, qaysi qurol bilan jangga kiradi” deb kim aytgan?
Sufyon Savriy
Kim “Tarkibida “haddasana” va “axbarona” soʻzlari boʻlmagan har bir hadis sahroda noʻxtasiz tuyasi bilan qolgan kishi misolidir” deydi?
Shu'ba
Kimning Abu Bakr Muhammad ibn Ahmaddan qilgan rivoyatida, u “Menga yetib kelishicha, Alloh taolo ushbu ummatni boshqalariga berilmagan 3 narsa bilan xosladi: isnod, ansob va eʼrob” deydi?
Xatib Bag'dodiy
Kim "Alloh taolo Odam (a.s.)ni yaratgandan beri biror ummatda ushbu ummatda boʻlgan narsa, yaʼni paygʻambarlarning asarlarini saqlovchi omonatdor kishilar boʻlmagan” deydi?
Abu Hotim Roziy
Sanadlarni oʻrganish ilmining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini qanday bosqichlarga bo'lib o'rganish mumkin?
Sahobalar davri, isnod amaliyotining kengayib borishi (sahobalardan keyin to 2 hijriy asr oʻrtalarigacha) hamda “ilm ar-rijol”ning shakllanish bosqichiga
Ibn Hibbon qaysi sahobalarni hadis roviylarini taftish qilgan, xabarlarning naql qilinishi haqida bahs yuritgan dastlabki sahobiylar sifatida zikr etadi?
Umar ibn Xattob va Ali ibn Abu Tolib
Ibn Hibbon kimlarni hadis rivoyat qiluvchilarga nisbatan talabchan boʻlishganini qayd qilgan?
Zayd ibn Arqama va Abdulloh ibn Abbos
Muhaddis Ibn Adiy sahobiylardan kimlarni kishining yolgʻon gapirishi aniqlansa, bu haqda boshqalarga ham aytishni joiz sanaganlar qatorida zikr etadi?
Umar ibn Xattob, Uboda ibn Somit, Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Solim, Oisha bint Abu Bakr, Abdulloh Ibn Abbos va Anas ibn Molik
"Ilm ar-rijol” shakllanishining birinchi bosqichi sahobiylar davriga to‘g‘ri kelib, bu davrda u qanday ko'rinishda mavjud bo'lgan?
Hadis aytuvchi kishidan uni Muhammad (s.a.v.)dan bevosita eshitganiga guvohlik keltirish talab etilishi ko‘rinishida
Kim birinchi boʻlib isnodni tanqidiy oʻrgangan olim hisoblanadi?
Muhammad ibn Sirin
Muhammad ibn Sirindan keyin kimlar isnodni tanqidiy oʻrgangan olimlar hisoblanadi?
Ayyub Suxtiyoniy, Ibn Avn, Shuʼba, Yahyo ibn Said Qatton, Abdurahmon ibn Mahdiy
3-bosqichda “Ilm ar-rijol” alohida fan sohasi sifatida shakllandi. Bunga kimlarning asarlarini talif etilishi asos bo'ldi?
Lays ibn Saʼdning “at-Tarix”, Abdulloh ibn Muborakningning “at-Tarix”, Valid ibn Muslimning roviylar tarixiga bagʻishlangan asarlari
“Ilm ar-rijol: paydo boʻlishi va I asr boshidan IX asr oxirigacha boʻlgan rivoji” nomli asari muallifi kim?
Abu Yosir Zahroniy
Abu Yosir Zahroniy oʻzining “Ilm ar-rijol: paydo boʻlishi va I asr boshidan IX asr oxirigacha boʻlgan rivoji” nomli asarida “ilm ar rijol”ga oid dastlabki kitoblar qachondan boshlab yozilganini ta'kidlaydi?
Ikkinchi hijriy asrning ikkinchi yarmidan keyin
Abu Yosir Zahroniy oʻzining “Ilm ar-rijol: paydo boʻlishi va I asr boshidan IX asr oxirigacha boʻlgan rivoji” nomli asarida “ilm ar rijol”ga oid dastlabki kitoblar kimlarning asarlari shular sirasiga kirishini keltiradi?
Lays ibn Saʼd (vaf. 175 h.)ning “atTarix” va Abdulloh ibn Muborak (vaf. 181 h.)ning “at-Tarix”