. Roviydan hadis eshitganlik bo‘yicha zaif roviy xabar qilsa, bu qabul qilinadimi?
Faqat sahih yo‘l bilan naql qilingan bo‘lsa
Imom Buxoriy “at-Tarix al-kabir”da qanday uslubdan foydalangan?
Ba’zida muttasil, ba’zida munqati’ni ko‘rsatgan
Roviyning hadisni eshitgani borasida ixtilof bo‘lsa, avvalo nima qilinadi?
Rivoyatning isnodi tekshiriladi
. “Marosil” kitoblari asosan nimani o‘rganadi?
Mursal va munqati’ rivoyatlar
“Mursal al-xafiy” nima?
O‘z zamondoshi bo‘lgan shaxsdan eshitmagan roviy
. “Ilm ar-rijol”da roviylar haqida qanday ma’lumotlar keltiriladi?
Hayoti, rivoyatlari, zaiflik darajalari
“Tahzib al-Kamol” asarining muallifi kim?
Hofiz Mizziy
Quyidagi kitoblardan qaysi biri “Marosil” turkumiga kiradi?
“al-Marosil” – Ibn Abu Hotim
Roviy “Kutubi Sitta”da tilga olinmagan bo‘lsa, qaysi manbaga murojaat qilinadi?
“Ilm ar-rijol” manbalariga
. “Mudallis” roviylar haqida ma’lumot beruvchi asar?
“Ta’rif ahl at-taqdis” – Ibn Hajar
. Mubham roviy qanday belgilanadi?
Ismi noma’lum keltirilgan roviy
. “Tadlis” va “mursal al-xafiy” orasidagi asosiy farq nima?
Bevosita uchrashgan yoki yo‘qligi
“Tahzib al-Kamol” asarida qaysi rivoyatlar sanadi ko‘rsatilgan?
“Kutubi Sitta” rivoyatlari
“Mursal” atamasi nimani bildiradi?
Hadisda zamondosh bo‘lmagan roviyning isnodi
“Tadlis” nima?
Bevosita eshitilmagan hadisni bevosita eshitilgandek ko‘rsatish
“Tahzib at-Tahzib” asari qanday ma’lumotlar bilan boyitilgan?
“Kutubi Sitta”dan tashqari isnodlar bilan
“Tahzib al-Kamol” asarida roviyning qanday tafsilotlari keltiriladi?
Ustozlari, shogirdlari, hadislar joyi
Roviyning tavallud va vafot sanalarini qiyoslash nimaga xizmat qiladi?
Sanad uzluksizligini aniqlashga
Muhaddislarning roviyning “samo”si borasidagi ittifoqi nimani anglatadi?
Qabul qilinishi lozim bo‘lgan dalil
“Kutubi Sitta” nima?
Olti asosiy hadis kitobi
“Samo”ning mavjudligi qanday belgilanadi?
Bevosita eshitgani isbotlangan bo‘lsa
“Ilm ar-rijol”ga oid mashhur manbalardan biri qaysi?
“al-Jarh va at-ta’dil” – Ibn Abu Hotim
Roviy haqida “mursal” deyilgan bo‘lsa, bu nimani bildiradi?
Isnodda uzilish borligini
Hadis “Sahihayn”da bo‘lsa, bu nimani bildiradi?
Isnod muttasil ekanini
Imom Buxoriy “qal” lafzidan foydalansa-yu, hadisni bevosita eshitgan bo‘lsa, bu nima bo‘ladi?
Muttasil hisoblanadi