Fanga oid atama
Fanga oid statistika
Mantiqiy
Kompaniyalar
Iqtisodiyot umumiy
100

Ishlab chiqaruvchining o'z tovarini ma'lum bir hududda sotish bo'yicha tayyor biznes modelini va savdo belgisini boshqa tadbirkorga shartnoma asosida berishi nima deb ataladi?

Franchayzing

100

_____ - bu tovarni ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchiga yetkazish va sotish jarayonida xaridorga qulaylik yaratadigan faoliyatlar majmuasi.

Savdo xizmatlari

100

Olovda yonmaydi, suvda cho'kmaydi. Bu nima?

Muz

100

Sayyoramizdagi eng yirik onlayn savdo platformasi (e-commerce) hisoblangan, logotipida "A dan Z gacha" tabassum belgisi bo'lgan kompaniya qaysi?

Amazon

100

Bozorda ma'lum bir tovarga bo'lgan xohish va uni sotib olish imkoniyati nima deb ataladi?

Talab

200

Do'kon vitrinalarini bezash, tovarlarni xaridor e'tiborini tortadigan qilib joylashtirish va savdo zalini loyihalash san'ati fanda nima deb ataladi?

Merchandayzing

200

Hududlar kesimida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi va o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlari bo'yicha yetakchi hudud (2026/Yan-Iyun)?

Toshkent

200

Fil kabi katta, lekin og'irligi yo'q. U nima?

Fil soyasi

200

Dunyodagi eng yirik chakana savdo gipermarketlar tarmog'i bo'lib, AQShda asos solingan va eng ko'p ish o'rni yaratgan kompaniya qaysi?

Wallmart

200

Bozorda faqat bitta sotuvchi yoki bitta xizmat ko'rsatuvchi kompaniyaning mutloq hukmronligi va raqobatning yo'qligi holati nima deyiladi?

Monopoliya

300

Savdo xizmatida ishlab chiqaruvchidan tovarlarni katta partiyada sotib olib, chakana savdogarlarga bo'lib sotuvchi oraliq vositachi qanday nomlanadi?

Distribyutor

300

Hududlar kesimida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan bozor xizmatlari hajmi bo'yicha eng past ko'rsatkich qaysi viloyatda aks etmoqda(2026/Yan-Iyun)? 

Surxandaryo

300

Qaysi hayvon ko'zini yummagan holatda uxlaydi?

Baliq

300

Sport kiyimlari savdosida dunyoda yetakchi bo'lgan, ammo o'zining hech qanday shaxsiy zavodiga ega bo'lmagan, barcha mahsulotlarini autsorsing orqali ishlab chiqaruvchi kompaniya qaysi?

Nike

300

Toshkent iqtisodiyoti O'zbekiston iqtisodiyotidan necha marta tezroq o'smoqda?

2 marta tezroq

400

Korxonaning xaridorlar bilan uzoq muddatli aloqalarini o'rnatish, mijozlar bazasini tahlil qilish va ularga xizmat ko'rsatishni avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan maxsus dasturiy tizim qisqartmasi nima?

CRM tizimi

400

Savdo xizmatlarining hajmi 2026 yilgi (Yan-Iyun) 2025 yilga (Yan-Iyun) qaraganda real o'sish surati necha % o'sgan?

16.9%

400

Osiyoning turli joylarida uni iste'mol qilishgan, rimliklar uni badboy o'simlik deb atagan, Pifagor esa uni ziralar shohi deb atagan. U nima?

Sarimsoq

400

Germaniyaning eng mashhur va qattiq diskont (juda arzon) savdo do'konlari tarmog'i bo'lib, AQSh va Yevropada Walmart korxonasiga eng katta raqobatchi hisoblanadi. Bu qaysi brend?

Aldi (Germaniya)

400

Narxlar pasayganda xaridorlar ko'proq sotib olish o'rniga, narxlar yanada pasayishini kutib xaridni kechiktiradigan va iqtisodiy turg'unlikka olib keladigan xavfli jarayon nima?

Deflyatsiya

500

Savdo zali maydonidan unumli foydalanish va tovarlarning tokchalarda joylashish tartibini aniq sxema (chizma) orqali ko'rsatuvchi hujjat yoki xarita qanday ataladi?

Planogramma

500

2026 yilning tahlil qilinayotgan davrida kichik tadbirkorlik subektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi ________ mlrd so‘mni tashkil etdi?

374 210,9 mlrd so'm

500

Ukraina, Xitoy, Turkiya, Kanada kabi davlatlarda u – 2 ta. Oʻzbekiston, Rossiya, Fransiya, Italiya kabi davlatlarda – 3 ta. Efiopiya, Surinam, Quvayt, Suriya kabi davlatlarda – 4 ta. Savol: Lixtenshteyn va Liviyada u nechta?

1 ta (Bayrog' rangi)

500

Dove, Persil, Rexona, Clear, Vaseline, Magnum, Domestos tozalovchi mahsulotlari qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqariladi?

Unilever

500

Agar 2025 yil 4chi chorakda kuzatilgan YaIM o'rtacha o'sishi 2026 yilda ham kuzatilsa, 2026 yilda necha mlrd dollar YaIM hajmini kutish mumkin. 

200 mlrd $

M
e
n
u