Bir savatda 5 ta olma bor. 5 kishiga bittadan tarqatildi. Savatda nechta olma qoldi?
1 ta (oxirgi olma savat bilan birga berilgan)
Savol shunday : tibet meditsinasida nimani kasalliklar darvozasi deyishadi ?
Javob: Og'iz
U eng arzon va eng qimmat mulk.Undan to'g'ri foydalanilsa dahoga aylanish mumkin. U nima
Vaqt
Korxonada 200 nafar ishchi bor. Ularning 25% i vaqtincha ishlaydi. Nechta ishchi vaqtincha ishlaydi?
50 nafar ishchi
Qaysi toifadagi xodimlar uchun ish vaqti majburiy ravishda qisqaradi?
18 yoshga to'lmaganlar uchun
Bir odamning 3 ta o‘g‘li bor. Har bir o‘g‘lining bittadan singlisi bor. Oilada nechta farzand bor?
4 ta farzand (3 o‘g‘il + bitta umumiy singil)
AQSHda shunday mashhur gap bor: "O'limdan va yana bir narsadan qochib qutilib bo'lmaydi". Savol nimadan AQSHda qochib bo'lmaydi?
Soliqdan
Bu viloyatda aholi nihoyatda zich yashaydi. Agar Bo'stonliq tumaniga solishtirilsa, Bo'stonliqni maydoni u viloyatdan 2 barobar katta., aholisi u viloyatdan 10 barobar kam.
Savol : Bu O'zbekistondagi qaysi viloyat ?
Javob : Andijon
Korxonada o‘rtacha ish haqi 3 000 000 so‘m. Ishchilar soni 80 ta. Umumiy ish haqi fondi qancha?
3 000 000 × 80 = 240 000 000 so‘m
Mehnat talabi qaysi iqtisodiy ko'rsatkich bilan teng kuchli bog'liq?
YAIM o'sishi
Bir ota o‘z o‘g‘lidan 24 yosh katta. 6 yildan keyin ota o‘g‘lidan necha marta katta bo‘ladi?
2 marta katta bo‘ladi
Bu termin futbolga sirkdan kelgan. U so'z ko'zboylog'ich, fokus so'zining sinonimi ekan. Tarjimasi Shlyapali tryuk degani. Aynan futbolda ishlatilayotgan qaysi termin so'ralmoqda ?
Javob: Xet trek
10-sAlbaniya, Avstriya, Gana, Misr, Iordaniya, Iroq, Yaman, Malavi, Meksika, Polsha, Panama va yana 11 ta davlatni birlashtirib turuvchi bir jonzot bor.
Savol : U qaysi jonzot ?
Burgut (sababi bu davlatlarning gerbida burgut timsoli tushirilgan)
Korxonada 300 nafar ishchi bor. Yil davomida 10% ishchi ishdan bo‘shadi, o‘rniga 24 nafar yangi ishchi qabul qilindi. Yil oxirida ishchilar soni nechta bo‘ladi?
294 nafar ishchi
Bozor o‘z-o‘zini to‘liq tartibga sola olmaydi; davlat mehnat bozoriga faol aralashishi kerak. Bu qaysi modelda ilgari surilgan ma'lumot?
Keynschilik modelida
Agar 1 = 5
2 = 25
3 = 325
4 = 4325
bo‘lsa, 5 = ?
1 = 5
2 = 2 + (1 ning javobi) → 25
3 = 3 + 25 → 325
4 = 4 + 325 → 4325
Javob:
5 = 54325
19-asrda Yevropada velosiped minish juda ommalashib ketadi. Velosiped bahona ayollarning azaliy przulari amalga oshishi tezlashib ketdi.
Savol: Velosiped bahona ayollar qanday orzularini amalga oshirib olishdi ?
Javob:Shim kiyib yurish
Bu mahsulot inson yurak sistemasi uchun zararli hisoblanadi. Agar uning istemoli hech bo'lmasa 3-4 grammga kamaytirilsa,umrni 5-6 yilga uzaytirish mumkin .Bu qaysi mahsulot ekanligini toping?
Tuz
Korxonada 60 nafar ishchi bor. O‘rtacha ish haqi 2 800 000 so‘m. Keyingi oy ish haqi 10% ga oshirildi.Oshirilgandan so'ng umumiy ish haqi fondini toping.
184.8 mln so'm
5 kunlik ish haftasida smena davomiyligi necha soatdan oshmasligi kerak?
8 soat
Qaysi savolga “ha” deb javob bersang ham, “yo‘q” deb javob bersang ham baribir yolg‘on bo‘ladi?
“Sen hozir uxlayapsanmi?”
Norvegiya bizga tabiati go'zalligi bilan tanish davlat hisoblanadi. Ammo bu davlatda bizning o'zbek xalqining odob-axloqiga zid bir qarash mavjud ekan. Yani bizda qariyalarga nisbatan hurmat yuzasidan bu ish qilinadi .Ammo ularda bu holat haqorat hisoblanar ekan.Bu qaysi holat ekanligini va ular buni qanday haqorat deb tushunishini ayting?
Jamoat Transportlarida kattalarga joy berish mumkin emas.Bu ularni jismoniy kamsitishga teng
Bir mashhur adabiy qahramon bu ishni 1920 soatda yoki 115200 daqiqada amalga oshirmoqchi bo‘lgan.
Savol: Siz bu qahramon nima qilmoqchi bo‘lganligini emas, u qaysi asar qahramoni ekanligini toping.
Dunyo bo'ylab 80 kun
Korxonada 200 nafar ishchi bor. Har bir ishchi oyiga o‘rtacha 50 dona mahsulot ishlab chiqaradi. Davlat tomonidan malaka oshirish dasturi joriy etildi va 30% ishchining unumdorligi 20% ga oshdi.Umumiy ishlab chiqarish nechaga (foizda) oshdi?
Javob:6 %
Izoh:200 × 50 = 10 000 dona.30% ishchi = 200 × 0.3 = 60 ishchi.Ularning yangi unumdorligi: 50 × 1.2 = 60 dona.Qolgan 140 ishchi: 140 × 50 = 7 000 dona.Jami: 3 600 + 7 000 = 10 600 dona.
(10 600 − 10 000) / 10 000 × 100% = 6%
I guruh nogironligi bor shaxslar uchun ya'ni xodimlar uchun haftalik ish vaqti qancha bo'lishi mumkin?
36 soatdan oshmasligi kerak.