10 sestertsiy
20 sestertsiy
30 sestertsiy
40 sestertsiy
50 sestertsiy
0

Rimliklar ixtiro qilgan, hatto suv ostida ham qotish xususiyatiga ega bo‘lgan qurilish materiali nima deb ataladi?

Beton.

0

Nima uchun qadimgi Rim yo‘llari va akveduklari qurilishida beton va arkalardan (ravoqlardan) keng foydalanilgan?

Beton mustahkamlikni, arkalar esa og‘irlikni teng taqsimlab, ulkan inshootlarning uzoq vaqt buzilmay turishini ta’minlagan.

0

“Yevangeliye” so‘zi yunonchadan tarjima qilinganda qanday ma’noni anglatadi va u kimning hayoti bilan bog‘liq?

“Xushxabar” degan ma'noni anglatadi va Iso payg‘ambarning hayoti va ta’limoti bilan bog‘liq.

0

Milodiy 313-yilda imperator Konstantin tomonidan chiqarilgan farmon xristianlarning hayotini qanday o‘zgartirdi?

Xristianlik boshqa dinlar bilan teng deb e’lon qilindi, ta’qiblar to‘xtadi va oshkora ibodat qilishga ruxsat berildi.

0

Rim termalari shunchaki yuvinish joyi bo‘lmagan. Ularni nega o‘sha davrning “axborot markazlari” deb atashgan?

Chunki u yerda kutubxonalar, sport zallari bo‘lgan hamda odamlar to‘planib, eng muhim siyosiy va ijtimoiy yangiliklarni muhokama qilishgan.

M
e
n
u