Kashmir mojarosi nima sabab bo'ldi
Pokiston g‘arbiy va sharqiy qismlarga bo‘linib qoldi.
Afrika qit’asi yer yuzi maydonining necha foizini tashkil etadi
6 foizini
Koreya Respublikasi tashkil topgan kun
1948 yil 15 avgust
o‘zini Arab davlati, deb e’lon qilgan nechta mamlakat bor
21 ta
“Sovuq urush” davrida Hindiston va Pokiston qaysi davlatlar bilan qo‘llab-quvvatlashida bo'ladi.
“Sovuq urush” davrida Hindiston SSSR bilan an’anaviy tarzda do‘stona aloqalarini tutib turdi. Pokiston esa AQShdan qo‘llab-quvvatlash oldi
Afrika aholisining necha foizi musulmonlar
42 foizi
Janubiy va Shimoliy Koreya BMT a’zoligiga qachon qabul qilindi.
1991 yil sentyabrda
Osiyo Er sharidagi eng katta qit’a – butun quruqlik maydonining deyarli ... qismini egallaydi.
uchdan bir
OPEK siyosatini asosan qaysi mamlakat belgilaydi va nima sabab
Saudiya Arabistoni dunyoda neft xom ashyosi zahirasi eng katta davlat hisoblanib, umumdunyo tekshirilgan resurslarning to‘rtdan bir qismi OPEK zahiralarining 33 % ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi oxirgi urush (1971-yil) qanday voqeliklar bilan tugadi.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi oxirgi urush (1971-yil) Sharqiy Pokistonning ajralishi va mustaqil Bangladesh davlatining tashkil topishi bilan tugadi.
Afrika davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga nima ta'sir qilmoqda.
Afrika davlatlarining katta qismi dunyo xo‘jaligidan chekkada joylashganligi
O‘tgan davr mobaynida ikki davlat siyosatida ko‘plab o‘zgarishlar yuz berdi. Chunonchi, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga nima sabab bo'ldi
Shimoliy Koreyada yadro quroli ustida tadqiqot ishlari olib borilayotgani sabab bo‘ldi.
Falastinnш nechta davlat tan olgan va nechta davlatda Falastin elchixonalari, konsulliklari va diplomatik vakolatxonalari mavjud
149 ta,
110 ta
Hindiston Pokiston munosabatlarining ijobiy tarafga siljishi uchun nima muhim asos bo‘ldi.
2004-yilning yanvar oyida Islomobodda mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha Janubiy Osiyo Assotsiatsiyasi (SAARK) ning 12-sammiti o‘tkazilishi
Afrika qit’asidagi barqarorlikni ta’minlashda tahdid solayotgan bir necha omillarni ko‘rsatib o‘ting
- Davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar;
- Xavfsizlik darajasining pastligi va jinoyatchilikning yuqoriligi;
- kontrabanda bilan shug‘ullanish;
- Ekologik jinoyatchilik;
- Noqonuniy qurollar savdosi bilan shug‘ullanish;
Birlashishga to‘sqinlik qiluvchi tashqi omillar.
Hozirgi kunda Koreya muammosida bir qancha davlatlar XXR, AQSH kabi davlatlarning turli maqsadlarda qatnashishi;
nafaqat Uzoq Sharqdagi, balki dunyodagi kuchlar muvozananti o‘zgarib ketishi;
xalqaro munosabat tushunchasini ta'riflang
“xalqaro munosabatlar” bu – “davlatlar va davlatlar tizimlari o‘rtasidagi, jahon maydonida ish ko‘rayotgan asosiy sinflar, asosiy ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy kuchlar, tashkilotlar va ijtimoiy harakatlar o‘rtasidagi, ya’ni so‘zning keng ma’nosidagi xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, huquqiy, diplomatik va boshqa aloqalar yig‘indisi”.
Umummusulmon Islom Konferensiyasi Tashkiloti qachon va qaerda ta'sis etilgan
1969-yili Marokashda va Makkada umummusulmon Islom Konferentsiyasi Tashkiloti ta’sis etilganligi e’lon qilindi. Saudiya Arabistoni ushbu tashkilotni qo‘llab-quvvatlab unga moddiy yordam berishga qaror qildi.
Pokiston tashqi siyosiy faoliyati shakllanishining birinchi davrida, ya’ni 1947-53-yillarda, mamlakat o‘z tashqi siyosatidagi birinchi navbatda qaratilgan yo‘nalish...
bu qo‘shni va boshqa mintaqalarda joylashgan davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnatish bo‘ldi.
Nigeriyalik professor A.Adededji Afrika mojarolarining kelib chiqish sabablarini o‘rganib “7 D’s” atamasini kiritadi. Unga ko‘ra yetti omilga nimalar kiradi?
qurg‘oqchilik, cho‘llanish, demografiya, qaramlik, muvozanatsizlik, beqarorlik va qarzdorlik
Tarixan Koreya yarimoroli necha yil davomida Yaponiyaning mustamlakasi bo‘lib kelgan
35 yil
Keskinlik darajasi nuqtai nazaridan, xalqaro munosabatlarning turli holatlarini aytib bering...
barqarorlik va beqarorlik holatlari; o‘zaro ishonch va dushmanlik, hamkorlik va konflikt, urush va tinchlik holatlari va sh.k.
Eron tashqi siyosatining asosiy mazmuni aytib bering...
1. Davlat mustaqilligining saqlanishini ta’minlash va jahonning “etakchi” davlatlariga tobelikni inkor etish;
2. Barcha musulmonlarning huquqlarini himoya qilish va butun jahondagi mazlum xalqlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish;
3. Islom inqilobini eksport qilish printsipi;
4. Falastin xalqining kurashini qo‘llab-quvvatlash;
5. Tinch o‘zaro mavjud bo‘lish va sulhparvarlik;