Kimyo nima?
Moddalar tuzilishi, xossalari va o'zgarishlarini o'rganuvchi fan.
Alkanlar nomi qanday qo'shimcha bilan tugaydi?
"-an" qo'shimchasi bilan (metan, etan, propan va h.k.).
+100 ball
+100 ball
Alkanlar yonganda nima hosil bo'ladi?
Karbonat angidrid (CO₂) va suv (H₂O).
Jarima
Jarima
Alkanlar nima?
Umumiy formulasi CₙH₂ₙ₊₂ bo'lgan to'yingan uglevodorodlar.
Uglerod atomlari qanday gibridlanishda bo'ladi?
sp³ gibridlanishda.
⁸
Alkanlardagi C–C va C–H bog'lari qanday bog' turi?
Sigma (σ) bog'lar.
Alkanlarning zichligi suvnikiga nisbatan qanday?
Suvnikidan kichik (yengil).
Izomeriya nima va alkanlarda qaysi turi uchraydi?
Bir xil formula, lekin turli tuzilishga ega birikmalar; alkanlarda struktura (skelet) izomeriyasi uchraydi.
Nima uchun alkanlar "to'yingan" deb ataladi?
Chunki ularda uglerod atomlari orasida faqat oddiy (bir karrali) bog' bo'ladi.
Alkanlar suvda eriydimi?
Yo'q, ular suvda erimaydi (gidrofob moddalar).
Alkanlar uchun xos bo'lgan asosiy reaksiya turi qaysi?
O'rin olish (substitutsiya) reaksiyasi.
Bonus 300
Bonus 300
Krekinglash jarayoni nima?
Yuqori molekulali alkanlarni yuqori haroratda mayda molekulalarga parchalash jarayoni.
Metanning formulasi qanday?
CH₄.
Normal sharoitda C₁–C₄ alkanlar qanday holatda bo'ladi?
Gazsimon holatda.
Metanning xlor bilan reaksiyasi qanday nomlanadi?
Galogenlash (xlorlash) reaksiyasi.
C₁₈ dan yuqori alkanlar qanday holatda bo'ladi?
Qattiq holda
Alkanlarning laboratoriyada olinish usullaridan birini ayting?
Vurs reaksiyasi (galogenalkanlarni natriy metali bilan qizdirish orqali).
Alkanlar qatorining eng birinchi vakili qaysi?
Metan (CH₄).
C₅–C₁₇ alkanlar normal sharoitda qanday holatda bo'ladi?
Suyuq holatda.
-500
-500
Alkanlar tabiatda asosan qayerda uchraydi?
Neft va tabiiy gazda
Organik kimyo nimani o'rganadi?
Uglerodli birikmalarni o'rganadi.