"73 firqa" hadisi kimlar rivoyat qilgan?
Ahmad ibn Hanbal, Abu Dovud, Termiziy va Ibn Moja
Isfaroin shahri qayerda joylashgan?
Nishopur va Jurjon oralig’ida
"Yengish", "rad etish" ma'nosini anglatuvchi so'z?
“naqz”
Muso Navbaxtiyning fikricha, islom jamiyati Hz. Payg'ambar vafotlaridan keyin necha toifaga bo'lingan?
3
Ilmning 17 sohasida dars bergan olim?
Abdulqohir Bag‘dodiy
"Maqolot va firoq" asarida shialik qarashlari Hasan Askariydan keyin paydo bo'lgan nechta toifa misolida tushuntirilgan?
15
“Ta’dadu firoqish Shia” nomli kitobning asl nomi?
“FIROQ USH-SHIA”
“Hammangiz Allohning “arqoni”ni (Qur'onini) mahkam tuting va firqalarga bo‘linmang". Ushbu oyat qaysi suradan?
Oli Imron, 103
"Hz. Alidan keyin shialar uch guruhga bo'lingan: Ali o'lib bir kun kelib dunyoga qaytmaydi degan Sabaiyya, Alining o'g'li Muhammad ibn Hanafiyyani imom deb tan olgan Kaysoniya va Imom Hasanning imomatini qabul qilgan guruh".
Ushbu fikrlar muallifi kim?
Muso Navbaxtiy
“Maqolotul imomiya val firoq va asmauha va sunufuha” asari muallifi kim?
Sa’d ibn Abdulloh Ash’ariy Qummiy
Qaysi toifa nurning tirik, olim, qudratli, hassos, idrokli ekanini, harakat va hayot undan kelib chiqishini ilgari surgan?
Daysoniylik
Besh bobga ajratilgan "al-Farq baynal firoq"ning uchinchi bobida qaysi toifalar zikr qilingan?
“Firaqul-ahva” (buzilgan mazhablar) nomi ostida sakkiz qismda - rofiza, xavorij, qadariyya-mo’tazila, murjia, najjoriyya, jahmiyya, bakriyya, diroriyya, karromiyya firqalari.
"AL-FARQ BAYNAL FIROQ"ning to'liq nomi...
“al-Farq baynal firoq va bayonul firqatin najiya minhum”
Sabiiyya, Bayoniyya, Mug’iriyya, Harbiyya, Mansuriyya, Janohiyya, Hattobiyya, G’urobiyya, Shuroiyya, Hululiyya, As’habul-ibaha, As’habut-tanosuh, Hobitiyya, Himoriyya, Yazidiyya, Maymuniyya va Botiniyya - kabi firqalar e'tiqodi "al-Farq baynal firoq"ning qaysi bobida zikr qilingan?
4-bobda
“Moʼminlarning hammalari (jangga) qoʼzgʼalishlari lozim emas. Har jamoadan bir nafar toifa boʼlsaydi. Ular dinni chuqur anglab, qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantirardilar. Shoyadki, ular hazir boʼlsalar”
Ushbu sura qaysi suradan?
Tavba, 122
Shialarning qaysi toifasi Hz. Alining o'g'li Muhammad ibn Hanafiyyani imom deb tan oladi?
Kaysoniya
Qaysi lug'at kitobida "Qur’on va hadislardagi “radd” ildizining barcha ma’nolari salbiy emas, balki “savolga javob berish, salom berish va uni qaytarish” kabi mazmuniga ham ega", deyilgan
Lisonul arab
Abdulqohir Bag'dodiyning Nishopurdagi ustoz kim edi?
Hasan ibn Furak
Kim “salaf aqidasi”ni himoya qilish maqsadida yozgan asari nomiga “al-Firaqu’n-nojiya” iborasini kiritgan?
Hanbaliy faqihi Ibn Batta
Abu Is'hoq Isfaroiniy vafotidan so'ng Abdulqohir Bag'dodiy qaysi masjidda dars bera boshlagan?
“Masjidul Uqayl”
Abul Qosim Qurayshiy va Abu Bakr Bayhaqiy
“Al-Farq baynal firoq”ning qaysi betlarida muallif "al-Milal van nihal" nomli asari borligini aytgan?
230, 277, 334-betlar
Nemis sharqshunosi Uifred Madelunga ko'ra, Muso Navbaxtiy imomiya firqasi ilohiyotchisi Hishom ibn Hakamning qaysi kitobidan foydalangan?
“Ixtilofun nas fil imama”
Abdulqohir Bag'dodiy nega Nishopurdan Isfaroinga ko'chib o'tishga majbur bo'lgan?
Saljuqiylarning Nishopurda turkman isyonini boshtirish uchun kelishi
Muhammad Fuad Abdulboqiy qaysi kitobida Tavba surasi, 122-oyatdagi “firqa” musulmon jamiyatlaridagi “shaharlik-qishloqlik” yoki “oddiy aholi-askar” kabi tabiiy bo’linishga ishora qiladi, degan?
“al-Mo’jamul mufahras lialfazil Qur’anil karim”