Sotsiologiya fani kim tomonidan mustaqil fan sifatida shakllantirilgan?
Ogüst Kont tomonidan XIX asrda.
T. Parsonsning tizim nazariyasiga ko‘ra jamiyat qanday tizim?
O‘zaro bog‘langan ijtimoiy institutlardan tashkil topgan barqaror tizim.
Maxsus sotsiologiya nimalarni o‘rganadi?
Oila, ta’lim, din, siyosat kabi konkret ijtimoiy sohalarni.
Dinning stratifikatsiyaga ta’siri qanday ifodalanadi?
Diniy qadriyatlar ijtimoiy tabaqalarning maqomini mustahkamlaydi yoki o‘zgartiradi.
XIX asrda fransuz olimi jamiyatni biologik organizmga o‘xshatgan va undagi institutlarni organlar singari o‘zaro bog‘langan tizim sifatida tushuntirgan. Bu metaforik yondashuv bugungi strukturaviy-funksionalizmga asos bo‘lgan. Gap kim haqida ketmoqda?
Gerbert Spenser
Izoh: Spenser jamiyatni “organizm” sifatida talqin qilib, uning barqarorligini funktsional muvozanat orqali tushuntirgan.
Sotsiologiyaning asosiy tadqiqot ob’ekti nima?
Jamiyat va undagi ijtimoiy munosabatlar tizimi.
Jamiyatning asosiy tizimiy elementlari nimalardan iborat?
Iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy tizimlardan.
Nazariy sotsiologiya nimaga qaratilgan?
Jamiyatning umumiy qonuniyatlarini tushuntirishga.
Veber protestant etikasi orqali nimani isbotlagan?
Diniy qadriyatlar iqtisodiy sinf shakllanishiga ta’sir qiladi.
Emil Dyurkgeym dinni “ijtimoiy fakt” sifatida tahlil qilib, diniy marosimlar orqali jamiyat birligini tushuntirgan. U qaysi xalqning diniy hayotini o‘rganish asosida bu nazariyani yaratgan?
Avstraliya aborigenlari
Izoh: U “Diniy hayotning ibtidoiy shakllari” asarida aborigenlarning totemistik e’tiqodini tahlil qilgan.
Empirik sotsiologiya deganda nima tushuniladi?
Kuzatuv, so‘rov va tajribaga asoslangan amaliy sotsiologik tadqiqotlar.
Jamiyatning barqarorligini ta’minlovchi asosiy omil nima?
Ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi muvozanat.
M. Veber dinni qanday jarayon bilan bog‘lagan?
Iqtisodiy va ijtimoiy harakatlantiruvchi kuch sifatida tahlil qilgan.
Din va siyosat o‘rtasidagi asosiy o‘zaro ta’sir nimada ko‘rinadi?
Siyosiy hokimiyatni diniy asosda legitimlashtirishda.
Diniy qadriyatlar iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirganini isbotlagan sotsiolog, protestant etikasi bilan kapitalizm ruhini bog‘lagan. Bu g‘oya keyinchalik “diniy stratifikatsiya” tushunchasiga asos bo‘lgan. U kim?
Maks Veber
Izoh: Uning “Protestant axloqi va kapitalizm ruhi” asari diniy axloqning ijtimoiy tabaqalarga ta’sirini ko‘rsatgan.
Sotsiologiyada “ijtimoiy fakt” tushunchasini kim kiritgan?
Emil Dyurkgeym.
Jamiyatni tizim sifatida o‘rganishda Luhmann nimani asosiy deb bilgan?
Ijtimoiy kommunikatsiyani.
E. Dyurkgeym diniy institutlarni qanday tushuntirgan?
Jamiyatni birlashtiruvchi kollektiv ong shakli sifatida.
Din va ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday namoyon bo‘ladi?
Diniy qadriyatlar axloqiy tarbiyaning manbai sifatida ta’limga kiradi.
O‘zbekiston jamiyatida milliy mentalitet shakllanishiga eng ko‘p ta’sir etgan diniy omil — bu tarixiy islomiy qadriyatlar bilan mahalliy an’analar sintezi. Bu jarayon sotsiologik tilda qanday jarayon deb ataladi?
Sotsial madaniy sintez (akkulturatsiya)
Izoh: Akkulturatsiya — turli madaniy tizimlarning o‘zaro ta’siri natijasida yangi ijtimoiy qadriyatlar shakllanishidir.
Sotsiologiya boshqa fanlardan qanday jihat bilan farq qiladi?
U jamiyatni tizimli va empirik tahlil orqali o‘rganadi.
Sotsiologiya strukturasi nechta asosiy yo‘nalishdan iborat?
Umumiy, maxsus va tarmoqli sotsiologiyalardan.
K. Marksning din haqidagi sotsiologik talqini nima?
Din – ijtimoiy notenglikni oqlovchi “xalq afyuni”.
Dinning milliy mentalitet shakllanishidagi roli nimada?
U xalqning ma’naviy qadriyatlari, urf-odat va dunyoqarashini belgilaydi.
Siz jamiyat rivojiga qanday qilib o'z hissangizni qo'shmoqchisiz? Yaqin kelajakda o'zingizni qaysi sohada ko'rasiz? Batafsil aniq tushuntiring. Va biznichi?
Javobingiz uchun tashakkur bu sizga bonus savol edi va ushbu hadiyamiz siz uchun!