Murobaha nima? (o`z tushunchangizni bayon eting)
savdoning bir turi bo`lib, biron bir buyum sotib olinadi va ustiga pul qo`ygan holda sotiladi
ijaraga ta'rif bering
aktiv sotib olib ikkinchi tomonga ijaraga beriladi. Bunda ijaraga beruvchi ijaraga berib foyda oladi, ijaraga oluvchi undan foydalanishdan manfaatdor bo‘ladi.
... -bu yo‘q narsaga pul tikish( loyihani moliyalashtirish). Qurilayotgan (paydo bo‘layotgan) hali yaratilmagan aktivlarni moliyalashtirish.
istisna
mahsulotni keyinchalik yetkazib berish sharti bilan oldindan sotib olish;
salam
musharaka nima ekanligini tushuntirib bering?
sherikchilik
muzorabani batafsil tushuntirib bering
bunda biznes qilish qobiliyatiga ega bo‘lmagan, lekin mablag’i bor shaxs bilan biznes qilish qobiliyatiga (biznes sir-asrorlarini biladi) ega bo‘lgan shaxslarning shartnoma tuzib birlashishidir. Bunda bir shaxs biznesga pulini tikadi, ikkinchi tomon esa qobiliyatini tikadi;
Har yili (bir yilda bir marta, asosan Ramazon oyida) boylarning 2,5 foizgacha bo‘lgan boyligi to‘g’ridan to‘g’ri kambag’allarga beriladi.
zakot
sukuk nima?
qimmatbaho qog'ozlar ( investitsiyalar)
QARZ UL HASAN
bu kafolatlangan foizsiz qarz. Ma’lum muddatga hech qanday foizlarsiz jismoniy yoki yuridik shaxslarga beriladi.
TABRIKLAYMAN
BONUS
hidoya asarining muallifi kim?
Burhoniddin al-Marg'inoniy
mushoraka atamasi qaysi so'zdan olingan?
shirkat,( bu ikki yoki undan ortiq tomonning o‘z mablag‘i, mehnati yoki mulkini qo‘shib, foyda va zararni adolatli taqsimlash asosida amalga oshiradigan hamkorlik shartnomasidir.)
deponent kim?
depozit egasi
mushorakaning ikki turini farqlab bering?
muddatli ( qisqa muddatga tuziladi, loyiha yakunlanishi bilan tugatiladi, muddati kelishi bilan tugaydi )
muddatsiz ( muddat bilan cheklanmagan, uzoq muddatli loyihalar uchun, sheriklar xohishiga ko`ra davom etadi)
islom moliya huquqini kelajak hayotingizning qaysi jabhalarida qo`llamoqchisiz?
SIZNING SHAXSIY FIKRINGIZ HURMATGA SAZOVOR
muzoraba shartnomasi kimlar o`rtasida tuzilishi mumkin? ( 3 ta)
bank, tadbirkor, omonatchi
makroiqtisodiy ijtimoiy muammolarni hal qiladi. Bu pullarga tarixdan yo‘llar, o‘quv markazlar, karvonsaroylar qurilgan.
VAQF
Islom moliya huquqi adolatli, halol va barqaror iqtisodiy faoliyatni ta’minlashga qaratilgan bo`lib, uning asosiy xususiyatini
foizsizligi, tijorat bilan shug'ullana olishi, adolatligi, halolligi, BARQARORLIGI
''TAKOFUL''GA TA'RIF BERIB, MISOL KELTIRING
bu jamoaviy bir – biriga o‘zaro yordam. Oddiy moliyadagi sug’urta kompaniyalariga o‘xshaydi.
AAOIFI qanday tashkilot
islomiy moliya sohasida xalqaro darajada tan olingan standartlarni ishlab chiqadigan eng muhim tashkilot, 1989-YIL Bahrayn
muzorabaning asosiy xususiyatlarini bayon qilib bering
Sarmoyador barcha sarmoyani qoʻyadi va mudorib faqat ishlab chiqarish yoki biznes yuritish bilan shugʻullanadi.
- Foyda kelishilgan shartlar boʻyicha sarmoyador va mudorib oʻrtasida taqsimlanadi.Zarar faqat sarmoyador tomonidan koʻtariladi, chunki u moliyaviy sarmoya kiritgan. Muzorib faqat oʻz mehnatini yoʻqotadi.
- Muzorib loyihani boshqarish vakolatiga ega, sarmoyador esa faqat sarmoya kiritish bilan cheklanadi.
islom moliya huquqidagi notijoriy faoliyatga misollar keltirib bering
kambagallarga yordam berish, sadaqa, ehson
...ning fikriga ko‘ra, muzoraba sherikchilikning shunday turiki, unda bir sherik ikkinchi tomonning tijoratiga sarmoya kiritish maqsadida pul berib sherikchilik qiladi.
Muhammad Taqi Usmoniy
mushorakada foydani taqsimlashni tushuntirib bering
oldindan kelishuvga ko`ra Bug‘doy bilan savdo qilsang, foydaning 50 foizini olasan, agar un bilan savdo qilsang, foydaning 33 foizini olasan”. Xuddi shunday u “Agar siz o‘z shahringizda biznes qilsangiz, foydaning 30 foizini olish huquqiga ega bo‘lasiz va agar siz buni boshqa shaharda qilsangiz, sizning ulushingiz 50 foiz bo‘ladi”
ribo nima?
bu islom huquqida taqiqlangan foiz yoki ortiqcha foyda olish shaklidir. U qarz yoki ayirboshlash (savdo) munosabatlarida adolat tamoyiliga zid ravishda, bir taraf foydasiga qo‘shimcha qiymat olinishini bildiradi.