Tafakkur nima?
Tafakkur — bu inson ongida voqelikni umumlashtirib, bilish va tushunish jarayonidir.
Tafakkurning asosiy belgisi nima?
Tafakkurning asosiy belgisi — umumlashtirish va mantiqiy xulosaga kelishdir.
Tafakkur turlari nechta?
Tafakkur turlari: amaliy, nazariy va ijodiy tafakkur.
Tafakkur qanday shakllarda namoyon bo‘ladi?
Tafakkur tushuncha, hukm va xulosa shaklida namoyon bo‘ladi.
Tushuncha nima?
Tushuncha — narsa yoki hodisaning muhim belgilarini umumlashtirib aks ettiruvchi fikr shaklidir.
Tafakkur qaysi a’zolar orqali amalga oshadi?
Tafakkur bevosita miya faoliyati orqali amalga oshadi.
Ijodiy tafakkur deganda nima tushuniladi?
Ijodiy tafakkur — yangi g‘oyalar, kashfiyotlar, yangiliklar yaratishga qaratilgan fikrlash turidir.
Amaliy tafakkur nima?
Amaliy tafakkur — bu insonning kundalik faoliyatida, amaliy ishda fikrlashi jarayonidir.
Xulosa nima?
Xulosa — bir nechta hukmlardan yangi fikr hosil qilish jarayonidir.
Hukm nima?
Hukm — bu narsalar o‘rtasidagi bog‘lanishni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi fikr shaklidir.
Tafakkur sezgi va idrokdan nimasi bilan farq qiladi?
Sezgi va idrok bevosita narsa va hodisalarning tashqi belgilarini aks ettirsa, tafakkur ularning ichki mohiyatini anglaydi.
Xayol nima?
Xayol — bu oldingi tasavvurlar asosida yangi obrazlar yaratish jarayonidir.
Nazariy tafakkur nima?
Nazariy tafakkur — bu ilmiy, chuqur fikrlash va umumiy qonuniyatlarni aniqlash jarayonidir.
Xayol turlari qaysilar?
Xayol turlari: ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayol.
Ixtiyoriy xayol nima?
Ixtiyoriy xayol — ongli ravishda, maqsad bilan yaratilgan tasavvurdir.
Xayol tafakkurdan nimasi bilan farq qiladi?
Tafakkur mantiqiy fikrlash asosida haqiqatni anglaydi, xayol esa tasavvur va obrazlar orqali ijodiy fikr yaratadi.
Ixtiyorsiz xayol nima?
Ixtiyorsiz xayol — odamning irodasiz, o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan obrazlardir.
Xayolning asosiy funksiyasi nima?
Xayolning asosiy funksiyasi — yangi narsalarni tasavvur qilish va ijod qilishdir.
Tafakkur va xayol o‘zaro qanday bog‘liq?
Tafakkur mantiqiy fikr yuritishga, xayol esa shu fikrlarni obrazlar orqali boyitishga xizmat qiladi.
Tafakkurda tilning roli qanday?
Til — tafakkurning asosiy vositasi bo‘lib, fikrni ifodalash uchun zarurdir.
Xayol kimlarda kuchli buladi ?
Xayol ijodkor, san’atkor, yozuvchi, rassom kabi shaxslarda kuchli bo‘ladi.
Tafakkurning rivojlanishiga nima yordam beradi?
O‘qish, kuzatish, muammolarni hal etish, mantiqiy mashqlar tafakkurni rivojlantiradi.
Xayolning rivojlanishiga nima ta’sir qiladi?
Kitob o‘qish, musiqa, tasviriy san’at, ertaklar va ijodiy mashqlar xayolni boyitadi.
Bolalarda xayol qanday shakllanadi?
Bolalarda xayol o‘yin, ertak va tasavvurlar orqali shakllanadi.
Tafakkur va xayol inson hayotida nima uchun muhim?
Ular insonni o‘ylashga, yangilik yaratishga, muammolarni hal etishga va orzularini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi.